asosiy xotira hajmi.
Asosiy xotira saqlash qurilmalarining
ikki turidan tashkil topgan:
– doimiy xotira qurilmasi DXQ (ROM – Read Only
Memory), konstantalar va noma’lum boshqaruv dastur-
larini saqlashga mo‘ljallangan, bunda axborot DXQdan
faqat o‘qiladi;
– tezkor xotira qurilmasi TXQ (RAM – Random Access
Memory), axborotlarga ishlov beruvchi dasturlar ko‘rinishi-
dagi axborotni yozish, saqlash va o‘qish uchun mo‘ljallangan.
Asosiy xotiraning afzalligi uning yuqori tezligi va saqlash
matritsasining har bir xotira yacheykasiga murojaat qila olish
imko niyatidir. Asosiy xotira hajmi foydalanilayotgan protsessor
turiga va uning so‘z uzunligiga bog‘liq, bu kompyuterning
manzil maydoni deb ataladi. Dastlabki Intel 8086 protsessor
asosidagi shaxsiy kompyuterlarda manzil maydoni 10
6
baytni,
keyingi Intel 80486 protsessor asosidagi ShK larning manzil
maydoni 4 · 10
9
baytni va Pentium IV protsessor asosidagi ShK
modellarida bu maydon 64 · 10
9
baytni tashkil etadi.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |