N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Biriktiruvchi  tо‘qimaning  hujayra  elementlari. 
Siyrak  biriktiruvchi  tо„qima 
hujayra  elementlari  quyidagi  hujayralardan:  fibroblast,  makrofag,  plazmatik 
(plazmotsit), tо„qima bazofili (semiz hujayra), peritsit, retikulyar, adipotsit (lipotsit 
yoki  yog„  hujayra),  pigment,  endoteliy  va  adventitsial  hujayralardan  iborat. 
Bulardan  tashqari,  biriktiruvchi  tо„qimada  qon  orqali  о„tgan  qon  shaklli 
elementlari (leykotsitlar) ham uchraydi (66- rasm). 
 
 
66- rasm. Biriktiruvchi tо„qimalarning ayrim hujayralari. 1–fibroblast; 2–plazmatik 
hujayra; 2– hujayra bazofili; 4–retikulyar hujayralar; 5–pigment hujayra; 6 –peritsit; 7–endoteliy 
hujayralari; 8–makrofag; 9–kam defferensiallashgan hujayra; 10– limfotsitlar;                                           
11–yog„ hujayralar; 12–kollagen tolalar; 13–elastik tolalar. 
 
Fibroblastlar  (lat.  fibra–  tola,  yunon.  blastos–  kurtak)  biriktiruvchi 
tо„qimaning asosiy hujayra elementlaridan hisoblanadi. Fibroblast yirik (20 mkm 
ga yaqin) notо„g„ri shakldagi hujayra bо„lib, qobig„i bir talay uzun о„simtalar hosil 
qiladi.  Sitoplazma  chegarasi  faqat  elektron  mikroskopdagina  aniq  kо„rinadi. 
Fibroblast  sitoplazmasida  ikki  qism:  tashqi  –  ektoplazma  va  ichki  –  endoplazma 


204 
 
tafovut qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat bо„lib, ochroq bо„yaladi. 
Endoplazma  esa  yadro  atrofidagi  hujayra  organoidri  va  kiritmalari  joylashgan 
tо„qroq bо„yalgan qismdir. 
Fibroblast  yadrosi  yirik,  chо„zinchoq  shaklda  bо„lib,  о„zida  asosan  mayda 
euxromatin  tutadi.  Kam  differensiallashgan  fibroblastlar  yadrosida  bir  yoki  bir 
nechta  yadrocha  uchraydi.  Hujayra  differensiallanishi  davomida  yadrochalar 
yо„qolib  boradi.  Hujayra  sitoplazmasining  submikroskopik  tuzilishi  ham 
differensiallanish  darajasiga  bog„liqdir.  Kam  differensiallashgan  fibroblastlarda 
hujayra  organoidlari  hali  unchalik  taraqqiy  etmagandir.  Differensiallanish 
davomida fibroblastlar sintez qobiliyatiga ega bо„lgan aktiv hujayralarga aylanadi. 
Sitoplazmada  juda  yaxshi  rivojlangan  endoplazmatik  tо„r,  Golji  kompleksi, 
mitoxondriyalarni, lizosomalarni kо„rish mumkin (67- rasm). 
 
67-rasm. Fibroblast hujayrasining bir qismi. Elektron mikrofotogramma.
 
1–yadro;                       
2 – mitoxondriya; 3–sitoplazmadagi kollagen tolalar. 
 
Gistokimyoviy analiz hujayra sitoplazmasida mukopolisaharidlar kompleksi, 


205 
 
glikogen, ribonukleoproteid va fermentlar borligini kо„rsatdi
 
Fibroblastlar  sitoplazmasida,  asosan,  soxta  oyoqlarda  (psevdopodiylarda) 
diametri  6–7  nm  mikrofibrillalar  yoki  qisqaruvchi  ipchalar  joylashadi.  Hujayra 
sitoplazmasida  mikronaychalar  ham  bо„lib,  ularning  diametri  20–25  nm  ga  teng. 
Mikronaychalar  hujayra  yuzasining  turg„unligini  belgilaydi.  Fibroblastlar  oddiy 
sharoitda  harakatsiz  bо„lib,  faqat  muayyan  sharoitlardagina  harakat  qila  oladi. 
Hujayra  sitoplazmasi  pufakchalarga  boy,  ular  asosan  hujayra  qobig„i 
invaginatsiyasi  hisobiga  hosil  bо„ladi  va  pinotsitoz  vazifasini  bajarishi  mumkin. 
Fibroblast  sitoplazmasida  lipid  donachalar,  multivezikulyar  tanachalar  va  hatto 
miyelin  tuzilmalar  ham    uchrab  turadi.  Biriktiruvchi  tо„qimada  turli  darajada 
yetilgan fibroblast hujayralari uchrashi mumkin. Ular kam differensiallashgan yosh 
fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va fibrotsitlarni о„z ichiga oladi. Yosh fibroblastlar 
mitoz  yо„li  bilan  kо„payish  qobiliyatiga  ega  bо„lib,  ularda  oqsil  sintezi  sust 
darajada bо„ladi. Funksional jihatdan eng aktiv hujayralar bо„lib, yetuk fibroblast-
lar  hisoblanadi.  Ular  biriktiruvchi  tо„qimaning  hujayra  oraliq  moddasini  ishlab 
chiqaruvchi  asosiy  hujayralardir.  Bu  hujayralar  sitoplazmasida  fibrillyar  oqsillar 
(kollagen,  elastin),  sulfatlangan  va  sulfatlanmagan  glikozaminoglikanlar, 
proteoglikanlar  sintezlanadi  va  hujayra  oraliq  muhitiga  chiqariladi.  Biriktiruvchi 
tо„qimada tolalar va asosiy modda hosil bо„lishi, jarohatlarning, yaralarning bitishi 
va chandiq hosil bо„lishi,  tо„qimaga tushgan  yot  tanachalar  atrofida  kapsula  hosil 
bо„lishi  –  bularning  hammasi  yetuk  fibroblastlar  faoliyatining  natijasidir. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish