Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
2.2. Tizimli platani tanlash Tizimli platani ishlab chiqarishda hisobga olinadigan bir
nechta standartlar mavjuddir. Bu standartlar (form factor)
plataning fizik ko‘rsatkichlarini va plata o‘rnatilishi kerak
bo‘lgan g‘ilofning turini belgilaydi. Quyida tizimli plataning
nisbatan keng tarqalgan standartlari keltirilgan.
Eskirgan standartlar quyidagilar:
– Baby-AT;
– AT to‘liq o‘lchamli platasi;
– LPX;
– WTX (hozirgi vaqtda ishlab chiqarilmaydi);
– ITX (flexATX ning turlaridan biri, ishlab chiqarilmagan).
– Zamonaviy standartlar quyidagilar:
– ATX;
– Micro-ATX;
– Flex-ATX;
– MiniITX (flexATX ning turlaridan biri);
– NLX.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik yangi tizimlar uchun tizimli plata-
larning keng tarqalgan standartlaridan biri ATX dir. ATX tuzilishi
Baby-AT va LPX standartlarining takomillashuviga olib keldi.