N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Elastik  tog‘ay  tо‘qimasi
.  Elastik  tog„ay  quloq  suprasida,  hiqildoqda 
(shoxchasimon  va  ponasimon  tog„aylarda),  hiqildoq  usti  tog„ayida  uchraydi.  Ular 
sarg„ish rangli, xira bо„ladi. Tuzilishi jihatidan gialin tog„ayini eslatadi. Hujayrasi 
yumaloq  shaklga  ega  bо„lib,  yakka-yakka  yoki  izogen  gruppani  hosil  qilib 
joylashadi.  Elastik  togay  hujayralarining  sitoplazmasida  gialin  tog„aydan  farqli 
ravishda  yog„  va  glikogen  kam  tо„planadi.  Hujayralararo  moddasida  kollagen 
tolalari  bilan  bir  qatorda  elastik  tо„rni  hosil  qiluvchi  elastik  tolalarni  kо„rish 
mumkin.  Bu  elastik  tolalar  tog„ay  ust  pardasiga  о„tib  ketadi.  Elastik  tog„ayda 
ohaklanish kuzatilmaydi. 
Tolali  tog‘ay  tо‘qimasi
.  Tolali  tog„ay  tolali  biriktiruvchi  tо„qimaning  pay, 
bog„lam  turlarini  gialin  tog„ayga  о„tish  joylarida  uchraydi.  Masalan:  sonning 
yumaloq  bog„lamida,  о„mrov-tо„sh  bо„g„imida  uchraydi.  Umurtqalararo  disklar 
ham tolali tog„aylardan iborat (74-rasm). Tolali tog„ayda ham  
 


232 
 
74- rasm. Tolali tog„ay. 1 - kollagen tolalar; 2 – tog„ay hujayralari. 
 
hujayralarni  (xondrotsitlarni)  va  hujayralararo  moddani  ajratish  mumkin. 
Hujayralararo modda parallel yо„nalgan kollagen tolalardan va bazofil bо„yaluvchi 
amorf moddadan tashkil topgan. Bu moddada bо„shliqlar bо„lib, ular yakka-yakka 
yoki izogen gruppalar hosil qilib yotuvchi tog„ay hujayralarini tutadi. Xondrotsitlar 
oval  yoki  yumaloq  shaklga  ega  bо„lib,  gialin  togaydan  paylarga  о„tish  davomida 
yassilanadi va pay hujayralari singari qator-qator bо„lib joylashadi. 
Shunday qilib, tolali togayni gialin togayning pay yoki bog„lamga о„tadigan 
oraliq  shakli  deb  ifodalasa  ham  bо„ladi.  Tog„ay  tо„qimasining  taraqqiyoti  va 
regeneratsiyasi.  Tog„ay  tо„qimasi  embrion  davrida  mezenximadan  rivojlanadi. 
Bо„lajak  tog„ay  tо„qimasi  hosil  bо„ladigan  joylarda  mezenxima  hujayralari 
kо„payib,  о„simtalarini  yо„qotadi  va  bir-biriga  zich  yotadi.  Mezenximaning  bu 
qismi xondrogen yoki skletogen kurtak deyiladi. 
Keyingi  bosqichda  mezenxima  hujayralari  hujayralararo  modda  hosil  qila 
oladigan 
tog„ay 
hujayralari 
– 
prexondroblast 
va 
xondroblastlarga 
differensiallanadi.  Hujayralararo  modda  yangi  hosil  bо„ladigan  kollagen  tolalar 
bilan  birga  tayanch  vazifasini  ham  о„taydi.  Hujayralararo  moddaning  shu  davrda 
oksifil  bо„yalishi  bu  hujayralar  tomonidan  fibrillyar  oqsil  ishlab  chiqarilishiga 
bog„liq. Tog„ay hujayralari hujayralararo modda ishlab chiqarishni davom ettiradi 
va bir-biridan uzoqlashadi. 
Hujayralararo  moddada  yangi  kollagen  tolalarning  shakllanishi  amorf 
moddaning  о„zgarishlari  bilan  bog„liq.  Tog„ay  hujayralarining  keyingi 
differensiallanishi 
amorf 
moddada 
glikozaminoglikanlarning 
(asosan, 
xondroitinsulfatlarning) siitezlanishiga olib keladi. Xondroitinsulfatlar nofibrillyar 
oqsillar  bilan  birikib,  proteoglikanlarni  hosil  qiladi.  Proteoglikanlar  amorf  modda 
va  kollagen  tolalarga  shimiladi,  natijada,  kollagen  tolalar  oddiy  mikroskop  ostida 
kо„rinmaydigan bо„lib qoladi. 
Yosh  tog„ayning  hujayralari  mitotik  bо„linishda  davom  etib,  yangi-yangi 
hujayralarni  hosil  qiladi.  Bu  hujayralar  izogen  gruppalarni  vujudga  keltiradi.  Bu 


233 
 
jarayon  tog„ayning  ichki  tarafdan  о„sishini  belgilaydi.  Intussussepsion  yoki 
interstitsial  (lat. intus  –  ichki, suscipio–ishtirok)  о„sish  gо„daklik  davrida  va  yosh 
bolalarda kuzatiladi. 
Skletogen  kurtakni  о„rab  turgan  mezenxima  hujayralari  ham    kо„payishda 
davom  etadi  va  hujayralararo  modda  hosil  qiladi.  Natijada,  skletogen  kurtak  bu 
hujayralar  hisobiga  ham    kengayadi.  Tog„ayning  bu  usulda  о„sishini  appozitsion. 
(latincha appositi – tashqi tarafdan) о„sish deyiladi. Tog„ay kurtakni qoplab turgan 
mezenxima  hujayralari  zichlashadi  va  tog„ay  usti  pardasini  hosil  qiladi.  Tog„ay 
о„sishining  oxirgi  boskichida  tо„qimannng  о„sishi  va  uning  ozik  bilan  ta‟minoti 
orasida tafovut rо„y beradi. Tog„ay markazidagi hujayralar kо„payishdan tо„xtaydi. 
Proteoglikanlar  esa  oksifil  bо„yaluvchi  oddiy  oqsil  –  albuminga  aylanadi.  Qari 
kishilarda  va  kasallarda  tog„ay  hujayra  oraliq  moddasiga  kalsiy  tuzlari  о„tirishi 
natijasida  asbestli  distrofiya  hosil  bо„ladi.  Ba‟zi  hollarda  (kuchli  rivojlangan 
distrofiyada)  tog„ay  ichiga  qon  tomirlar  о„sib  kirib,  tog„ay  tо„qimasining  suyak 
tо„qimasiga aylanishi kuzatiladi. 
Turli ta‟sirlar natijasida jarohatlangan tog„ay regeneratsiya  qobiliyatiga ega. 
Tog„ay  regeneratsiyasida  perixondrda  joylashgan  hujayralar  muhim  о„rin  tutadi. 
Bu  hujayralar  tog„ay  hujayralariga  aylanadi,  ular  orasida  esa  tog„ayning 
hujayralararo moddasi shakllanib, jarohatlashgan tog„ay tiklanadi. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish