Epiteliy tо‘qimasining umumiy harakteristikasi va klassifikatsiyasi
Epiteliy tо„qimasi chegaralovchi tо„qima bо„lib, tana yuzasini, hazm qilish
nayining, nafas va siydik chiqarish yо„llarining ichki yuzasini qoplab turadi. Jigar,
me‟da osti bezi va shuningdek organizmdagi boshqa kо„pgina bezlarning tarkibiga
kiradi. Seroz pardalar ham epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy tо„qimasi himoya,
sekretor, sо„rish va ekskretor funksiyalarni bajarishga moslashgan. U ichak
bо„shlig„ida fermentlar ta‟sirida parchalangan oqsil, uglevod, yog„lar monomerlar
holida hamda suv va mineral tuzlar ximus tarkibidan ichak epitelial hujayralari
orqali qon yoki limfaga sо„riladi. Modda almashinish natijasida hosil bо„lgan
qoldiq mahsulotlar ham epiteliy hujayralari orqali organizmdan tashqariga
chiqariladi (ekskretsiy.) Ekskretsiya asosan о„pkada (karbonat angidrid va qisman
suv ajraladi), buyrakda (mochevina, siydik kislotasi ajraladi), terida (ter bilan suv
va 5–10% mochevina ajraladi) kechadi.
Epiteliy tо„qimasi chegara tо„qima bо„lganligi uchun u о„zining ostida
164
joylashgan tо„qimalarni turli ta‟sirlardan (kimyoviy, mexanik) himoya qiladi.
Jarohatlanmagan teri epiteliysi turli zararli moddalarni va mikroblarni
о„tkazmaydi. Epiteliy tо„qimasi sekret ishlab chiqarish qobiliyatiga ham ega.
Me‟da shilliq qavatini qoplovchi epiteliy tо„qimasining mahsuloti me‟dani
mexanik va kimyoviy ta‟sirlardan saqlasa, me‟da-ichak nayi bо„ylab joylashgan
epiteliy hujayralari esa oziq moddalarning parchalanishida va sо„rilishida muhim
о„rin tutadi.
Epiteliy tо„qimasi homila taraqqiyotida har uchala homila varaqlaridan
(ekto-, ento- va mezodermadan) hosil bо„ladi. Ilk bor hosil bо„lgan epiteliy
hujayralari homilaning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi. U orqali homila va
ona organizmi о„rtasida modda almashinishi ta‟minlanadi.
Epiteliy tо„qimasining kelib chiqishi va bajaradigan funksiyalarining har xil
bо„lishiga qaramasdan, boshqa tо„qimalardan farq qiladigan umumiy belgilari ham
mavjud.
1. Epiteliy tо„qimasi zich joylashgan plast holidagi hujayralar tо„plamidan
iborat, hujayralararo modda deyarli bо„lmaydi.
2. Epiteliy tо„qimasi doimo bazal membranada yotadi.
3. Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashganligi uchun ular qutbli
differensiallash xususiyatiga ega. Epiteliy hujayralarining apikal va bazal qismlari
tafovut etilib, bu qismlar tuzilishi va funksiyasi bilan bir- biridan farq qiladi.
4. Epiteliy tо„qimasida qon tomirlar bо„lmaydi, hujayralar bazal membrana
orqali biriktiruvchi tо„qimadan diffuz yо„l bilan oziqlanadi.
5. Epiteliy tо„qimasi yuqori darajada qayta tiklanish xususiyatiga ega.
Epiteliy kelib chiqishi, tuzilishi va funksiyasi jihatidan bir necha marta
klassifikatsiya qilingan, shulardan keng tarqalganlari morfofunksional va
filogenetik klassifikatsiyalardir.
Filogenetik klassifikatsiya bо„yicha epiteliy tо„qimasi 5 ga bо„linadi: 1) teri
epiteliysi; 2) ichak epiteliysi; 3) buyrak epiteliysi; 4) selomik epiteliy; 5)
ependimoglial epiteliy.
Terining epiteliy tо„qimasi kо„p qavatli bо„lib, himoya funksiyasini bajaradi.
165
Ichakning epiteliy tо„qimasi bir qavatli bо„lib, himoya va sо„rish funksiyasini
о„taydi. Buyrakning epiteliy tо„qimasi bir qavatli bо„lib, modda almashinuvida
hosil bо„lgan organizm uchun kerak bо„lmagan oxirgi mahsulotlarning
chiqarilishida ishtirok etadi. Selomik epitelial tо„qima seroz bо„shliqlarni
qoplashdan tashqari, jinsiy hujayralarning hosil bо„lishida ham qatnashadi.
Ependimoglial epitelial tо„qima nerv naychasidan rnvojlanib, sezgi organlari
tarkibiga kiradi, miya qorinchalarini va orqa miya kanalining devorini qoplaydi.
