N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi


Zich tolali biriktiruvchi tо‘qima



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Zich tolali biriktiruvchi tо‘qima 
 
Siyrak  va  zich  tolali  biriktiruvchi  tо„qimalar  orasida  keskin  chegara 
о„tkazish  mushkul,  chunki  organizmda  biriktiruvchi  tо„qimaning  hujayralar  va 
hujayralararo  modda  nisbati  asta-  sekin  о„zgaradi.  Tolalarning  joylanish  tartibi 
bо„yicha zich tolali biriktiruvchi tо„qimaning shakllangan va shakllanmagan turlari 
farq qilinadi. 
Zich  shakllanmagan  biriktiruvchi  tо„qima  terining  tо„rsimon  qavati  va 
bо„g„in  xaltachalari  biriktiruvchi  tо„qimasida  uchrab,  uning  kollagen  va  elastik 
tolalari  bir-biriga  zich,  lekin  tartibsiz  joylashganligi  uchun  tо„rsimon  tuzilishga 
ega.  Hujayralar  turi  kо„p  bо„lmay,  amorf  modda  ham  kamdir.  Hujayralar  asosan 
fibroblast va fibrotsitlardan iborat bо„lib, ular uzunchoq shaklga ega.  
Zich  shakllangan  biriktiruvchi  tо„qima  esa  tolalarning  tartibli  joylashishi 
bilan  farqlanadi.  Bu  tо„qimada  tolalarning  joylashishi  kuch  chiziqlari  bо„ylab 
yо„nalgan.  Shakllangan  biriktiruvchi  tо„qimaga  paylar,  bog„lamlar,  fibroz 
membranalar  va  plastinkasimon  biriktiruvchi  tо„qima  kiradi.  Bu  tо„qimaning 
tarkibiy qismlarining tuzilishiga mukammalroq tо„xtab о„tamiz. 
Paylar.
  Paylar  pishiq  tortmalar  bо„lib,  muskullar shu  paylar  orqali  suyakka 
birlashadi.  Paylar  bir-biriga  parallel  yotuvchi  yо„g„on  kollagen  tolalardan  tashkil 
topgan.  Kollagen  tolalar  orasida  elastik  tо„r  yotadi  (71-rasm).  Ularning  orasida 
asosiy  modda  joylashadi.  Biriktiruvchi  tо„qima  hujayralaridan  esa  tolalar  orasida 
yotuvchi  fibrotsitlargina  bо„ladi.  Fibrotsitlar  tо„rtburchak,  uchburchak  yoki 
trapetsiya  shakliga  ega  bо„lib,  yon  tomondan  tayoqcha  shaklini  eslatadi.  Bu 
hujayralarni pay hujayralari deb ham nomlanadi. 
Payda  har  bir  kollagen  tolalar  tutami  fibrotsitlar  bilai  chegaralangan.  Bu 
tolalar  birlamchi  tartibli  tolalar  deyiladi.  Bu  tolalar  tashqi  tomondan  endotenoniy 
deb ataluvchi siyrak tolali biriktiruvchi tо„qimaning yupqa pardasi bilan  о„ralgan. 
Birlamchi tolalar yig„ilib ikkilamchi tolalar tutamini hosil qiladi. Ikkilamchi tolalar 
tutami  о„z  navbatida  uchlamchi  tolalar  tutamini  hosil  qiladi.  Bu  tolalar  tutami 
tashqi  tomondan  peritenoniy  deb  ataluvchi  siyrak  tolali  biriktiruvchi  tо„qimadan 


222 
 
iborat  parda  bilan  chegaralangandir.  Shu  pardalarda  paylarni  oziqlantiruvchi 
tomirlar  hamda  paylarni  innervatsiya  qiluvchi  nerv  tolalari  va  nerv  oxirlari 
joylashadi. 
 
71- rasm. Zich tolali shakllangan biriktiruvchi tо„qima. Payning bо„ylama 
kesimi. 
1 – kollagen tolalar; 2 – fibrotsitlar; 3 - endotenoniy. 
 
Fibroz  membranalar
.  Fibroz  membranalar  –  fassiyalar,  aponevrozlar, 
diafragmaning pay markazlari, ba‟zi organlarning kapsulasi, tog„ay ustki pardasi, 
sklera, tuxumdon va urug„donlarning oqlik pardalarini hosil qiladi. 
Aponevrozlar,  fassiyalar  va  diafragmaning  pay  markazi  bir-  birining  ustida 
bir necha qavat bо„lib yotgan kollagen tolalar tutamlari va ular orasida joylashgan 
hujayralardan  iborat.  Kollagen  tolalar  bir-biriga  parallel  yotadi.  Fibroz 
membranalarda  kollagen  tolalar  tutamidan  tashqari,  elastik  tolalardan  iborat  tо„r 
ham   mavjud. Suyak ustki pardasi, sklera, tuxumdonning oqlik qavati, bо„g„imlar 
kapsulasida  kollagen  tolalar  tutami  biroz  notо„g„ri  joylashgan  bо„lib  elastik 
tolalarning  kо„pligi  bilan  aponevrozlardan  farq  qiladi.  Bu  qavatlarda  fibrotsitlar 
burchakli yoki duksimondir. 
Plastinkasimon  biriktiruvchi  tо„qima  kapsula  bilan  о„ralgan  nerv  oxirlarida 
uchraydi.  U  konsentrik  joylashgan  biriktiruvchi  tо„qima  plastinkalaridan  iborat. 
Plastinkalarning  asosiy  moddasida  bо„ylama,  kо„ndalang  yо„nalishda  joylashgan 
yoki  tartibsiz  chirmashgan  ingichka  kollagen  tolalar  joylashgan.  Bu  tolalardan 
ba‟zi birlari kollagenga ijobiy reaksiya bermaydi balki о„zining xususiyatlari bilan 
retikulin tolalarga yaqinlashadi. 


223 
 
Plastinkalar  ustida  о„simtali,  yadrosi  oval  shakldagi  fibrotsit  hujayralari 
yotadi. Plastinkalar orasida odatda fibroblastlar va о„troq makrofaglar uchraydi. 
Elastik  biriktiruvchi  tо‘qima. 
Bu  tо„qima  chin  tovush  bog„lamida  uchrab, 
parallel  yо„nalgan  elastik  tolalarning  yaxshi  rivojlanganligi  bilan  xarakterlanadi. 
Bu  bog„lamda  elastik  tolalar  tarmoqlangani  uchun  ular  tо„r  shaklini  hosil  qiladi. 
Elastik  bog„lamlar  kollagen  tо„qimadan  farq  qilib  har  xil  tartibli  tutamlar  hosil 
qilmaydi. 
Elastik  tipdagi  arteriya  devorlarida  (aorta,  о„ika  arteriyasi  va  boshqalar) 
elastik  tо„qimaning  plastinkalari  darchali  membranalar  hosil  qiladi.  Darchali 
membranalar  bir  necha  qavat  bо„lib  joylashgan,  ular  oralig„i  esa  silliq  muskul 
hujayralari, fibrotsitlar va asosiy modda bilan tо„lgan. 
 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish