Leykotsitlar.
Bu atama yunoncha leikos sо„zidan kelib chiqqan bо„lib, oqish
demakdir. Leykotsitlar yoki oq qon tanachalari tuzilishi va vazifalari turlicha
bо„lgan hujayralar gruppasini tashkil etadi. Barcha leykotsitlar о„z
sitoplazmasidagi maxsus donachalarga qarab ikki katta gruppaga ajratiladi:
1) donador leykotsitlar yoki granulotsitlar, 2) donasiz leykotsitlar yoki
agranulotsitlar. Granulotsitlar ularning donachalari qaysi bо„yoqlar bilan
bо„yalishiga qarab neytrofillarga (ham kislotali, ham ishqoriy bо„yoqlarni qabul
qiluvchi donachalari bor leykotsitlar), eozinofillarga (faqat kislotali bо„yoqlar bilan
bо„yaluvchi donachalarga ega leykotsitlar) va bazofillarga (faqat ishqoriy
bо„yoqlar bilan bо„yaluvchi donachalarga ega leykotsitlar) bо„linadi.
Agranulotsitlar esa kelib chiqishi, tuzilishi va funksional belgilariga qarab ikki
gruppaga – limfotsitlarga va monotsitlarga bо„linadi.
Fiziologik sharoitlarda sog„lom odamda leykotsitlarning soni 1 mm
3
qonda
3800–9000 ga teng. Leykotsitlar sonining kо„payib ketishi leykotsitoz deb atalib,
187
organizmda turli xil yallig„lanish jarayonlari rо„y berganda kuzatiladi. Bundan
tashqari, jismoniy mehnat jarayonida, homiladorlik vaqtida va ovqatdan sо„ng ham
leykotsitlar sonining oshib ketishi yuz berib, bu holat fiziologik leykotsitoz
deyiladi.
Leykotsitlar organizmda turli-tuman vazifalarni bajaradi, shular jumlasidan
trofik va himoya vazifalarini qayd qilib о„tmoq zarur.
Leykotsitlarning himoya vazifasi yot zarrachalarni (antigenlarni) fagotsitoz
qilish va yemirish, ularga qarshi maxsus oqsillar (antitelolar) ishlab chiqarish va
nihoyat, yot hujayralarga ta‟sir etib, о„ldirishni о„z ichiga oladi. Mikroorganizmlar
va yot zarrachalar leykotsitlar (asosan, neytrofillar va monotsitlar) tomonidan
yutilgandan sо„ng gidrolitik fermentlar ta‟sirida parchalanadi (nospetsifik yoki
umumiy immunitet). Ayrim hollarda esa dastlab leykotsitlar yemirilib, natijada,
tashqi muhitga chiqqan gidrolitik fermentlar mikroorganizmlarni parchalashda
ishtirok etadi. Leykotsitlar (asosan V-limfotsitlar) organizmga kirgan antigenlar
ta‟siriga javoban antitelolar ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi (gumoral
immunitet). Leykotsitlar (asosan T-limfotsitlar) yot hujayralarning о„limini
ta‟minlaydi (hujayraviy immunitet).
Granulotsitlar.
Barcha granulotsitlarning umumiy tuzilishi bir-biriga
о„xshaydi (maxsus donachalari bundan mustasno). Ular yumaloq bо„lib, yadrosi
bir necha alohida bо„laklarga (segmentlarga) bо„lingan. Xromatin zichlashgan
bо„lib, asosan yadroning chekka qismida joylashadi. Elektron mikroskop ostida
granulotsitlar hujayra qobig„ining kо„p sonli psevdopodiyalari hisobiga notо„g„ri
shaklda ekanligi kо„rinadi. Hujayra organoidlari kam sonli: sitoplazma bо„ylab bir
tekisda tarqoq joylashgan mayda mitoxondriyalar va endoplazmatik tо„r
pufakchalari kо„rinadi. Sitoplazmaning asosiy qismini esa bir-biridan farq qiluvchi
maxsus donachalar egallab yotadi.
Neytrofillar.
Ular yumaloq shaklga ega bо„lib, diametri qonda 7–9 mkm,
qon surtmalarida esa yapaloqlashib 10–13 mkm gacha yetadi. Neytrofillar
leykotsitlar ichida eng kо„p sonli bо„lib, ular umumiy miqdorining 65–70 foizini
tashkil etadi.
188
Romanovskiy usuli bilan bо„yalganda neytrofillar sitoplazmasi och oksifil
bо„lib, unda kо„p sonli kо„kish-pushti rangli mayda donachalar kо„rinadi. Elektron
mikroskop ostida neytrofillarning donachalari asosiy ikki xildan– birlamchi
(azurofil) va ikkilamchi (maxsus) donachalardan iborat ekanligi aniqlangan (59-
rasm). Birlamchi donachalar yirikroq (0,4–0,8 mkm diametrga) va katta elektron
zichlikka ega. Ikkilamchi donachalar elektron zichligi kamroq va о„lchamlari ham
nisbatan kichikroqdir (0,2–0,5 mkm). Shuni ta‟kidlab о„tish kerakki, neytrofil
hujayralarining suyak kо„migidagi taraqqiyoti davomida birlamchi donachalarning
soni kamayib boradi va ular yetuk neytrofillarda umumiy donachalar sonining
faqatgina 10–15% ga yaqin qismini tashkil etadi.
59-rasm. Neytrofilning ultramikroskopik tuzilishi (sxema).
1–yadro segmentlari;
2–sitoplazma; 2.1,2.2- spetsifik donachalar; 2.3 –soxta oyoqlar.
Elektron mikroskopik, sitoximik va bioximik usullar yordamida mazkur
donachalar bir- biridan о„z kimyoviy tarkibi bilan tubdan farq qilishi aniqlangan.
Birlamchi donachalar о„z tarkibida bir gator gidrolitik fermentlar, jumladan,
kislotali fosfataza, v-glyukuronidaza, arilsulfataza, proteaza va miyeloperoksidaza
saqlaydi. Ikkilamchi donachalarning tarkibi boshqacharoq bо„lib, ularda asosan
ishqoriy fosfataza bо„ladi, kislotali fosfataza va miyeloperoksidaza esa
uchramaydi. Ularga xos bо„lib laktoferrin, kationli oqsillar, lizotsim va boshqa
mikroblarga qarshi xizmat qiluvchi moddalar hisoblanadi. Neytrofillar tashqi
189
tomondan qalinligi 10 nm va kо„p sonli yolg„on oyoqlari (psevdopodiylar) tufayli
notekis bо„lgan hujayra qobig„i bilan о„ralgandir. Kо„p sonli psevdopodiylarning
bо„lishi neytrofillarning aktiv harakat qilish qobiliyatiga ega ekanidan dalolat
beradi.
Leykotsitlar umumiy sonining mutloq kо„pchiligini (60– 65%) segment
yadroli yetuk neytrofillar tashkil etadi. Yetuk neytrofillar yadrosi kо„pincha 3–4 ta
alohida bо„laklardan (segmentlardan) iborat bо„lib, bu bо„laklar ingichka
kо„prikchalar yordamida о„zaro tutashib turadi. Xromatin asosan yadro chekkasida
tо„plangan bо„lib, yadro markazida esa siyrak joylashadi.
Neytrofillarning bir qismi (2–4%) egilgan tayoqcha yoki «S» shaklida yadro
tutadi va tayoqcha yadroli neytrofillar deb ataladi. Yosh neytrofillar yoki
metamiyelotsitlar deb ataluvchi neytrofillar loviyasimon yoki taqasimon, xromatini
tarqoq yadroga ega. Bu neytrofillar fiziologik sharoitlarda periferik qonda ham
uchrab, ularning miqdori 0,5% dan oshmaydi. Tayoqcha yadroli va yosh
neytrofillar sonining kо„payib ketishi muhim diagnostik ahamiyatga ega,
ayollarning yetuk neytrofillarida maxsus xromatin tanachalari yoki Barr
tanachalari uchraydi. Ular yadro qobig„i ostida baraban tayoqchasi yoki
uzilayotgan tomchi shaklida bо„ladi. Barr tanachalari XX xromosomaga ega
bо„lgan kishilarda, ya‟ni faqat ayollar neytrofillaridagina bо„lib, erkaklarda bitta
X-xromosoma bо„lganligi sababli uchramaydi. Barr tanachalari yoki jinsiy
xromatinning bо„lishi sud-meditsina tajribasida muhim ahamiyatga ega.
Neytrofillar aktiv harakat qilish qobiliyatiga ega bо„lib, organizmning yallig„lanish
jarayoni va tо„qimalar yemirilishi sodir bо„layotgan joylariga yetib boradi. Bu
yerda neytrofillar yot zarrachalar, mikroblar va yemirilgan hujayra bо„laklarini
fagotsitoz qiladi. Shu xususiyati tufayli neytrofillarni mikrofaglar ham deb ataladi.
Neytrofillarning muhim xususiyatlaridan biri ularning bazal membranadan va
hujayra elementlari orasidan о„tib, biriktiruvchi tо„qimaning asosiy moddasi tomon
siljish
qobiliyatidir.
Yuqorida
kо„rsatib о„tilganidek, neytrofillar о„z
sitoplazmasida qator gidrolitik fermentlarni saqlaydi. Bulardan tashqari,
neytrofillarda 5 ga yaqin bakteritsid (mikroorganizmni yemiruvchi) oqsil
190
moddalar, jumladan, fagotsitin, opsonin va boshqalar topilgan. Neytrofillarda
glikogen va bir qator aminokislotalarning bо„lishi ularning modda almashinuv
jarayonlarida aktiv ishtirok etishidan dalolat beradi. Bulardan tashqari,
neytrofillarda maxsus moddalar–keylonlar bо„lib, ular granulotsitlarning
proliferatsiya va differensialanish jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadi.
Neytrofillarning yashash muddati о„rta hisobda 10,2 sutkaga teng bо„lib, shundan
4 sutkasi suyak kо„migida о„tadi. Neytrofillar periferik qonda oz muddat (8–24
soat) bо„ladi. Tо„qimaga tushgach, ular qaytib tomirlarga о„tmaydi, tо„qimalarda
о„z vazifalarini ado etgach, yemiriladi. Neytrofillar miqdorining kо„payib ketishi –
neytrofilyoz turli xil yallig„lanish reaksiyalarida kuzatiladi. Bunday hollarda
kо„pincha tayoqcha yadroli va yosh neytrofillar foiz miqdorining kо„payishi, ya‟ni
leykotsitar formulaning chapga siljishi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |