Qattiq magnit diskdagi jamlagich (HDD-Hard Disk Drive) –
kompyuterlarning diskli xotirasining asosiy qurilmasi hisoblanadi.
USB – tashqi qurilmalar uchun mo‘ljallangan universal ketma-ket shina.
Kesh-xotira – bu buferli, foydalanuvchi kira olmaydigan tezkor
xotira bo‘lib, u tezligi nisbatan past bo‘lgan xotira qurilmalarida saqla-
nuvchi axborot va operatsiyalarni jadallashtirish uchun kompyuter to-
monidan avtomatik tarzda ishlatiladi.
Mikrodasturli boshqaruv qurilmasi (MBQ) mashinaning
barcha bloklariga zarur vaqtda bajarilayotgan operatsiyalarning
spetsifikatsiyalari va oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari bilan
shartli belgilangan boshqarish signallarini shakl lantiradi va uzatadi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) sonli va simvolli axborot ustida
barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.