Muskul tо‘qimasi
Muskul tо„qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini
ta‟minlaydi. Muskullarning tuzilishi ularning bajarayotgan funksiyasiga
moslashgan, ya‟ni ularning shakli chо„ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga
tutashgandir.
Tuzilishi va bajarayotgan funksiyasiga kо„ra silliq, kо„ndalang-targ„il
(skelet), yurak mushagi va ba‟zi a‟zolarda uchrovchi maxsus muskul tо„qimasi farq
qilinadi. Maxsus muskul tо„qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va vazifasiga kо„ra
turlichadir. Kо„ndalang-targ„il yurak mushagi hamda maxsus muskul tо„qima –
249
mioepitelial hujayralar (ter, sut va sо„lak bezlarida uchrovchi hujayralar), kо„zning
siliar va qorachig„ muskullari xususiy gistologiyaning tegishli boblarida
keltirilgan.
Silliq muskul tо‘qimasi.
Silliq muskul tо„qimasi hujayra tuzilishiga ega.
Silliq muskul kо„pgina ichki organlar – me‟da-ichak yо„li, tanosil organlari,
tomirlar devorining shakllanishida qatnashadi. Silliq muskul tuzilishi hamda
funksiyasi bо„yicha kо„ndalang-targ„il muskuldan qancha farq qiladi. Silliq
muskullar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va shu sababli
kishi ixtiyoriga bо„ysunmaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, silliq muskul
tо„qimasi hujayra tuzilishiga ega bо„lib, chо„ziq, duksimon va tarmoqlangan
bо„ladi. Hujayraning о„lchamlari turlicha bо„ladi, ya‟ni uzunligi 50–250 mkm,
yadro sathining maksimal diametri 5–20 mkm. Tо„qimada bir-biriga yondoshib
yotgan hujayralar qatlamlar hosil qiladi (79-rasm). Ular bir-biriga nisbatan
shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa hujayranyig о„tkir
uch qismi yopishadi. Silliq muskul hujayralari sirtdan sarkolemma bilan
qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik membrana va tashqi
bazal membrana farq qilinadi.
79-rasm. Silliq muskul tо„qimasining tuzilishi
(sxema). 1– silliq muskul hujayrasi; 2 –hujayra
yadrosi; 3– sarkolemmadagi miofebrillalar;
silliq muskul hujayra; 4 – sarkolemma; 5 –
endomiziy; 6 – nerv; 7 – qon tomir.
Yonma-yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba‟zi joylarda
250
juda yaqinlashib tutashish nuqtalarini hosil qiladi. Membranalarning bunday
yaqinlashish joylari silliq muskul hujayralarining biridan ikkinchisiga qо„zg„alish
о„tishiga xizmat qiladi, degan taxminlar bor. Hujayra sitoplazmasida yadro,
umumiy organoidlar va miofibrillalar joylashadi. Yadro va organoidlar hujayraning
trofik apparatini tashkil etadi.
Silliq muskul hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, chо„ziq oval
yoki tayoqchasimon shaklga ega (79, 80- rasmlar). Yadroning shakli qisqarish
paytida о„zgaradi. Unda kо„p hollarda
ikkita yoki undan kо„proq yadrocha bо„ladi.
Yadro yonida sust rivojlangan plastinkasimon kompleks joylashadi. Shu yerda
hujayra markazi ham yotadi. Muskul hujayrasida endoplazmatik tо„r sust
rivojlangan. Mitoxondriyalar kichik, shakli chо„ziq, oz miqdorda bо„lib,
sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni kо„proq bо„li-
shi mumkin. Mitoxondriyalarning kristallari kо„ndalang-targ„il muskullardagiga
nisbatan kam.
80-
rasm. Silliq muskul.
Me‟da devori shilliq qavatining muskul plastinkasidan
olingan silliq muskul hujayrasi. Elektron mikrofotogramma. x8.500. 1– yadro; 2 – sitoplazma;
3 – hujayra atrofidagi kollagen tolalar.
Miofibrillalar muskul hujayrasining qisqaruvchi apparatini tashkil etishi
251
sababli ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos
bо„lgan kо„ndalang- targ„illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli ipchalar
shaklida kо„rinadi. Elektron mikroskop bilan silliq muskul hujayralari
о„rganilganda hujayraning butun uzunligi bо„yicha yotuvchi uzluksiz miofibrillalar
aniqlangan emas. Hujayra sitoplazmasida bо„ylama joylashgan submikroskopik
protofibrillalar mavjud bо„lib, ular tutamlar hosil qilmaydi. Protofibrillalar yoki
mikrofilamentlarning ikki turi farqlanadi: aktin va miozin. Miozin protofibrillalar
diametri 17 nm ga teng bо„lib, yо„g„on protofibrillalardir. Aktin mikrofilamentlar
nozik bо„lib qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham muskul bо„shashgan
holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bо„yi bо„yicha joylashgan bо„lib muskul
qisqarganda о„z joylashishini о„zgartiradi. Silliq muskul hujayralarida kо„ndalang-
targ„illik kuzatilmaydi, chunki filamentlar о„zaro tartibli joylashmagan. Ular
sarkomerlar hosil qilmaydi, plastinkalar ham topilmagan. Silliq muskul
hujayralarida ham tropomiozin, troponin va aktinin oqsillari topilgan.
Aktin
oqsillarining
sitolemmaga
birlashgan
qismida
yoki
aktin
protofibrillaning о„rta qismida zich tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy
mikroskopda tо„q dog„ shakliga ega. Muskul qisqarish jarayonida xuddi
kо„ndalang-targ„il muskuldagi singari aktin va miozinning о„zaro sirpanishi
yuzaga keladi. Tortilish kuchi zich tanachalar orqali sarkolemmaga (sitolemmaga)
о„tadi, natijada, silliq muskul hujayra qisqaradi.
Silliq muskul hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda
pufakchalar bо„lib, ular kо„ndalang-targ„il muskuldagi sarqoplazmatik retikulumni
eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning о„zi silliq muskulda kuchsiz
rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan hosil
bо„lgan tuzilmalar tegib yetadi. Bu tuzilmalar kо„ndalang- targ„il muskulning T-
sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kalsiy ionining sitoplazmaga
chiqishida muhim о„rin tutadi.
Har bir muskul hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan
qoplangan. Muskul hujayralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli
tutashish – neksuslar uchrab ular silliq muskul hujayralarining ma‟lum guruhlari
252
barobar qisqarishini ta‟minlaydi. Bazal membranaga biriktiruvchi tо„qima tolalari
kirib tо„r hosil qiladi. Muskul hujayralarining gruppalari yoki muayyan qavatlari
biriktiruvchi tо„qima qatlamlari bilan о„raladi. Ana shu biriktiruvchi tо„qima
sarkolemma bilan birga silliq muskul tо„qimasining tayanch apparatini hosil qiladi.
Silliq muskul tо„qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega.
Qon tomirlar tо„qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, muskul hujayralari
tutamlari orasidagi biriktiruvchi tо„qima qatlamlarida kapillyarlar tо„rini hosil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |