Histology Cytology Embryology,
State establishment, «Lugansk state
medical university» , “Knowledge”, 2011. 180-184 бетлар
243
yо„q, chunki osseomukoid kalsiy tuzlarining kollagen tolalariga о„tishiga yо„l
qо„ymaydi.
Taraqqiyotining keyingi bosqichida (mineralizatsiya yoki kalsifikatsiya
davrida) tо„qimada kо„p miqdorda ishqoriy fosfataza fermenti tо„planadi. U
organik fosfatlarni, asosan, glitserofosfatni karbonsuv va fosfat kislotagacha
parchalaydi va mineral tuzlarning chо„kishiga yо„l ochadi. Shu bilan birga
hujayralararo moddada depolimerizatsiya, ya‟ni osseomukoid moddasining
parchalanishi va erib ketishi kuzatiladi. Shu vaqtdan boshlab- hujayralararo
moddaning organik qismi faqat kollagendan tashkil topadi. Fosfat kislota kalsiy
tuzlari bilan birikib kalsiy fosfat tuzlarini hosil qiladi. Dastlab hosil bо„lgan suyak
tо„qimasi noaniq tuzilishga ega bо„ladi va kо„p miqdorda dag„al kollagen tolalar va
tartibsiz joylashgan gidroksiapatit kristallaridan iborat bо„ladi. Shunday yо„l bilan
dastlabki dag„al tolali suyak tо„qimasi hosil bо„ladi. Bu asta- sekin plastinkasimon
suyak tо„qimasiga aylanadi.
Mezenxima hujayralaridan hosil bо„lgan osteoklast hujayralari hujayralararo
moddani yemira boshlaydi va dag„al tolali suyak tо„qimasiga qon tomirlar о„sib
kiradi. Yangi suyak plastinkalari qon tomirlar atrofida hosil bо„la boshlaydi.
Ossein tolalar tartibli joylashib, ular ustida yangi osteoblast hujayralari hosil
bо„ladi va yangi suyak plastinkasi rivojlanadi. Shu yо„l bilan suyak osteonlari hosil
bо„ladi. Tashqi general plastinkalar qavati esa, suyak usti pardasi osteoblast
hujayralari hisobiga hosil bо„ladi. Natijada, suyak eniga о„sa boshlaydi. Suyak usti
pardasi va endost atrofdagi biriktiruvchi tо„qimadan shakllanadi. Keyinchalik
embrional davrda hosil bо„lgan suyak qaytadan tuziladi. Birlamchi osteonlar
yemirilib, yangi osteonlar hosil bо„ladi. Eski osteonlar о„rniga yakgilari hosil
bо„lishi butun umr davom etadi.
Tog„ay modeli о„rnida suyak hosil bо„lishi. Embrion taraqqiyotining
ikkinchi oyida bо„lg„usi suyak о„rnida mezenximadan tog„ay modeli hosil bо„ladi.
Bu model gialin tog„aydan iborat bо„lib, qon tomirlar bо„lmaydi va ma‟lum
davrgacha rivojlanadi, keyinchalik u degeneratsiyaga uchrab, tog„ayni diafiz
qismida suyak tо„qimasi hosil bо„la boshlaydi. Suyak tо„qimasining paydo bо„lishi
244
tog„ay usti pardasida (perixondrda) tipik osteoblastlar hosil bо„lishi bilan
boshlanadi. Osteoblastlar hosil bо„lishidan boshlab perixondr suyak usti pardasi –
periostga aylana boshlaydi.
Osteoblastlar tog„ay modeli atrofida suyak tо„qimasini hosil qila boshlaydi.
Natijada, suyakning tog„ay modeli diafiz qismida perixondral suyak о„rami
(manjeti) bilan о„raladi. Ular g„ovak tuzilishga ega bо„lib, dag„al tolali
(retikulofibroz) suyaklardan tashkil topadi. Tog„ay modeli atrofida suyak hosil
bо„lishiga perixondral suyaklanish deyiladi. Suyak manjetining hosil bо„lishi bilan
bu yerda tog„ayning oziqlanishi buziladi va tog„ayning diafiz qismi markazida
distrofik о„zgarishlar sodir bо„la boshlaydi. Tog„ay hujayralari gipertrofiyaga,
yadrolari piknozga uchraydi. Hujayralararo moddada kalsiy tuzlari yig„ila
boshlaydi. Shu yо„l bilan ohaklangan tog„ay paydo bо„ladi. Tog„ayning
ohaklanishi diafiz qismidan epifizgacha qarab boradi. Aynish vaqtda tog„ay usti
pardasi о„rnida hosil bо„lgan suyak usti pardasidagi qon tomirlar ularni qoplab tur-
gan mezenxima hujayralari bilan birga suyak manjetkasidagi teshikchalar orqali
ohaklanayotgan tog„ay zonasiga kirib boradi. Qon tomir bilan kirgan
hujayralarning ba‟zilari kо„p yadroli osteoklast hujayralariga aylanib,
ohaklanayotgan tog„ayni yemira boshlaydi. Tog„ayning yemirilishi diafiz
markazidan boshlanib epifizlarga qarab suriladi. Ammo tog„ay tо„qimasi diafizda
butunlay parchalanmaydi va tog„ay yemirilishi natijasida hosil bо„lgan bо„shliqlar
atrofida tog„ay tо„sinlari saqlanib qoladi. Shu tо„sinlar atrofidagi kam
differensiallashgan hujayralardan osteoblastlar hosil bо„ladi.
Yangidan hosil bо„lgan osteoblastlar ohaklangan tog„ay tо„sinlari ustida
suyak tо„qimasini hosil qiladi. Suyak tо„qimasining tog„ay ichida hosil bо„lishiga
endoxondral yoki enxondral suyaklanish deyiladi. Endoxondral suyaklanish
natijasida dag„al tolali suyak hosil bо„ladi. U perixondral kо„payayotgan suyakdan
shu bilan farq qiladiki, uning tarkibida ohaklangan hujayralararo tog„ay
moddasining koldiqlari saqlanib qolgan bо„ladi. Ammo bu suyak uzoq turmaydi.
Mezenxima (kam differensiallashgan) hujayralaridan takomil etgan osteoklast
hujayralari hosil bо„lgan‟ suyakni yemira boshlaydi.
245
Enxondral suyak tо„qimasining parchalanishi natijasida kalta bо„shliqlar va
chuqurchalar paydo bо„ladi va ular birlashib, suyak kо„migi uchun bо„shliq hosil
qiladi. Qon tomirlar atrofida parchalanayotgan dag„al tolali suyak о„rnida
osteoblast hujayralar konsentrik plastinkalar hosil qila boshlaydi. Ular ma‟lum
tartibda joylashgan parallel kollagen tolalardan tuzilgan, ulardan osteonlar hosil
bо„ladi. Periost tarafdan esa tashqi umumiy plastinkalar taraqqiyoti davom etadi.
Shunday qilib, tog„ay о„rnida suyak hosil bо„lish jarayonida ma‟lum
bosqichlar kо„riladi. Dastlab dag„al tolali suyak tо„qimasidan iborat perixondral
suyak manjetkasi hosil bо„ladi. Sо„ngra tog„ay modelida bir qator о„zgarishlar
(distrofiya, xondroliz) yuz berib, tog„ay ichida endoxondral suyaklanish ham sodir
bо„ladi. Nihoyat, dag„al tolali suyak tо„qimasining parchalanishi va uni nozik tolali
kompakt plastinkasimon suyak tо„qimasi bilan almashinishi sodir bо„ladi.
Suyakning epifiz va diafiz qismlari orasida tog„aydan iborat metafizar yoki
epifizar plastinkasi joylashadi. Uning diafizga yaqin qismida tog„ay hujayralari
shishgan, hujayralararo modda esa ohaklangan bо„ladi. Chunki uning ostidagi
hujayralar parchalanib, u yerda endoxondral suyaklanish davom etadi. Tog„ay
tо„qima bilan endoxondral suyak orasidagi chegara qism suyaklanish yoki
ossifikatsiya chizig„i deb ataladi. Epifizar plastinkaning qolgan qismlarida tog„ay
hujayralari bо„linishda va yangi hujayralararo modda hosil qilishda davom etadi,
natijada epifizar plastinka hujayralari bir-birining ustida joylashib, tanga
ustunchalarini eslatuvchi tо„qima hosil qiladi. Xuddi ana shu zona tog„ayining
о„sishi hisobiga suyak uzunasiga о„sadi. Epifizar plastinkaning uzunasiga о„sishi
embrional taraqqiyot davridan boshlanib, 17–23 yoshgacha davom etadi, sо„ngra
esa suyakning о„sishi tо„xtaydi.
Epifiz tog„ayining suyakka aylanishi diafizga nisbatan ancha kech sodir
bо„ladi. Inson tug„ilganda diafiz perixondral va endoxondral suyaklanish natijasida
hosil bо„lgan dag„al tolali suyakdan iborat bо„lsa, epifiz hali tog„ay kо„rinishga ega
bо„ladi. Yangi tug„ilgan chaqaloq naysimon suyagining epifizida suyaklanish
nuqtasi hosil bо„lib, u yerdagi tog„ayda xuddi diafizdagi singari bir qator
degenerativ о„zgarishlar sodir bо„ladi. Sо„ngra, diafizdagi singari, epifiz ichiga qon
246
tomirlar va mezenxima hujayralari о„sib kirib, u yerda endoxondral suyaklanish
ketadi. Keyinchalik endoxondral suyaklanishda hosil bо„lgan dag„al tolali
tо„qimasi о„rniga plastinkasimon suyak rivojlanadi. Suyakning diafiz qismidan
farqli ravishda epifizda plastinkasimon suyakning g„ovak turi hosil bо„ladi. U
suyak tо„sinchalaridan iborat bо„lib, osteonlar hosil qilmaydi. Epifiz suyaklanishi
natijasida epifizar plastinka chegaralari aniq bо„lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |