Qon
Qon tarkibining organizm funksional holati bilan о„zaro bog„liqligi
meditsina praktikasida katta ahamiyatga ega, chunki kо„p hollarda qondagi
о„zgarishlar ikkilamchi bо„lib, turli organlar fiziologik vazifasining buzilishi
tufayli kelib chiqadi.
I. A. Kassirskiy iborasi bilan aytganda, «qon–organizmning oynasi bо„lib,
unda organ va tо„qimalarda bо„ladigan har xil о„zgarishlar о„z aksini topadi».
Qon suyuq hujayralararo modda – plazmadan va unda muallaq joylashgan
shaklli elementlardan iborat. Ularning о„zaro nisbati sog„lom odamda 55:45 ni
tashkil etib, gematokrit kо„rsatkich deb ataladi. Gematokrit kо„rsatkichning u yoki
bu tomonga о„zgarishi qonning suyulishi yoki quyulishini kо„rsatib, muhim
diagnostik belgi hisoblanadi.
Qon miqdori voyaga yetgan organizmda tana og„irligining taxminan 7
foizini tashkil etib, о„rta hisobda 5–5,5 litrga teng.
Ichki muhit to„qimasi
Qon va limfa
Biriktiruvchi to„qima
Asl biriktiruvchi
to„qima
Suyak to„qimasi
Tog‟ay to„qimasi
182
Qonning vazifalari: 1) transportlik va trofik vazifasi – о„pkadan kislorodni
tо„qima va organlarga yetkazib, ulardan karbonat angidridni olib ketadi; ichak va
me‟dada sо„rilgan va organizm uchun muhim bо„lgan har xil oziq moddalarni
tо„qimalarga yetkazib beradi; 2) himoya vazifasi – asosan oq qon tanachalari
tomonidan bajariladi va organizmga tushgan mikroblar, zaharli, begona
zarrachalarni fagotsitoz qilish (yutish va yemirish) dan iborat bо„ladi. Qon
tarkibida maxsus oqsil moddalar – antitelolar bor bо„lib, ular о„z navbatida
organizmga tushgan begona oqsillar, mikroblarga (antigenlarga) javoban ishlab
chiqariladi.
Antitelolarning
asosiy
roli
kо„rsatib
о„tilgan antigenlarni
zararsizlantirish (neytrallash) hisoblanadi; 3) Gomeostatik (gomeostaz – organizm
ichki muhitining doimiyligini ta‟minlash demakdir) vazifasi – qon orqali har xil
organ va sistemalarning fiziologik faoliyatini bajarishda ishtirok etuvchi gormonlar
va turli xil moddalar tasqiladi. О„z kimyoviy tarkibining muayyanligi tufayli qon
organizmda fizik-kimyoviy kо„rsatkichlarning doimiyligini, chunonchi, tana
haroratining, osmotik bosimning va organizmda kislota-asos tengligining
doimiyligini ta‟minlab turadi.
Qon plazmasi
. Rangsiz, tiniq suyuqlik bо„lib, 90–92% suvdan va 8–10%.
quruq moddadan iborat. Quruq moddaning 5,5–8% oqsillar bо„lib, 2–3,5% ni esa
organik va mineral birikmalar hosil qiladi. Qon oqsillaridan eng muhimlari albu-
min (4,5–5,5%), globulin (1,2–2,5%) va fibrinogendir (0,2–0,6%).
Oqsillar miqdori va ularning foizi nisbati fiziologik sharoitlarda doimiy
bо„lib, turli patologik holatlarda о„zgarishi mumkin. Qon plazmasida
globulinlarning bir necha turlari uchraydi (alfa, beta va gamma-globulinlar).
Gamma-globulinlar fraksiyasi qon zardobida antitelolar tutuvchi asosiy
oqsillar hisoblanadi. Fibrinogen esa ma‟lum sharoitda fibrin tolalariga aylanish
xususiyatiga ega bо„lib, qon ivishida muhim ahamiyatga ega. Fibrinogensiz
plazma qon zardobi deb ataladi. Plazmada mineral moddalardan temir, kaliy,
kalsiy, fosfor, mis va boshqalar bо„lib, ular kо„pchilik hollarda organik
moddalarning tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, plazma tarkibida modda
almashinuv mahsulotlari – mochevina, kreatinin, yog„ va karbonsuvlar bо„ladi.
183
Plazmaning muhiti (pH) neytral bо„lib, fiziologik sharoitlarda 7,37–7,45 ga teng.
Uning doimiyligi bufer sistemalar tufayli saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |