75
nasining ishlash usulini eslatadi. Hujjatlarning alohida varaqlari
shunday qurilma orqali tortiladi, shu bilan birga ularni skanerlash
amalga oshiriladi. Shunday qilib, skanerlash moslamasi o‘z joyida
turadi, qog‘oz esa unga nisbatan harakat qiladi.
Stol usti skanerlarining uchinchi turi – proeksion skanerlar
bo‘lib, ular ko‘proq o‘ziga xos bo‘lgan proeksiyalash apparatini
(yoki foto kattalashtirgichni) eslatadi. Kiritilayotgan hujjat tasviri
yuqoriga qaragan holda qo‘yiladi, bunda skanerlash bloki ham
yuqorida joylashgan bo‘ladi. Faqat skanerlovchi qurilma harakatda
bo‘ladi. Ushbu skanerlarning asosiy xususiyati uch o‘lchamli
proeksiyalarni skanerlash imkoniyatining mavjudligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: