lazerli printer
Canon lBP-2900.
lazerli printerlar
. Lazerli print-
erlar bosmaning fotosurat sifatiga yaq-
in bo‘lgan ancha yuqori sifatga ega.
Bunday apparat ichida (5.8-rasm)
baraban joylashgan, bu barabanga
bosib chiqarilishi kerak bo‘lgan tasvir
yoki matnga tegishli elektr zaryad
yo‘naltiradi.
Bu zaryad o‘ziga tonerni torta di
(toner – maxsus kukun, printer mo-
deliga qarab – qora yoki rangli).
So‘ngra bu kukun qog‘oz varag‘iga (yoki oraliq axborot
tashuvchiga, so‘ngra qog‘ozga) o‘tkaziladi. Tasvir qog‘oz
varag‘idan to‘kilib ketmasligi uchun toner qog‘ozga mah-
kamlaydigan maxsus isitgich orqali o‘tkaziladi. Shuning hisobiga
bosma jarayoni uzoq vaqt davom etganda noxush hid paydo
bo‘ladi. Umuman, nafaqat maxsus isitgich o‘zidan noxush xid
chiqaradi, balki lazerli printerlar ishlash jarayonida zararli ozon
gazi ajratadi.
95
5.9-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |