N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Suyak  tо‘qimasining  hujayralararo  moddasi.
  U  ohaklashgan  bо„lib,  ikki 
qismdan:  tolalardan  va  asosiy  moddalardan  iborat.  Tolalar  esa  organik 
moddalardan  tashkil  topgan  bо„lib,  ular  ossein  yoki  osteokollagen  tolalar  deb 
ataladi.  Bu  tolalar  о„z  xossalariga  kо„ra  I  tip  kollagen  tolalar  bо„lib,  elektron 
mikroskopda  kо„ndalang-targ„il  tuzilishga  ega.  Ossein  tolalari  tartibsiz  yoki 
ma‟lum tartibli yо„nalishda joylashadi. 
Asosiy  modda  suyak  tо„qimasida  asosan  mineral  tuzlardan  tashkil  topgan 
bо„lib,  qisman  xondroitin-sulfat  kislotasi  ham    uchraydi.  Suyak  tо„qimasining 
asosiy  moddasi  apatitgidrooksid  kristallari  sifatida  namoyon  bо„lib,  suyakning 
asosi  bо„lgan  ossein  tolalariga  nisbatan  tartibli  joylashgan.  Mineral  tuzlar 
ignasimon  zarrachalar  bо„lib,  qalinligi  1,5–7,5  nm  gacha,  uzunligi  150  nm  gacha 
keladigan tо„g„ri chiziqli shaklga ega. Yosh 
 
о„zgarishi bilan ularning kattaligi ham 
о„zgarib  boradi.  Yosh  suyak  tо„qimasida  gidrooksid  kristallari  hosil  bо„ladi,  ular 
assein fibrilla tolalari ichida va ularning atrofida joylashadi. Tuzilishi bо„yicha ikki 
xil suyak tо„qimasi tafovut etiladi: retikulofibroz (dag„al tolali) suyak tо„qimasi va 
ingichka tolali yoki plastinkasimon suyak tо„qimasi. 
Retikulofibroz  (dag‘al  tolali)  suyak  tо‘qimasi.
  Bunday  suyak  tо„qimasi 
asosan  homilada,  yangi  tug„ilgan  chaqaloqlarda  uchraydi.  Kattalarda  esa  faqat 
tog„aylarning suyakka birikkan joyida, kalla suyaklarining choklarida uchraydi. Bu 


238 
 
suyakni  dag„al  tolali  deyilishiga  sabab  shuki,  suyak  tо„qimasining  ossein  tolalari 
juda  dagal  va  turli  yо„nalishda  betartib  joylashgan  bо„ladi.  Tolalar  bir-biri  bilan 
kesishib  yoki  burchak  hosil  qilib  yoki  murakkab  tо„r  hosil  qilib  joylashadi.  Bu 
tolalar  orasi  asosiy  modda  bilan  tо„yingan  bо„ladi.  Suyak  tо„qimasining  asosiy 
moddasida  uzunchoq-ovalsimon  shakldagi  suyak  bо„shliqlari  yoki  lakunlar 
joylashib,  bular  uzun,  bir-biri  bilan  anastomozlar  hosil  qiluvchi  kanalchalarga 
davom  etadi.  Ana  shu  bо„shliqlarda  shakli  shu  bо„shliqning  shakliga  mos 
keladigan osteotsit hujayralar joylashadi. Shuni qayd etib о„tish kerakki, homilada 
hosil bо„lgan dag„al tolali suyak о„sishi va keyingi taraqqiyoti natijasida sekin-asta 
plastinkasimon suyakka aylanadi. 
Plastinkasimon  suyak  tо‘qimasi
.  Voyaga  yetgan  organizmda  barcha 
suyaklar–yassi,  naysimon  suyaklarning  asosiy  qismi  plastinkasimon  suyakdan 
tashkil  topgan  bо„ladi.  Bu  suyakning  asosini  suyak
 
plastinkalari  tashkil  etib, 
plastinkalar  ingichka,  bir-biriga  parallel  holda  joylashgan  kollagen  tolalardan  va 
osteotsit  hujayralardan  iborat.  Har  bir  plastinkada  kollagen  tolalar  qо„shni 
plastinkadagi kollagen tolalarga nisbatan perpendikulyar joylashadi. Plastinkalarda 
tolalarning bunday yо„nalishi suyak tо„qimasini mustahkam qiladi. 
Suyak  plastinkalarining  joylanishiga  qarab  ikki  xil  suyak  moddasi  farq 
qilinadi:  kompakt  va  g„ovak  suyak.  Kompakt  suyakda  plastinkalar  bir-biriga  jips 
birlashib  parallel  joylashsa,  g„ovak  suyakda  plastinkalar  har  xil  yо„nalishda,  bir-
biriga  nisbatan  turli  xil  burchak  hosil  qilib  joylashadi  va  ularning  orasida  kichik-
kichik bо„shliqlar hosil bо„ladi. 
Nishonlangan radioaktiv fosfor bilan о„tkazilgan tajribalar shuni kо„rsatadiki 
g„ovak  suyak  о„zida  harakatchan  fosfor  tutib,  u  osonlik  bilan  qonga  о„tishi 
mumkin. Kompakt suyak esa g„ovakka qaraganda uch marta kamroq harakatchan 
fosfor tutadi. Shunday qilib, mineral tuzlar almashinuvida g„ovak suyak asosiy rol 
о„ynaydi.  Kompakt  suyak  bir-biriga  juda  ham    jips  birlashgan  suyak 
plastinkalaridan  iborat  bо„lib,  uning  tuzilishini  о„rganish  uchun  naysimon 
suyakning tuzilishi bilan tanishib chiqish kerak. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish