91
Qattiq siyohli printerlar turiga termik bosma texnologiyasiga
tegishli sublimatsion printerlar kiradi. Bunda
bosmaga chiqa-
rilgan tasvirning optimal sifati nuqtalarning qog‘ozga
aniq va
to‘g‘ri tushirilishi hisobiga emas, balki qo‘shni
nuqtalarning ara-
lashmasi, bir-birlariga ustma-ust tushirilishi evaziga erishiladi.
Sublimatsiyali printerlarda asosan to‘rt
qatlamli tasmali
kartridjlar qo‘llaniladi. Maxsus rolikda uchta asosiy
rang va
himoya qatlami tushirilgan tasma joylashtirilgan. Printer
ketma-
ket tasmaning har bir rangli qatlamini qizdiradi va siyohlar
bug‘lanib, fotoqog‘ozga tushadi. Bosmaning ishlatilish chog‘ida
rangli qatlamlar o‘chib ketmasligi uchun siyohlar ustiga himoya
qatlami yotqiziladi.
Sublimatsiyali printerlar ixcham va oddiy bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: