N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi


Biriktiruvchi tо‘qimaning yoshga qarab о‘zgarishi va ichki muhit



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Biriktiruvchi tо‘qimaning yoshga qarab о‘zgarishi va ichki muhit 
hujayralarining о‘zaro munosabati
 
 
Biriktiruvchi  tо„qimada  yoshning  о„tib  borishi  bilan  asta-sekin  hujayra 
elementlarining  kamayishi  kuzatiladi.  Asosan  fibroblast  hujayralari  kamayishi 
natijasida  ma‟lum  darajada  asosiy  modda  ham    kamayadi.  Yosh  biriktiruvchi 
tо„qima asosiy moddaga boy bо„lib, tolalar kam bо„ladi. Funksional aktiv hujayra 
elementlarining bо„lishi biriktiruvchi tо„qimada moddalar almashinuvining yuqori 
bо„lishini 
ta‟minlaydi. 
Yosh
 
о„tishi 
bilan 
biriktiruvchi 
tо„qima 
glikozaminoglikanlarining  tarkibiy  qismlari  ham  о„zgaradi.  Gialuron  kislota 
kamayib,  xondriotinsulfat  va  uning  efirlari  oshadi.  Sulfatlangan  polianionlar 
oshishi  uning  qon    plazmasining  beta-lipoproteid  fraksiyasi  bilan  erimaydigan 
komplekslar  hosil  qilishiga  olib  keladi.  Bu  esa  qon  tomir  devorida  ateromatoz 
tanachalar  hosil  bо„lishiga  va  ateroskleroz  kasalligining  rivojlanishiga  sabab 
bо„ladi.  Xondriotinsulfatning  kо„payishi  uning  kalsiy  tuzlari  bilan  bog„lanishini 
kuchaytirib, bu jarayonlar organizm qarishi bilan parallel kechadi. 
Shunday  qilib,  yosh  ulg„ayishi  bilan  biriktiruvchi  tо„qimaning  tolalari 
kо„payib,  hujayra  elementlari  kamayadi.  Bu  jarayon  shunchalik  sezilarliki, 
kо„pchilik mualliflar a‟zolarning yosh ulg„ayishi bilan sklerozga uchrashini e‟tirof 
etadilar.  Bu  esa  a‟zolarning  biriktiruvchi  tо„qima  orqali  oziqlanishini  buzilishga 
olib keladi. 
Ichki  muhit  tuzilmalari  bо„lgan  qon    va  biriktiruvchi  tо„qima  hujayralari 
kelib  chiqishi,  tuzilishi  va  faoliyati  bо„yicha  bir-  biri  bilan  uzviy  bog„liqdir. 
Sog„lom organizmda ular orasidagi munosabat yaqqol kо„zga tashlanmaydi. Ba‟zi 
kasalliklarda  (masalan,  yallig„lanish  jarayonida),  bu  hujayralarning  birgalikda 
faoliyat  qilishini  aniq  kо„rish  mumkin. 
Yallig‘lanish 
–  bu  tо„qimalarda  turli 
shikastlovchi ta‟sirlarga javoban vujudga keladigan himoya jarayonidir. Bu jarayon 
bir-biridan  keskin  chegaralanmagan  bir  necha  bosqichlardan  iborat  bо„lib,  uning 
har bir bosqichida qon  va biriktiruvchi tо„qimaning ma‟lum bir hujayralari asosiy 
о„rin  tutadi.  Tо„qima  jarohatlanganda  yoki  unga  yot  zarrachalar  (masalan, 


