Foydalanuvchining
muloqat vositalari
tarkibiga quyidagilar
kiradi:
– videomonitor (videoterminal, displey) – ShKga
kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni ekranda aks
ettiruvchi qurilma;
– nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari – tez rivojlanib bora-
yotgan multimedia vositalari.
Kiritish qurilmalariga
quyidagilar kiradi:
– klaviatura – ShKga sonli, matnli va boshqaruv axborotlarni
qo‘lda (tugmalar yordamida) kiritish qurilmasi;
– grafik planshetlar (digitayzerlar) – planshet yuzasida
maxsus ko‘rsatgichni (qalam) harakatlantirish yo‘li bilan
grafik axborotni qo‘lda kiritish qurilmasi;
– skanerlar (o‘qish avtomatlari) – qog‘ozli va plonkali tashuv-
chilardan avtomatik tarzda o‘qish uchun va mashina
yozuvidagi matnlarni, tasvirlarni, rasmlarni, chizmalarni
ShKga kirituvchi qurilma;
– sensorli ekranlar – ShK ga displey ekranidagi tasvirning
alohida elementlari, dasturlarni yoki buyruqlarni kiritishga
mo‘ljallangan qurilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |