37
o‘zining adapteriga ega. PCI ning taktlash chastotasi – 33 MHz,
razryadligi 64 bitgacha kengaytirish imkoni bilan ma’lumotlar
uchun 32 razryad va manzillar uchun 32 razryadni tashkil qiladi.
O‘tkazish xususiyati nazariy 132 Mbayt/s, 64-bitli variantda
esa 264 Mbayt/s. PCI lokal shinasining 2.1 modifikatsiyasi 66
MHz gacha taktlash chastotasida ishlaydi va 64 razryadlida
528 Mbayt/s gacha o‘tkazish xususiyatiga ega.
Plug and Play,
Bus Mastering va adapterni avtokonfiguratsiyalash ish tartibini
qo‘llash amalga oshirilgan.
Bitta PCI shinasida to‘rtta qurilmadan (slotlardan) ortiq
bo‘lishi mumkin emas. PCI shinasining ko‘prigi (PCI Bridge) –
bu PCI shinasini boshqa shinalarga ulashning apparat vositasidir.
Host Bridge, ya’ni asosiy ko‘prik PCI ni tizim shinasiga
(protsessor shinasi yoki protsessorlar) ulash uchun ishlatiladi.
Peer-to-Peer Bridge – bir rangli ko‘prik – ikkita PCI shinasini
ulash uchun ishlatiladi. Ikkita va undan ko‘p
PCI shinasi kuchli
shimoliy platformalarda qo‘llaniladi, chunki qo‘shimcha PCI
shinasi ulanadigan qurilmalar sonini oshirish imkonini beradi.
PCI shinasi hamma almashuvni paket ko‘rinishida izohlaydi:
har bir kadr manzil fazasidan boshlanadi, bu faza izidan bir
yoki bir nechta ma’lumotlar fazasi kelishi mumkin. Paketda
ma’lumotlar fazasi soni noma’lum, ammo qurilmaning shinadan
foydalanishining maksimal vaqtini aniqlovchi taymer bilan
cheklangan. Har bir qurilma shaxsiy taymeriga ega.
Har bir almashuvda ikkita qurilma –
almashuv tashkilotchisi
(Inisiator) va maqsadli qurilma (Target) qatnashadi. Shinadan foyda-
lanishga bo‘lgan so‘rovlar arbitraji bilan tizimli plata chipsetining
tarkibiga kiruvchi maxsus funksional bog‘lama shug‘ullanadi.
Tizimli platadagi shina razyomi konstruktiv ravishda har biri
64 kontaktli ketma-ket joylashgan ikkita seksiyadan (har biri
o‘zining kaliti bilan) iborat. Bu interfeys
yordamida tizimli plataga
videokarta, tovush kartasi, modemlar, SCSI kontrolleri va boshqa
qurilmalar ulanadi. Ko‘pincha tizimli
platada bir nechta PCI
38
razyomi bo‘ladi. PCI shinasi lokal shina bo‘lsa ham kengaytirish
shinasining ko‘pgina funksiyalarini bajaradi. ISA, EISA, MCA
kengaytirish shinalari PCI shinasi bor bo‘lsa, bevosita protsessorga
emas (VLB shinasidan foydalanilganga o‘xshab), balki PCI
shinasining o‘zi
ga (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi.
Masalaning bunday hal qilinishi tufayli
shina protsessorga nisbatan
mustaqil va protsessorga so‘rovlar bilan murojaat qilmasdan
uning shinasi bilan parallel ishlay oladi. Shunday qilib, protsessor
shinasining yuklamasi kamayadi. Masalan,
protsessor tizim
xotirasi yoki kesh-xotira bilan ishlayapti, bu vaqtda esa tarmoq
orqali qattiq diskka axborot yozilyapti.
Boshqa shinalarning adapteridan farqli ravishda PCI
kartasining komponentlari plataning chap yuzasida joylashgan.
Shu sababli oxirgi PCI-sloti adapterning o‘rnatilish joyidan
foydalanishni qo‘shni ISA-sloti (Shared slot) bilan bo‘lishadi.
Uch o‘lchamli grafikani quvvatlovchi Pentium III,
undan keyin Pentium IV protsessorlarining yaratilishi video
ma’lumotlarni uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan PCI shinasining
yuklamasini kamaytirishni talab qildi. Intel firmasi PCI ni
takomillashtirdi va AGP magistral interfeysini qo‘shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: