Iste’mol quvvati
zanjirlarda +5 V va +12 V iste’mol qilinadigan
cho‘qqi va nominal toklari bilan aniqlanadi. Zanjirda iste’mol
qilish cho‘qqisi +12 V shpindel dvigateli aylanishida vujudga
keladi. Agar kompyuterning elektr manba bloki bu cho‘qqini
ko‘tara olmasa (masalan, bir necha vinchesterlarni bir vaqtda
ishga tushirilganda) kuchlanish «o‘tirib qoladi», u holda shpindel
talab etilgan vaqtda nominal tezlikka o‘ta olmaydi va uni
kontroller to‘xtatadi. Motorni «yurgizishga» urinishi takrorlanishi
mumkin, bu unga xos bo‘lgan tovushdan ham ma’lum. Yuqori
tezlikli vinchesterlar uchun issiqlik ajratilishini hisobga olish
kerak, chunki ular uchun maxsus ventilator talab etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |