N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish



Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/143
Sana23.07.2022
Hajmi8,13 Mb.
#844387
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   143
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Tizim shinasi
nisbatan murakkab bo‘lib, markaziy protsessor 
va tashqi qurilmalar hamda tezkor xotira orasida ma’lumotlarni 
uzatishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy 
ko‘rsatkichlari uzatilayotgan ma’lumotlarning razryadligi va 
uzatish tezligidir.
Har qanday standart shina tarkibida ma’lumotlarni uzatish 
uchun liniya, manzillarni uzatish uchun alohida liniya (manzil 
ma’lumotlarni uzatuvchini va qabul qiluvchini belgilaydi), apparat 
uzilishi liniyasi, xotiraga bevosita kirish kanali liniyasi va elektr 
ta’minotini ajratuvchi liniya bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish shinasi 
uchun signallarni (bitlarni) kodlash usuli, axborotni uzatish tezligi, 
arbitraj mexanizmi (shinadan foydalanishni boshqarish va vujudga 
kelgan vaziyatlarni yechish) aniqlangan.
ShK tizim shinasini tashkil qilishning bir nechta standartlari 
mavjud.
ISA tizim shinasi (magistral) IBM PC AT shaxsiy kompterlari 
uchun ishlab chiqarilgan va haqiqiy standartdir.
XT modelidagi shaxsiy kompyuterlarda ma’lumotlar razryadi 
8 bit va manzillar razryadi 20 bit bo‘lgan shina qo‘llanilgan. 
AT modelida shina 16 bit ma’lumot va 24 bit manzillar uchun 
kengaytirildi.


34
ISA shinasi o‘rtacha tezlikdagi multipleksirlangan 16 razryad-
li tizimli magistral hisoblanadi. Shina bo‘yicha almashuv 8 
yoki 16 razryadli ma’lumotlar bilan amalga oshiriladi. Shinada 
kompyuterning xotirasiga va kiritish/chiqarish qurilmalariga 
alohida kirishlar amalga oshirilgan. Manzillangan xotiraning 
maksimal hajmi 16 Mbaytni (24 adresli liniya) tashkil qiladi. 
Kiritish/chiqarish qurilmalari uchun maksimal manzillash 
maydoni 64 Kbaytni (16 manzilli liniyalar) tashkil qiladi.
ISA – eskirgan ona platalarning asosiy shinasi. 32 razryadli 
yuqori tezlikdagi protsessorlarning yaratilishi bilan ISA shinasi 
ShKning tezligini oshirishga jiddiy g‘ov bo‘ldi. Ilgari ISA 
interfeysi yordamida videokarta, modem, tovush kartasi kabi 
qurilmalar ulanar edi. Zamonaviy tizimli platalarda bu interfeys 
umuman yo‘q yoki 1–2 slotdangina iborat bo‘ladi.
EISA shinasi
(Extended ISA) – 32 razryadli ma’lumotlar 
shinasi va 32 razryadli manzillar shinasi bo‘lib, 1989-yil 
ISAning konstruktiv va funksional kengaytmasi sifatida 
yaratilgan. Shinaning manzillar maydoni 4 Gbayt va 8–10 MHz 
chastotada ishlaydi.
Shinaning o‘tkazish xususiyati nazariy jihatdan 33 Mbayt/s 
bo‘lib, protsessor – kesh – tezkor xotira kanali bo‘yicha 
almashuv tezligi xotira mikrosxemasining ko‘rsatkichlari bilan 
aniqlanadi. Kengaytirish razyomlarining soni oshirilgan bo‘lib, 
nazariy jihatdan 15 tagacha, amaliy 10 tagacha qurilma ulanishi 
mumkin. Uzilishlar tizimi yaxshilangan, 
Bus Mastering
– 
shinadagi har qanday qurilma tarafidan shinani boshqarish ish 
tartibi quvvatlanadi, qurilmalarning shinadan foydalanishini 
boshqarish uchun 

Download 8,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish