241
78- rasm. Plastinkasimon suyak tо„qimasining osteon sistemasi.
1 –osteon kanali;
2 –suyak
plastinkalari; 3 – suyak hujayrasi.
Naysimon suyakning markazida endost bilan qoplangan suyak kо„migi
kanali joylashib, u bilan osteon sistemasi oralig„ida ichki umumiy suyak
plastinkalari joylashadi. Bu plastinkalar sistemasi kompakt suyak moddasi suyak
kо„migi kanali bilan bevosita chegaralangan joylardagina yaxshi rivojlangan
bо„ladi. Kompakt modda g„ovak moddaga о„tadigan joylarda esa ichki plastinkalar
g„ovak modda plastinkalariga davom etib ketadi.
Naysimon suyaklarda osteonlar suyakning uzun о„qiga parallel joylashib,
ular о„zaro anastomozlar orqali tutashadi. Bu anastomozlar tashqi umumiy
plastinkalarga kiruvchi kanallar singari qon tomir saqlagani uchun oziqlantiruvchi
kanallar deb nomlanadi. Osteon kanallaridagi qon tomirlar о„zaro bog„lanibgina
qolmay, ular suyak kо„migi va suyak usti pardasining qon tomirlari bilan ham
birlashgandir. Suyak usti pardasida oziqlantiruvchi qon tomirlar va nerv tolalari
ham joylashgan. Bu yerda miyelinli va miyelinsiz nerv tolalarining chigallari
mavjud. Nerv tolalarining bir qismi qon tomirlar bilan tashqi umumiy plastinkalar
orqali osteon kanaliga, u yerdan esa suyak kо„migiga yetib boradi. Nerv
tolalarining bir qismi esa suyak usti pardasida erkin va kapsulaga о„ralgan nerv
oxirlarini hosil qiladi.
Suyak usti pardasi (periost) va endost.
Suyak tashqi tomondan suyak usti
pardasi (periosteum) bilan о„ralgan. Unda ikki qavat ichki hujayrali va tashqi tolali
qavatlar farqlanadi. Ichki qismi nozik tolali biriktiruvchi tо„qimadan tashkil topgan
242
bо„lib, unda mayda qon tomirlar, osteoblast va osteoklast hujayralari joylashadi.
Tashqi qavat asosan tolali biriktiruvchi tо„qimadan iborat. Endost (endosteum)–
juda nozik parda bо„lib, suyakni ichki tomondan qoplaydi. U osteoblast va
osteoklast hujayralarini ushlovchi biriktiruvchi tо„qimadan tuzilgan bо„lib, uning
kollagen tolalari suyak kо„migining stroma tuzilmalariga о„tib ketadi
8
.
Suyak tо„qimasining taraqqiyoti, о„sishi va regeneratsiyasi. Suyak
tо„qimasining taraqqiyoti osteogistogenez deb atalib, u embrional va postembrional
osteogistogenezlarga bо„linadi. Embrional (homila davridagi) osteogistogenez ikki
usulda amalga oshadi:
1) Tо„g„ridan-tо„g„ri mezenximadan suyak hosil bо„lishi (tо„g„ri yoki
bevosita osteogistogenez).
2) Mezenximadan hosil bо„lgan tog„ay modeli о„rnida suyak takomili
(notо„g„ri yoki vositali osteogistogenez).
Postembrional osteogistogenez homila tug„ilgandan keyingi davrni о„z
ichiga olib, asosan, suyak о„sishi va regeneratsiyasi bilan bog„liq.
Suyak tо‘qimasining mezenximadan rivojlanishi.
Bu usul asosan yassi
suyaklar, jumladan, kalla suyaklari uchun xosdir. Bо„lajak suyak о„rnida
mezenxima hujayralari kо„paya boshlaydi va osteogen orolchalar hosil bо„ladi.
Hujayralar orasida kollagen tolalar hosil bо„ladi va bu tolalar hujayralarni bir-
biridan uzoqlashtiradi. Bunday hujayralarni preosteoblastlar deb hisoblash
mumkin. Ular kollagen tolalardan tashqari glikozaminoglikanlar ham hosil qiladi.
Natijada, hujayra oraliq moddasi oksifil bо„ladi. Preosteoblastlar osteoblast
hujayralariga aylanib, yana kо„proq hujayralararo modda ishlab chiqara boshlaydi.
Bu davrni osteoid davr deb ham yuritiladi. Shu davrga kelib osteoblast hujayralari
hujayralararo modda bilan о„ralib, kо„payish qobiliyatini yо„qotadi va osteotsit
hujayralariga aylanadi. Ammo chekka joylashgan hujayralar yangi osteoblastlarga
aylanishini davom ettiradi. Hosil bо„lgan hujayralararo modda (osseomukoid)
asosan glikozaminoglikanlardan va kollagendan tuzilgan. Mineral tuzlar bu yerda
8
Bobrysheva I. V. Kashchenko S. A.,
Do'stlaringiz bilan baham: