Suyak tо‘qimasi
Suyak tо„qimasi faqat umurtqali hayvonlarda uchraydi va juda mustahkam
tuzilma sanaladi. Suyak tо„qimasi ham har qanday tо„qima kabi moddalar
almashinuvi jarayonida organizmning boshqa qismlari bilan о„zaro aloqada
bо„ladi. Ularning faoliyati nerv sistemasi va gormonlar orqali boshqarib turiladi.
Suyak tо„qimasi tayanch funksnyasini bajarishga moslashgan bо„lsa ham
organizmning mineral tuzlar almashinuvida ishtiroki bor.
Mineral tuzlarning asosiy qismi suyak tо„qimasida yig„ilgan bо„lib,
organizm uchun kerakli bо„lganda qonga chiqishi mumkin. Suyak tо„qimasi
anorganik (taxminan 70%) va organik moddalarning (30%) yig„indisidan iborat
234
bо„lib, har bir modda suyakka ma‟lum xususiyat berib turadi. Organik moddalar
suyakka plastiklik, egiluvchanlik xususiyatlarini bersa, anorganik moddalar unga
qattiqlik va mо„rtlik xususiyatlarini beradi.
Suyak tо„qimasidagi anorganik moddalar asosan kalsiy fosfat, kalsiy
karbonat va magniy tuzlaridan iborat bо„lib, qondagi kalsiy va fosforning miqdori
shular orqali normallashtirib turiladi, ya‟ni kerakli paytda ular suyakdan qonga
о„tib turadi. Mineral tuzlarning almashinishi ayniqsa homiladorlik paytida,
laktatsiya davrida yaqqol kо„rinadi. Mineral tuzlar yetishmasa rivojlanayotgan
yosh bolalar suyaklarida jiddiy patologik о„zgarishlar rо„y berishi mumkin.
Suyak tо„qima qattiq tо„qima bо„lishiga qaramay, doimo yangilanib turadi,
bunda suyakning bir qismi sо„rilib, muntazam qayta qurilib turadi. Suyak tо„qimasi
tayanch, mineral almashinuvidan tashqari yana qator funksiyalarni bajaradi.
Ma‟lumki, suyaklar ichida qizil suyak kо„migi joylashib, u yerda qon shaklli
elementlari hosil bо„ladi, demak, bu nozik tuzilmalar mustahkam suyak bilan
qoplanib, himoya qilib turiladi. Bundan tashqari, suyak tо„qimasi ichki organlar
uchun himoya vositasini о„taydi, eng muhimi muskullar uchun murakkab richaglar
sistemasini hosil qiladi.
Suyak tо‘qimasining tuzilishi.
Suyak tо„qimasi ham hujayralardan va
hujayralararo moddadan tashkil topgan. Shuni qayd qilib о„tish kerakki,
hujayralararo modda suyak tо„qimasida minerallashgan yoki mineral tuzlar bilan
tо„yingan bо„lib, tolalardan va qattiq asosiy yoki amorf moddadan tashkil topgan.
Uch xil suyak hujayralari farq qilinadi: osteotsitlar, osteoblastlar va osteoklastlar.
Osteotsitlar
(osteon– suyak, cytus – hujayra) о„simtali hujayralar bо„lib,
о„simtalari mayda о„simtalarga tarmoqlangan bо„ladi. Bu hujayralar о„z shakliga
mos keladigan bо„shliqlarda joylashib, о„simtalari bilan о„zaro bog„langan (75-
rasm).
Bu hujayra markazida tо„q bо„yalgan yadro joylashib, sitoplazma och
bazofil rangga ega. Osteotsitlar suyak tо„qimasining asosiy hu jayralarndan
hisoblanib, sitoplazmasida oz miqdorda mitoxondriyalar, kuchsiz rivojlangan Golji
kompleksi bо„ladi. Hujayra markazi osteotsitlardan topilmagan, shu tufayli bu
235
hujayralar bо„linish qobiliyatiga ega emas deb
hisoblanadi.
Hujayraning
mayda
о„simtalari
keyinchalik qisqarishi yoki yо„q bо„lib ketishi
mumkin, lekin ular joylashgan kanalchalar
sistemasi
saqlanib,
ular
orqali
suyak
tо„qimasida modda almashinuv jarayoni yuz
beradi. Shunday qilib, osteotsitlar yetuk
suyakning asosiy hujayralarini tashkil qiladi.
Osteoblastlar
yoki
osteoblastotsitlar
(osteon – suyak; blastos – kurtak) suyak usti
pardasida,
suyakning
yangidan
hosil
bо„layotgan qismlarida uchrab, kubsimon,
piramidasimon yoki kо„p qirrali shaklda bо„lib,
yumaloq yoki ovalsimon yadroga ega. Yadroda
bir yoki bir necha yadrocha bо„ladi. Hujayra
75-rasm. Ostiotsit. Elektron mikrofotogramma. 1– osteotsit yadrosi; 2 – endoplazmatik
tо„r; 3 – sitolemma; 4– osteotsit о„simtalari.
sitoplazmasida
ancha
yaxshi
taraqqiy
etgan
endoplazmatik
tо„r,
mitoxondriyalar, Golji kompleksi va kup miqdorda RNK ni kо„rish mumkin (76-
rasm). Bundan tashqari, sitoplazmada hujayralararo moddaning hosil bо„lishi
uchun nihoyatda kerak bо„lgan ishqoriy fosfataza fermenti mavjud. Osteoblastlar
suyak hosil qiluvchi yosh hujayralardir. Bu hujayralar doimo oqsil sintez qilib
hujayralararo moddaga ajratib turadi, hujayralararo modda hosil bо„lishi
tugagandan sо„ng ular aktiv bо„lmagan suyak hujayralariga – osteotsitlarga
aylanadi. Osteoklastlar, osteoklastotsitlar (yunon. osteon – suyak, clasio –
parchalanish, yemirilish) –bu hujayralar ohaklangan tog„ay va suyak
236
76-rasm.
Ostioblast.
Elektron
mikrofetogramma. 1– suyakning asosiy
moddasi; 2 – ossein tolalar; 3 – osteoblast
yadrosi; 4– osteoblast sitoplazmasi; 5, 6–
endoplazmatik tо„r; 7– mixondriya; 8– Golji
kompleksi.
tо„qimalarining yemirilishida aktiv
ishtirok etadi. Ular makrofaglarning
maxsus bir turi bо„lib, embrionda
mezenxima hujayralaridan, sо„ngra
esa monotsitlardan hosil bо„ladi.
Hujayralarning eng yirigi 100 mkm ga
yetishi mumkin. Shakli esa notо„g„ri
yumaloq bо„lib, juda kо„p yadroga
ega.
Elektron
mikroskop
ostida
osteoklastlar sitoplazmasi bir necha zonadan iborat ekanligi kо„rinadi. Ularning
suyakning yemirilayotgan yuzasiga bevosita tegib turgan qismi burmalar va
sо„rg„ichsimon о„siqlar hosil qilib, burmador hoshiyali yuzani tashkil etadi. Bu
yuzani qoplab turuvchi va shu bilan osteoklastni suyak tо„qimasiga germetik
yopishtiruvchi ikkinchi zonada organoidlar deyarli bо„lmaydi. Bu oqish zona
bо„lib, unda faqat aktin saqlovchi mikrofilamentlar uchraydi.
Oqish zona aniq bir chegarasiz keyingi, vezikulyar zonaga о„tadi. Bu zonada
mayda pufakchalar va vakuolalar mavjuddir. Hujayra sitoplazmasining burmador
yuzasiga qarama- qarshi joylashgan qismi bazal yuzani tashkil etadi. Bu yuza
boshqalardan farq qilib, organoidlarga boy bо„ladi. Unda kо„p sonli
mitoxondriyalarni, yaxshi rivojlangan donador endoplazmatik tо„r va Golji
kompleksini, lizosomalarni, hujayra markazini, kо„p miqdorda ribosoma va
polisomalarni kо„rish mumkin. Shuning uchun bazal yuzani hujayraning energiya
markazi va sekretsiya jarayonida ishtirok etuvchi asosiy qismi deb hisoblash
237
mumkin.
Osteoklastlarning suyak tо„qimasi bilan uchrashgan yerida о„yiqlar hosil
bо„ladi. Osteoklastlarning suyak tо„qimasini yemirish va fagotsitoz qilish
mexanizmi tо„la о„rganilmagan. Bu jarayonda osteoklastlar ajratib chiqaradigan
CO
2
muhim rol о„ynaydi, deb hisoblanadi. CO
2
karbongidraza fermenti ta‟sirida
H
2
CO
3
kislotasini hosil qiladi. Bu kislota suyak tо„qimasidagi organik
moddalarning yemirilishiga va suyakda kalsiy tuzlarning erishiga olib keladi.
Suyak tо„qimasining parchalanishida H
2
CO
3
va limon kislotasining asosiy rolini
osteoklastlar burmador hoshiyali yuzasida pH past (kislotali) bо„lishi ham
tasdiqlaydi. Parchalanish natijasida hosil bо„lgan moddalarni osteoklastlar
fagotsitoz qiladi, natijada devori tekis bо„lmagan keng kanallar hosil bо„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |