Peritsitlar.
Qon tomir endoteliy hujayralarining tashqi tomonida bazal
membrana hosil qilgan yoriqlarda yoki bazal membrana bilan endoteliy hujayra
bazal plazmolemmasi orasida peritsit hujayralari joylashib, ularni perikapillyar
hujayralar yoki periangiotsitlar deb ham yuritiladi.
Peritsitlarning о„ziga xos xususiyatlaridan biri ularning hamma tarafdan
bazal membrana bilan о„ralgan holda joylashishidir. Bazal membrana peritsitga
yaqin yerda ikkiga bо„linib, hujayrani qamrab oladi. Peritsitlar ovalsimon yoki
notо„g„ri shaklga ega bо„lishi mumkin. Ba‟zan peritsitlar tuzilishi jihatdan
limfotsitlarga juda о„xshab ketadi. Bu hujayralarda ba‟zan nerv oxirlarining
tugallanishi peritsitlar qon kapillyarlari teshigining kattaligini boshqarib turadi,
degan fikrga olib keladi. Keyingi yillarda peritsitlarga ma‟lum bir sharoitda
biriktiruvchi tо„qimaning boshqa hujayralariga (fibroblastlarga) aylanadigan о„ziga
xos hujayralar sifatida qaralmoqda.
Adventitsial hujayralar.
Ular kam differensiallangan, yassi yoki duksimon
shaklga ega hujayralar bо„lib, qon tomirlar atrofida joylashadi. Adventitsial
hujayralar peritsitlardan farq qilib, hech qachon bazal membrana bilan о„ralmaydi.
Ularning sitoplazmasi sust bazofil bо„yalib, о„zida kam miqdorda organoidlar
tutadi. Adventitsial hujayralar kam differensiallangan hujayralar bо„lib, ulardan
217
ma‟lum sharoitlarda fibroblastlar yoki adipotsitlar (yog„ hujayralari) hosil bо„lishi
mumkin deb hisoblanadi.
Siyrak biriktiruvchi tо‘qimaning hujayralararo moddasi.
Siyrak biriktiruvchi
tо„qimaning hujayralararo moddasi amorf (asosiy) moddadan va uch turli
tolalardan iborat. Kollagen va elastik tola tolalarning asosiy qismini tashkil etib,
unda retikulyar tolalar kam uchraydi.
Amorf modda va tolalar asl biriktiruvchi tо„qimaning hamma turlarida har
xil nisbatda uchraydi. Shuning uchun quyida keltirilgan hujayralararo moddaning
tuzilishi biriktiruvchi tо„qimaning hamma turlari uchun tegishlidir.
Asosiy modda.
Asosiy, amorf yoki sement modda gomogen massa bо„lib,
kolloiddan iborat. Amorf modda biriktiruvchi tо„qima takomilining ilk
bosqichlarida hosil bо„lib, avvaliga tolalar kо„proq bо„ladi, keyinchalik amorf
modda differensiallashib, biriktiruvchi tо„qimaning bir turida, masalan, terida kam,
tog„ayda esa kо„proq glikozaminoglikanlar (mukopolisaharidlar) tutadi.
Normal sharoitda asosiy modda gel konsistensiyasiga ega. Uning tarkibiga
biriktiruvchi tо„qima hujayralarida sintezlanuvchi moddalar (sulfatlangan
glikozaminoglikanlar – xondiotinsulfat, geparinsulfat, keratinsulfat, gialuron kislo-
ta; fermentlar, immun tanachalar) va qon tomir orqali keluvchi moddalar (albumin,
globulin, vitaminlar, gormonlar, ionlar, suv, fermentlar, immun tanachalar va
metabolitlar) kiradi. Bu komponentlarning miqdori fiziologik va patologik
holatlarda о„zgarib turadi. Glikozaminoglikanlar, xususan, gialuron kislota,
xondriatin sulfat va geparin sulfat asosan oqsillar bilan kompleks holatda bо„ladi.
Amorf moddaning miqdori biriktiruvchi tо„qimaning turli qismlarida turlicha.
Qontomir kapillyarlari atrofida, yog„ hujayralari tо„plangan joylarda yoki
retikulyar hujayra kо„p bо„lgan qismlarda amorf modda kam bо„ladi. Lekin
biriktiruvchi tо„qimaning epiteliy bilan chegaradosh qismlarida amorf modda kо„p.
Bu yerda amorf modda kollagen va retikulyar tolalar bilan birga chegara
membranasini (bazal plastinkani) hosil qiladi.
Asosiy modda turli moddalarni qon tomirdan hujayraga yoki metabolizm
qoldiqlarini hujayradan qonga о„tishida asosiy tuzilma sanaladi. Uning
218
о„tkazuvchanligi glikozaminoglikanlar konsentratsiyasiga va boshqa fizik-
kimyoviy holatlarga bog„liq. Gistamin va gialuronidaza fermenti ta‟sirida amorf
moddaning о„tkazuvchanligi keskin oshadi. Shunday qilib, amorf modda
organizmda modda almashinuvida muhim о„rin tutib, uning о„zgarishi turli
kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |