Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
EXIT WITHOUT SAVING (O‘zgarishlarni saqlamasdan
chiqish). Bu buyruq SETUP vositalarining ishini kiritilgan
o‘zgarishlarni saqlamasdan tugatadi. Bu buyruqning ekvivalenti
menyuning yuqori pog‘onasida klaviaturadan ESC tugmasini
bosishdir.
SETUP vositalariga bo‘ysunadigan sozlashlar energiyaga
bog‘liq bo‘lmagan xotirada saqlanadi. Ular uchun ajratilgan
soha
ESCD (Extended Static Configuration Data – tizimli kon-
figuratsiyaning kengaytirilgan ma’lumotlari) deb nomlanadi. Bu
ma’lumotlardan boshlang‘ich yuklanish vaqtida tizimli plataning
kontrollerlarini qayta dasturlash uchun foydalaniladi.