Morfofunksional klassifikatsiya bо„yicha epiteliyning quyidagi turlari
farqlanadi:
Epiteliy doimo bazal membranada joylashadi. Bazal membrana yoki bazal
plastinka epiteliy va biriktiruvchi tо„qima orasida joylashuvchi parda bо„lib,
qalinligi 80–100 nmga teng. U karbonsuvdan, oqsil, glikozaminoglikan va
kollagen tolalardan tashkil topgan.
Epiteliy tо„qimasi hujayralarining bazal membrana bilan munosabatiga
qarab bir va kо„p qavatli bо„ladi. Bir qavatli epiteliy hujayralarining barchasi bazal
plastinka bilan bevosita bog„langan. Kо„p qavatli epiteliyda esa bazal plastinkaga
faqat pastki qavat hujayralari tegib turadi. Bir qavatli epiteliy о„z navbatida bir
qatorli va kо„p qatorli bо„ladi. Bir qatorli epiteliyda hamma hujayralar bir xil
balandlikka ega bо„lib, ularning yadrolari bir tekislikda joylashadi. Kо„p qatorli
epiteliyda hamma hujayralar bazal membranaga tegib tursa ham, ular bir xil katta-
kichiklikda emas va yadrolari turli tekislikda yotadi. Kо„p qavatli yassi epiteliy
muguzlanuvchi va muguzlanmaydigan bо„ladi. Yuqori qavat hujayralari muguz
tanachalarga aylanuvchi kо„p qavatli epiteliy muguzlanuvchi epiteliy deb ataladi.
Muguzlanish jarayoni kechmaydigan, ya‟ni muguz tangachalar hosil bо„lmaydigan
kо„p qavatli epiteliy muguzlanmaydigan epiteliy deb ataladi. Kо„p qavatli
epiteliyning maxsus turi о„zgaruvchan epiteliydir. Bu epiteliy ba‟zi a‟zolarning (m:
siydik qopchasi) devorining chо„zilgan yoki chо„zilmaganligiga qarab о„z
kо„rinishini о„zgartirib turadi va shuning uchun ham о„zgaruvchan epiteliy deb
ataladi.
Epiteliy tо„qimasining hujayralari turli xil shaklda bо„ladi. Masalan, yassi,
166
kubsimon, silindrsimon va maxsus tuzilmalari bilan boshqa tо„qimalarning
hujayralaridan farqlanib turadi. Hujayralarning differensiallanishi natijasida max-
sus tuzilmalar paydo bо„ladi. Epiteliy tо„qimasining maxsus tuzilmalariga:
hilpillovchi kiprikchalar, ichak enterotsit hujayralarining mikrovorsinkalari va
xivchinlar kiradi. Bu maxsus tuzilmalarning tuzilishi va funksiyasini har bir
epiteliyni о„rganish davomida kо„riladi.
Epiteliy tо„qimasi hujayralariniig sitoplazmasida xususiy organoid
tonofibrillalar uchraydi. Hujayralarning yon yuzasida desmosomalar va ularning
birlashtiruvchi plastinkasiga tegib yotuvchi tonofibrillalar joylashadi.
Epiteliy hujayralarining tuzilishi. Epiteliy hujayralarining sitoplazmasida
shakli va qaysi organda joylashganligidan qat‟i nazar umumiy va maxsus
organoidlar bо„ladi. Hujayra yadrosining shakli hujayraning shakliga bog„liq
bо„lib, kо„pincha, dumaloq, oval va yassi bо„ladi.
Mitoxondriyalar kalta tayoqcha shaklida bо„lib hujayra yadrosi atrofida
Epiteliy to„qimasi
Bir qavatli epiteliy
Bezlar
Ko„p qavatli epiteliy
Bir qatorli
ko„p qavatli
Bir qatorli
bir qavatli
Kubsimon
Yassi
Silindirsimon
Muguzlanmaydigan
Muguzlanadigan
O„zgaruvchan
167
joylashadi. Oqsil sintezida ishtirok etadigan hujayralarda donador endoplazmatik
tо„r yaxshi rivojlangan bо„lib, kо„pincha hujayraning bazal qismida va yadro
atrofida joylashadi. Sekretsiya jarayonida qatnashadigan hujayralarda Golji
kompleksi kuchli rivojlangan bо„lib, hujayra yadrosining ustida yotadi. Epiteliy
hujayralari bazal membranada joylashganligi sababli, ularda ikkita qutb tafovut
qilinadi; bazal va apikal qutblar. Bu ikkala qutblar tuzilish jihatidan bir-biridan
farq qiladi. Apikal qismi turli maxsus tuzilmalar (mikrovorsinkalar, kiprikchalar)
bо„lganligi va turli sekretor kiritmalarning mavjudligi bilan bazal qismdan
farqlanib
;
turadi.
Epiteliy tо„qimasining hujayralari о„zaro desmasomalar, interdigitatsiya va
sementlovchi modda yordamida bog„lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |