N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish



Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/143
Sana23.07.2022
Hajmi8,13 Mb.
#844387
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   143
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

arbitraj tizimi 
mavjud.
EISA shinasi – ISA ning 32 bitgacha qat’iy standart-
lashtirilgan kengaytmasidir. Konstruktiv bajarilishi u bilan oddiy 
ISA adapterlarining mos kelishini ta’minlaydi. EISA kartalarini 
ISA slotlariga o‘rnatilishi mumkin emas, chunki uning o‘ziga 


35
xos zanjirlari ISA zanjirlarining kontaktiga duch keladi, buning 
natijasida tizimli plata ishga yaroqsiz holga keladi.
EISA shinasi qimmat, ammo ko‘p masalali tizimlarda, fayl-
serverlarda va kiritish/chiqarish shinalarining yuqori samaradorli 
kengaytmasi talab qilingan joyda o‘zini oqlovchi arxitekturadir.
Mca 
shinasi
(Micro Channel Architecture) – 32 razryadli 
shina bo‘lib, 1987­yil PS/2 mashinalari uchun IBM firmasi 
tomonidan yaratilgan. O‘tkazish xususiyati 76 Mbayt/s, ish 
chastotasi 10–20 MHz. O‘zining boshqa tavsiflari bilan EISA 
shinasiga yaqin, ammo ISA bilan ham, EISA bilan ham mos 
tushmaydi. PS/2 kompyuterlarida ishlab chiqarilgan amaliy 
dasturlarning yo‘qligi, uning keng tarqalishiga to‘sqinlik qilgani 
sababli, MSA shinasi ham uncha keng ishlatilmaydi. MSA 
shinasiga bo‘lgan talabning yo‘qligining ikkinchi sababi ISA 
adapter platalarining MSA bilan mos tushmasligidir.
lokal shina.
ShK texnikasining rivojlanishi yuqori tezlikdagi 
operatsiyalarning hissasini oshishiga olib kelmoqda. Ma’lumki, 
protsessorning tezligi xotiradan tanlash (yoki yozish) tezligidan, 
disklardan o‘qish tezligi vidiotizimlarda akslantirish tezligidan 
oshib bormoqda.
VLB (VESA Local Bus, VESA – Video Equipment 
Standart Association – videoelektronika sohasidagi standartlar 
bo‘yicha uyushma) lokal shina standarti 1992-yilda ishlab 
chiqarilgan. VLB shinasining asosiy kamchiligi uning 80486 
mikroprotsessorlari o‘rniga kelgan yoki ular bilan parallel 
ishlatilayotgan (Alpha, PowerPC) protsessorlar bilan birgalikda 
ishlatib bo‘lmasligidir.
ISA, MCA, EISA kiritish/chiqarish shinalarining ShK 
struk 
turasida joylari belgilanganligi bilan unumdorligi juda 
pastdir. Zamonaviy ilovalar (ayniqsa grafik ilovalar) o‘tkazish 
xususiyatini jiddiy ravishda oshirishni talab qiladi. Bu o‘tkazish 
xususiyatini zamonaviy protsessorlar ta’minlab bera oladi. 
O‘tkazish xususiyatini oshirish muammosining yechimlaridan biri 


36
tashqi qurilmalarni ulash shinasi sifatida 80486 protsessorining 
lokal shinasini qo‘llash bo‘ldi. Protsessorning shinasidan tizimli 
plataga joylashtirilgan tashqi qurilmalarni (disk kontrolleri, grafik 
adapter) ulash joyi o‘rnida foydalanildi. VLB (yoki VL-Bus) – 
standartlashtirilgan 32 bitli lokal shina bo‘lib, 486 protsessorining 
tizimli plataning qo‘shimcha razyomlariga chiqarilgan tizim 
shinasining signalini ifoda qiladi. Shina 386 sinfiga mansub 
protsessorlar bilan qo‘llanishi mumkin bo‘lsa ham faqat 486 
protsessoriga mo‘ljallangan. Pentium protsessorlari uchun 
ma’lumotlar shinasining razryadligi 64 gacha oshirilgan 2.0 
spetsifikatsiyasi qabul qilingan, ammo u keng tarqalmadi.
VLB-razyomi konstruktiv ravishda oddiy MSA-razyomga 
o‘x 
shaydi, ammo ISA-16, EISA yoki MCA shinalari tizim 
razyom larining kengaytmasidir. Protsessor shinasining yuklanish 
xususiyati cheklanganligi sababli tizimli platada uchtadan ko‘p 
VLB razyomi o‘rnatilmaydi. Shinaning maksimal taktlash 
chastotasi 66 MHz, 33 MHz chastotada shina ishonchliroq 
ishlaydi. Bunda eng yuqori o‘tkazish tezligi 132 Mbayt/s 
(33 MHz × 4 bayt), ammo unga faqat ma’lumotlarni uzatish 
vaqtidagi paketli siklining ichida erishiladi. Haqiqatda, paketli 
siklda 4×4=16 bayt ma’lumotni uzatish uchun shinaning 5 
taktini talab qiladi, hatto paketli ish tartibida o‘tkazish xususiyati 
105,6 Mbayt/s ni tashkil qiladi, odatdagi ish tartibida (manzillar 
fazasiga bir takt va ma’lumotlar fazasiga bir takt) esa faqat 66 
Mbayt/s ni tashkil qiladi, vaholanki bu ham ISA ga qaraganda 
ko‘p. Hozirgi vaqtda VLB shinasi juda kam ishlatiladi.

Download 8,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish