Monotsitlar.
Monotsitlar qonning eng yirik hujayralari hisoblanadi. Ularning
kattaligi surtmalarda 20 mkm gacha, qonda esa 9–12 mkm gacha bо„ladi.
Monotsitlar soni yetuk organizmda umumiy leykotsitlar miqdorining 6–8% ini
tashkil etadi. Monotsitlar yadrosi shaklining turli xilda bо„lishi bilan
197
xarakterlanadi–kо„pchilik hollarda yadro loviyasimon yoki taqasimon shaklga ega
bо„ladi. Xromatin siyrak, notekis tо„r shaklida joylashib, Romanovskiy usuli bilan
bо„yalganda qizg„ish binafsha rangga bо„yaladi. Ba‟zan 1–2 ta oksifil bо„yalgan
yadrocha kо„rinadi. Monotsitlar sitoplazmasi bazofil bо„yalish xususiyatiga ega
bо„lib, ularning bazofilligi limfotsitlarga nisbatan kо„proq ifodalangandir.
Sitoplazma Romanovskiy usuli bilan qisman kо„k, qisman binafsha rangga
bо„yalib, bu sitoplazmaga xarakterli kо„kish-binafsha tus beradi. Monotsitlar
sitoplazmasida nafis maxsus azurofil donadorlik, ba‟zan esa yirikroq bazofil
bо„yaluvchi donadorlik ham uchrashi mumkin. Elektron mikroskopda monotsitlar
sitoplazmasining limfotsitlarga nisbatan hujayra organoidlariga ancha boy ekanligi
kо„zga tashlanadi (61-rasm).
Mitoxondriyalar kо„p sonli bо„lib, endoplazmatik tо„r va Golji komplekslari
yaxshi taraqqiy etgan. Hujayra qobig„i ostida juda kо„p pinotsitoz pufakchalar
joylashib, ba‟zan ularda fagotsitoz qilingan zarrachalar uchraydi. Bundan tashqari,
sust elektron zichlikka ega bо„lgan, kattaligi 0,1–0,5 mkm keladigan donachalar
ham bо„lib, ular yorug„lik mikroskoiida kо„rinadigan azurofil donachalariga mos
keladi. Bir hujayra sitoplazmasida 150 ga yaqin donacha bо„lishi mumkin.
Donachalar tarkibida kislotali fosfataza, peroksidaza va arilsulfataza fermentlari
bо„lib, ular donachalarning о„ziga xos lizosomalar ekanligidan dalolat beradi.
Monotsitlar aktiv harakat qilish qobiliyatiga ega bо„lib, ularning asosiy
vazifalaridan biri fagotsitozdir. Ular qonda 2–3 sutka davomida aylanib, sо„ngra
tо„qimalarga о„tadi. Tо„qimalar va organlarda monotsitlar mikromuhit ta‟siri ostida
makrofagotsitlarga aylanadi. Barcha makrofaglarni monotsitlarning avlodi deb
hisoblash mumkin. Shu tufayli monotsitlar mononuklear fagotsitlar sistemasining
asosiy hujayralaridir.
Qon plastinkalari – trombotsitlar
. Qop plastinkalari eritrotsitlar va
leykotsitlar bilan bir qatorda qonning uchinchi xil shaklli elementlarini tashkil
etadi. Leykotsitlar va eritrotsitlardan farqli ravishda qon plastinkalari haqiqiy
hujayralar bо„lmay, suyak kо„migidagi gigant megakariotsit hujayralari
sitoplazmasining mayda (kattaligi 2–3 mkm) parchalari hisoblanadi. Shu tufayli
198
trombotsit atamasi odam qon plastinkalariga nisbatan unchalik tо„g„ri emas. О„zida
yadro saqlovchi va haqiqiy hujayralar bо„lgan trombotsitlar faqat tuban
umurtqalilarda (masalan, baqa qonida) kuzatiladi va Reklengauzen hujayralari deb
ataladi. Normal sharoitda qon plastinkalarining miqdori odamda 1 mm
3
qonda
200000 dan 300000 gacha bо„ladi. Qon plastinkalari odatda yumaloq va oval
shaklga ega bо„lib, ularda periferik, strukturaga ega bо„lmagan zona – gialomer va
markaziy, donador zona – granulomer tafovut etiladi.
Elektron mikroskop ostida qon plastinkalarining kо„p sonli bо„rtmalar –
psevdopodiyalarga egaligi kо„rinadi. Ularning soni va kattaligi plastinkalarning
funksional holatiga bog„liq bо„ladi. Donador zona yoki granulomerda har xil
kattalikka ega bо„lgan (30 nm dan 0,2 mkm gacha) donachalar kо„rinadi (62-rasm).
Donachalarning asosiy qismini alfa-donachalar tashkil etadi. Ularning markaziy
qismida yuqori elektron zichlikka ega bо„lgan mag„zi bо„lib, ularda fosfatazalar va
mukopolisaharid-lar borligi aniqlangan. Alfa-donachalardan tashqari granulomerda
о„ta yuqori zichlikka ega donachalar ham mavjuddir. Bu donachalar о„zida
serotonin (5-gidroksitriptamin) saqlaydi. Yuqorida qayd etilgan donachalardan
tashqari, qon plastinkalarining granulomer zonasida mitoxondriyalar, vezikulalar
va mikronaychalar ham joylashadi. Ularning orasida tо„da-tо„da bо„lib yotgan
glikogen zarrachalarini yoki «glikogen paketlarini» uchratish mumkin.
63-rasm. Trombotsit. Elektron mikrofotogramma. 1–granulalar; 2–vakuola; 3–trombotsit
о„sig„i.
199
Qon plastinkalari qonda turli shakllarda, ya‟ni yosh, yetuk va qari
plastinkalar shaklida uchrashi mumkin. Yosh plastinkalar tо„q binafsha rangga
bо„yalgan granulomer zonaga va och pushti gialomer zonaga ega bо„ladi.
Patologik holatlarda qonda degenerativ plastinkalar va gigant (7–9 mkm keladigan)
plastinkalar uchrashi mumkin.
Qon plastinkalari muhim biologik vazifalarni о„tab, bu vazifalardan eng
avvalo ularning qon ivishidagi rolini qayd qilib о„tish kerak. Ularda trombokinaza,
tromboplastin va hokazo (12 ga yaqin) faktorlar bо„lib, bu faktorlar qon ivish
jarayonida aktiv ishtirok etadi. Trombotsitlarda 50 ga yaqin fermentlar borligi
aniqlangan.
Limfa.
Umurtqali hayvonlar organizmida qon tomirlar sistemasidan tashqari
limfatik tomirlar mavjud. Bu nozik tomirlar ichidan sarg„imtir rangda oqsil
tabiatiga ega bо„lgan va о„z tarkibida shaklli elementlarni saqlagan suyuqlik-limfa
oqadi. Limfa– limfoplazmadan va shaklli elementlardan iborat. Kimyoviy tuzilishi
jihatidan limfoplazma qon plazmasiga yaqin, ammo limfoplazma tarkibida oqsillar
ancha kam. Oqsil fraksiyalaridan albumin limfoplazmada globulindan birmuncha
kо„pdir. Oqsillardan tashqari limfoplazmada fermentlar, neytral yog„lar, oddiy
karbon suv, erigan mineral tuzlar va mikroelementlar bо„ladi.
Shaklli elementlari asosan limfotsitlar (95–98%), monotsitlardan tashkil
topgan. Bundan tashqari, leykotsitlarning boshqa turlari, bir oz miqdorda
eritrotsitlar ham uchraydi (64-rasm).
Limfa tо„qima va organlarning limfatik kapillyarlarida hujayra oraliq
suyuqlik hisobiga hosil bо„ladi va limfatik tomirlar orqali limfa tuguniga quyiladi.
U yerdan limfa tomirlariga о„tib va nihoyat venaga quyiladi. Shuning uchun 3 xil
limfa suyuqligini tafovut qilish mumkin.
1. Periferik limfa (limfa tugunigacha).
2. Oraliq limfa (limfa tugunidan о„tgandan, sо„ng).
3. Markaziy limfa (kо„krak qafasida joylashgan yirik limfatik tomirdagi
limfa).
200
64 – rasm. Limfa surtmasi. 1- eritrotsit, 2- katta limfotsit, 3- о„rtacha limfotsit, 4- kichik
limfotsit, 5- monotsit, 6- neytrofil.
Limfa tarkibi organizm holatiga qarab о„zgarib turadi. Periferik limfa
tomirlar bir uchi berk naychani eslatadi. Uning ichidagi limfa suyuqligi
limfoplazmadan tashkil topgan bо„lib, qon shaklli elementlari kо„rinmaydi. Limfa
suyuqligi limfa tugunlaridan о„tish jarayonida limfotsitlarga boyiydi. Markaziy
limfa tomirlaridagi limfa suyuqligi qon shaklli elementlarini kо„p tutadi
7
.
Do'stlaringiz bilan baham: |