Maxsus xususiyatga ega bо‘lgan biriktiruvchi tо‘qimalar
Yuqorida kо„rib о„tilgan siyrak va zich biriktiruvchi tо„qimadan tashqari,
maxsus xususiyatga ega bо„lgan biriktiruvchi tо„qimalar– retikulyar tо„qima, yog„
tо„qimasi, shilliq tо„qima, pigment tо„qima farq qilinadi.
Retikulyar tо‘qima
. Bu tо„qima retikulyar hujayralar va retikulin tolalardan
tashkil topgan. Retikulyar hujayralar о„siqlari bilan birlashib, tо„rsimon (reticulum)
tuzilmani hosil qiladi. Retikulyar hujayralarga retikulin tolalar zich tegib yotadi.
Retikulyar tо„qima organizmning turli qismlarida uchraydi. Bu tо„qima suyak
kо„migi, limfa tuguni va taloqning stromasini hosil qiladi.
Retikulyar tо„qimani ichak shilliq qavatida, buyrakda va boshqa organlarda
ham uchratish mumkin. Uning asosiy vazifalaridan biri qon shaklli elementlari
ishlanib chiqishida maxsus mikromuhit hosil qilishdir. Bu tо„qima hosil qilgan
qovuzloqlarda rivojlanayotgan qon shaklli elementlarining turli hujayralarini
uchratish mumkin. Retikulyar tо„qimaning ba‟zi hujayralari tо„rdan ajrab, erkin
retikulyar hujayralarni hosil qiladi. Taloq va limfa tugunining retikulyar
tо„qimasidan qon yoki limfa doimo о„tib turadi. Shuning uchun bu a‟zolarning
retikulyar hujayralari yot antigen bilan tо„qnashadi va shu antigen tо„g„risida
224
limfotsitlarga ma‟lumot yetkazib beradi.
Yog‘ tо‘qimasi.
Yog„ hujayralari biriktiruvchi tо„qimaning ma‟lum
qismlarida tо„planib, yog„ tо„qimasini hosil qiladi. Ikki xil yog„ tо„qimasi tafovut
qilinadi: oq va qо„ng„ir.
Oq yog‘ tо‘qimasi
hujayralari yuqorida tasvirlangan tuzilishga ega bо„lib, u
yog„ tо„qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Qо„ng„ir yog„ tо„qimasi odamda
ilk yoshlik davrida (kuraklar atrofida va tananing yon taraflarida) uchraydi.
Qо„ng„ir yog„ tо„qimasi hujayralari sitoplazmasida mayda yog„ tomchilari orasida
donador endoplazmatik tо„r, Golji kompleksi, kо„p miqdorda mitoxondriya va
glikogen kiritmalari joylashadi. Yog„ hujayralaridagi ditoxromlar yog„ tо„qimasiga
qо„ng„ir tus beradi. Yog„ hujayralaridagi yog„ tо„plamlari energetik manba
hisoblanadi. 100 g yog„ yonganda energiyadan tashqari 107,1 g suv ajraladi.
Shunday qilib, suv yetishmaganda yog„ suv manbai bо„lib ham xizmat qiladi.
Metabolitik jarayonda qо„ng„ir yog„ tо„qimasi alohida о„rin tutadi. Uning
metabolitik aktivligi oq yog„ tо„qmasiga nisbatan 20 marta yuqori. Organizm
soviganda
qо„ng„ir
yog„ tо„qimasi mitoxondriyalarida fosforlanishning
oksidlanishdan ajralishi natijasida issiqlik energiyasi ajralib, u organizmni isitadi.
Yog„
tо„qimasi mexanik funksiyani ham bajarib, organizmni turli ta‟sirlardan
saqlaydi (masalan, teri osti yog„ kletchatkasi).
Pigment tо‘qimasi
. Bu tо„qima kо„p miqdorda pigment hujayralarini
(melanotsitlarni) saqlaydi. Bu tо„qima sо„rg„ich sohasida, anal teshigi atrofida,
yorg„oq xaltada hamda kо„zning qon tomir va rangdor pardalarida uchraydi.
Shilliq tо‘qima
. Bu tо„qima faqatgina embrionlarda uchraydi. Uning
hujayralari asosan fibroblastlar bо„lib, asosiy moddada juda kо„p miqdorda
gialuron kislotasi uchraydi. Bu kislota amorf yoki asosiy moddaga dirildoq yoki
shilliqsimon xususiyat beradi. Homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab asosiy
moddada kollagen tolalarining miqdori oshadi va shilliq tо„qima siyrak tolali
biriktiruvchi tо„qima shaklini ola boshlaydi.
225
Do'stlaringiz bilan baham: |