226 
 
mikroblar)  tushganda  dastavval  shu  joydagi  qon  kapillyarlarining  kengayishi  va 
devorining  о„tkazuvchanligi  oshishi  kuzatiladi.  Natijada,  yallig„lanish  maydonida 
tо„qima  suyuqligining  miqdori  keskin  oshadi  va  shish  hosil  bо„ladi.  Yallig„lanish 
maydonidagi parchalanish mahsulotlari bu yerga neytrofil leykotsitlarni jalb qiladi 
(xemotaksis).  Qon    kapillyarlari  devori  orqali  chiqqan  neytrofil  leykotsitlar 
yallig„lanish maydoni atrofida tо„planadi va leykotsitar valni hosil qiladi. Neytrofil 
leykotsitlar yot zarrachalarni fagotsitoz qiladi va shu bilan birga  о„zlari ham kо„p 
miqdorda  yemiriladi.  Keyingi  bosqichda  yallig„lanish  maydoni  atrofiga  kо„p 
miqdorda  monotsitlar  va  limfotsitlar  tо„planadi.  Monotsitlar  makrofaglarga 
aylanib,  yot  zarrachalarni  fagotsitoz  qiladi.  Yallig„lanish  maydoni  yot 
zarrachalardan va yemirilgan hujayra koldiqlaridan tozalangandan sо„ng bu yerda 
qayta tiklanish (regeneratsiya) bosqichi amalga oshadi. Bu bosqichda yallig„lanish 
maydonida kо„p miqdorda fibroblastlarning hosil bо„lishi kuzatiladi. Ular kollagen 
tolalarini  ishlab  chiqarib,  jarohatlangan  joyning  qayta  tiklanishini  ta‟minlaydi. 
Shunday  qilib,  yallig„lanish  jarayonida  shartli  ravishda  ketma-ket  keladigan  uch 
bosqichni  qayd  qilish  mumkin:  a)  leykotsitlar;  b)  makrofaglar;  v)  fibroblastlar 
bosqichlari. Bu jarayonda aytib о„tilgan hujayralardan tashqari tо„qima bazofillari, 
eozinofil va bazofil leykotsitlar ham  ishtirok etadi. 
Ichki  muhit  tuzilmalarining,  ya‟ni  qon    va  biriktiruvchi  tо„qima 
hujayralarining  о„zaro  munosabatini  rangli  sxemada  keltirilgan.  Bu  sxema 
professorlar  Q.R.Tо„xtayev,  A.I.Yо„ldoshevlar  olib  borgan  kо„p  yillik  tadqiqotlar 
asosida.  tuzilgan  bо„lib,  ikki  asosiy  qismdan  iborat.  Uning  birinchi  qismida  qon 
hujayralarining  taraqqiyoti  keltirilgan.  Bu  yerda  qonning  о„zak  hujayralaridan  to 
yetuk  qon  shaklli  elementlari  hosil  bо„lgunga  qadar  kechadigan  jarayonda 
bо„ladigan  morfologik  о„zgarishlar,  о„z  ifodasini  topgan.  Sxemaning  ikkinchi 
qismi esa tо„qimalarga о„tgan qon hujayralarining biriktiruvchi tо„qima va epiteliy 
tо„qimasi  hujayralari  bilan  о„zaro  munosabatini  aks  ettiradi.  Yot  zarrachalar, 
masalan, mikroblar, ichki muhitga jarohatlangan teri yoki shilliq pardalar epiteliysi 
orqali kiradi. Ularga javoban kapillyarlar va post kapillyar venulalar devori orqali 
leykotsitlar  chiqadi.  Ular  bazal  membranadan  о„tib,  epiteliy  orasiga  kirishi  va  bu 


227 
 
yerda  yot  zarrachalar  bilan  uchrashishi  mumkin.  Epiteliy  jarohatlanganda  yot 
zarrachalar  shilliq  qavatning  xususiy  pardasiga  kirishi  mumkin.  Bu  holda  qon  va 
biriktiruvchi  tо„qima  hujayralarining  himoya  vazifasi  bevosita  shu  yerda  amalga 
oshadi. 
Shunday  qilib,  organizmda  kechadigan  yallig„lanish  va  barcha  turli  xil 
himoya reaksiyalarida qon va biriktiruvchi tо„qima hujayralari bir-biri bilan uzviy 
bog„liq holda ishtirok etadi. 
 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish