N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Tog‘ay tо‘qimasi 
 
Tog„ay  tо„qimasi  biriktiruvchi  tо„qimaning  bir  turi  bо„lib,  tog„ay 
hujayralaridan va hujayralararo moddadan tashkil topgan. Uning tarkibida 70–80% 
suv,  10–15%  organik  moddalar  va  4–  7%  mineral  tuzlar  bor.  Organik  moddalar 
asosan oqsil, lipid, glikozaminoglikan va proteoglikanlardan iborat. Oqsillar ichida 
fibrillyar  oqsillar  (kollagen,  elastin)  va  nofibrillyar  oqsillarni  farq  qilish  mumkin. 
Tog„ay tо„qimasidagi glikozaminoglikan va proteoglikanlar asosan hujayra oraliq 
moddasining asosiy moddasida bо„ladi. Ular tog„ay tо„qimasining fizik- kimyoviy 
xossalarini (zichligini yoki turgorini) belgilaydi.  
Tog‘ay tо‘qimasining hujayra elementlari
. Tog„ay tо„qimasida 2 xil asosiy 
tog„ay hujayralari: xondrotsitlar va xondroblastlar  farq qilinadi. Xondrotsitlar oval 
yoki  yumaloq  bо„lib,  hujayra  yuzasida  mikrovorsinkalar  tutadi.  Hujayralar 
hujayralararo  moddadagi  maxsus  bо„shliqlarda  yakka-yakka  yoki  tо„p-tо„p  bо„lib 
joylashadi.  Tо„p-tо„p  bо„lib  joylashgan  hujayralar  umumiy  bо„shliqda  yotib  bir 
dona  boshlang„ich  hujayraning  bо„linishi  natijasida  hosil  bо„ladi.  Bu  tо„p 
hujayralar  izogen  gruppa  deb  nomlanadi.  Har  bir  hujayrada  bitta  yoki  ikkita 
yadrocha tutuvchi yumaloq yadro bо„ladi. Hujayraning sitoplazmasi bir oz bazofil 
bо„lib,  tor  halqa  shaklida  yadro  atrofini  о„raydi.  Hujayra  organoidri  kо„p  emas. 
Rivojlanayotgan tog„ay hujayralar sitoplazmasida kо„p miqdorda mitoxondriyalar, 
Golji kompleksi va endoplazmatik tur joylashadi. Tog„ay hujayralarini gistoximik 
usullar  bilan  о„rganilganda  unda  glikogen,  lipidlar  mavjudligini  hamda  bir  qator 


228 
 
fermentlarning  yuksak  aktivligi  aniqlangan.  Tog„ay  hujayralarining  ikkinchi  turi 
xondroblastlardir.  Ular  tog„ay  usti  pardasining  ostida,  tog„ay  tо„qimasining 
periferiyasida  joylashgan  bо„lib,  yassilashgan  shaklga  ega  va  yakka-yakka  bо„lib 
hujayralararo moddada yotadi. 
Xondroblastlar  xondrotsitlarga  nisbatan  kengroq  sitoplazmaga  ega  bо„lib, 
ribonuklein  kislotaga  boy  bо„lganligi  sababli  sitoplazmasi  bazofil  bо„yaladi. 
Elektron  mikroskop  ostida  xondroblast  hujayralarida  endoplazmatik  tо„rning 
parallel membranalari kо„rinadi. Bu holat hujayraning yuqori sintetik faoliyatidan 
darak  beradi.  Sitoplazmada  glikogen  va  mukopolisaharidlarning  katta  tо„plamlari 
aniqlanadi.  Ba‟zan  endoplazmatik  tо„r  membranalari  hujayra  qobig„iga 
yaqinlashadi.  Hujayraning  bunday  tuzilishi  sekret  ishlovchi  hujayralarga  xosdir. 
Xondroblastlar takomillashish natijasida xondrotsitlarga aylanadi. 
Tog„ay  ustida  qon  tomir  kapillyarlariga  boy  bо„lgan  biriktiruvchi  tо„qima 
yotadi. Qon tomirlar va nerv oxirlari atrofida uzun fibroblast tipidagi hujayralar va 
kollagen tolalarning tutamlari joylashadi. Bu tuzilma tog„ay usti pardasi–perixondr 
(yunon.  peri  –  oldi,  chondros  –  tog„ay)  deb  nomlanadi.  Tog„ay  tо„qimasining 
oziqlanishi,  regeneratsiyasi  va  ba‟zi  bir  gistoximik  xususiyatlari  tog„ay  usti 
pardasiga  bog„liq.  Tog„ay  usti  pardasida  qon  tomirlari  joylashgan  siyrak  tolali 
biriktiruvchi  tо„qimadan  iborat  tashqi  qavat,  о„zida  xondroblastlar  va  ularning 
boshlang„ich  hujayralari bо„lgan  prexondroblastlar  tutuvchi  ichki  qavat  ajratiladi. 
Tog„ay  usti  pardasining bevosita  ostida duksimon  shaklga  ega  yosh xondrotsitlar 
joylashadi.  Perixondr  tog„ay  tо„qimasining  о„sishida  va  regeneratsiyasida  muhim 
о„rin  tutadi.  Bundan  tashqari,  tog„ayning  hujayralararo  moddasida  qon  tomirlar 
yо„qligi  uchun  moddalar  diffuziya  yо„li  bilan  tog„ay  usti  pardalaridagi  qon 
tomirlardan  boradi.  Tog„ay  usti  pardasi  yо„q  joyda  (bо„g„im  tog„aylarida)  oziq 
moddalar  sinovial  suyuqlikdan  diffuziya  yо„li  bilan  kiradi.  Tog„ay  hujayralararo 
moddasi kolloid bо„lgani uchun suv va tuz о„tishi osondir. Tog„ay oziqlanishining 
yomonlashuvi  tog„ay  hujayralararo  moddasida,  ayniqsa,  gialin  tog„ayida  Sa
+2
 
tuzlarining о„tirishiga olib keladi. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish