N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Kо‘p qavatli epiteliy 
 
Kо„p  qavatli  epiteliy  asosan  himoya  funksiyasini  bajaradi,  shuning  uchun 
ham    u  tananing  kо„proq  tashqi  ta‟sirotlarga  uchraydigan  joylarini  qoplaydi.  U 
terining  yuzasini,  og„iz  bо„shlig„ini,  qizilо„ngach,  kо„zning  muguz  pardasini, 
buyrakiing kosachasi, siydik pufagi, siydik chiqaruv yо„li va qinni qoplaydi. Kо„p 
qavatli yassi epiteliy qavatma-qavat joylashgan hujayralardan tuzilgan, uning faqat 
bazal  qavatidagi  hujayralari  bazal  membranada  yotadi.  Kо„p  qavatli  epiteliy  3 
turga  bо„linadi:  1)  kо„p  qavatli  yassi  muguzlanmaydigan  epiteliy;  2)  kо„p  qavatli 
yassi muguzlanadigan epiteliy; 3) о„zgaruvchan epiteliy. 
Kо„p  qavatli  yassi  muguzlanmaydigan  epiteliy.  Bu  epiteliy  og„iz 
bо„shlig„ining  ichki  yuzasini,  qizilо„ngachning  shilliq  qavatini  va  kо„z  muguz 
pardasini  qoplaydi  (51-rasm).  U  quyidagicha  tuzilishga  ega.  Bazal  membrana 
ustida silindrsimon shakldagi bazal qavat hujayralari yotadi. Uning ustida bir necha 
qavat joylashgan kо„p qirrali hujayralarni kо„ramiz. Bu  
 
 
51- rasm. Kо„p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy.
 
1– yassi hujayralar qavati; 2 – 
tikanaksimon hujayralar qavati; 3– bazal hujayralar qavati; 4–bazal membrana; 5–biriktiruvchi 
tо„qima.
 
 
qavat  tikanaksimon  hujayralar  qavati  deb  yuritiladi.  Tikanaksimon  hujayralar 
orasida  hujayralararo  kо„prikchalar  mavjud.  Elektron  mikroskop  orqali 
tekshirilganda  bu  kо„prikchalar  sitoplazmatik  о„simtalardan  tashkil  topganligi 


173 
 
aniqlangan.  Bu  о„simtalar  bir-biriga  zich  tegib  turadi  va  bu  yerda  desmosomalar 
uchraydi.  Desmosomalar  hujayralarni  о„simtalar  orqali  о„zaro  bog„lab  turadi. 
Bazal  va  tikanaksimon  hujayralarning  sitoplazmasida  maxsus  organoidlar– 
tonofibrillalar joylashgan. 
Tonofibrillalar  ingichka  (5–6  nm)  tonofilamentlardan  tashkil  topgan  bо„lib, 
oqsil  tabiatiga  ega.  U  bazal  hujayralarda  epiteliy  yuzasiga  perpendikulyar,  yuqori 
qavat hujayralarida hujayra yuzasiga parallel yotadi va ularda tayanch funksiyasini 
bajaradi.  Epiteliyning  eng  yuza  qavatida  yassilashgan  hujayralar  joylashgan.  Bu 
hujayralar  о„zining  hayot  siklini  tugatib  muguzlanmay  tushib  ketadi,  shuning 
uchun ham  bu muguzlanmaydigan epiteliy deyiladi.
 
Kо„p  qavatli  yassi  muguzlanuvchi  epiteliy.  Bu  epiteliy  terining  epidermis 
qavatini  tashkil  qiladi.  U  bir  necha  qavat  joylashgan  hujayralardan  tuzilgan. 
Morfofunksional  xususiyatlariga  qarab  5  ta  qavat  tafovut  qilinadi:  bazal  qavat, 
tikanaksimon hujayralar qavati, donador, yaltiroq va muguz qavatlar (52-rasm). 
 
 
52-rasm. Kо„p qavatli yassi 
muguzlanuvchi epiteliy. 
1- muguz qavat; 2–yaltiroq 
qavat; 3 – donador hujayralar qavati;      
4 – tikanaksimon hujayralar qavati;               
5–bazal qavat; 6 – bazal membrana;                
7 – ter bezining chiqaruv yо„li;                      
8–biriktiruvchi tо„qima. 
 
 
 
 
 
Bazal 
va 
tikanaksimon 
hujayralar 
qavati 
kо„p  qavatli  yassi 
muguzlanmaydigan  epiteliydagi  birinchi  va  ikkinchi  qavatlarning  tuzilishiga 


174 
 
о„xshaydi.  Donador  qavat  sitoplazmasi  keratogialin  donachalarini  tutuvchi  yassi 
hujayralardan  tashkil  topgan.  Keratogialin  fibrillyar  oqsil  bо„lib,  u  keyinchalik 
keratinga aylansa kerak. 
Yaltiroq  qavat  asosan  kaft  va  tovon  terisida  uchraydi.  Bu  qavat  yadro 
tutmagan,  sitoplazmasi  oqsil  modda  –  eleidin  bilan  tо„lgan  3–4  qavat  yassi 
hujayralardan  iborat.  Eleidin  yaxshi  bо„yalmaydi,  lekin  kuchli  nur  sindirish 
xususiyatiga ega. Shuning uchun hujayralar chegarasi aniq bilinmaydi va bu qavat 
preparatda  rangsiz  yaltiroq  tasma  holida  kо„rinadi.  Yaltiroq  qavat  hujayralari 
muguz tangachalar hosil bо„lishidagi bir holatdir. 
Muguz  qavat  yassi  muguz  tangachalardan  iborat.  Ularning  tarkibida  havo 
pufakchalari 
va 
muguz 
modda-keratin 
bо„ladi. 
Hujayralarning  muguz 
tangachalariga aylanishi ularning nobud bо„lishi bilan boradi. Yadro va sitoplazma 
organoidlari  parchalanadi,  yaltiroq  qavat  bor  joyda  eleidindan,  boshqa  qismlarda 
esa tonofibrilla materialidan keratin hosil bо„ladi. Yassi muguz tangachalar doimo 
tushib,  uning  о„rniga  pastki  qavatdagi  hujayralar  siljib  keladi.  Buning  hisobiga 
epiteliy doimo tiklanib turadi. Bazal va tikanaksimon hujayralar bо„linib, kо„payib 
differensiallashadi hamda muguzlanish jarayoniga uchraydi va tushib ketadi, uning 
о„rnini boshqa hujayralar tо„ldiradi. Bu jarayon fiziologik regeneratsiya deyiladi. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish