O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI
MARKAZI
N. I. SodIqova, E. a. KorNIyENKo,
M. d. XoShIMXodjayEva
ShaXSIy KoMPyUTEr
va oFIS qUrILMaLarIGa
TEXNIK XIZMaT Ko‘rSaTISh
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
TOSHKENT
«VORIS-NASHRIYOT»
2017
UO‘K: 004(075)
KBK 32.973-04
S-75
Sodiqova, N. va boshq.
Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko‘r-
satish.
Kasb-hunar kollej lari uchun o‘quv qo‘llanma. / N.I. Sodiqova
va boshq. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi. – T.: «VORIS-NASHRIYOT», 2017. – 200 b.
Uo‘K 004(075)
KBK 32.973-04
Texnika fanlari doktori, professor
M.M.Musayev
tahriri ostida.
Taqrizchilar:
X.N. Zayniddinov
–
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
«Axborot texnologiyalari» kafedrasi mudiri, texnika
fanlari doktori, professor;
Sh.Sh. Tashxodjayeva –
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Informatika kasb-hunar
kolleji direktori;
N.R. Mahmudova
–
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
G.A. Sobirova
–
«Dasturlash» kafedrasi mudiri.
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga «Periferiya va
ofis qurilma larini ta’mirlash va ishlatish» fanidan 200 soatga mo‘ljallangan
bo‘lib, shaxsiy kom pyuterlarning turlari, modellari va tavsiflari,
tizimli
platani tanlash va o‘rnatish, qattiq disk, audio jihozlar, axborotni aks
ettiruvchi tizimlar, tarmoq adapterini o‘rnatish va sozlash,
kompyuterni ishga
tayyorlash, shaxsiy kompyuterlarni takomillashtirish va elektr ta’minoti
buzilishlaridan himoya qiluvchi qurilmalarga bag‘ishlangan boblarni o‘z
ichiga olgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ilmiy-metodik
Kengashi tomonidan nashrga tavsiya yetilgan
ISBN 978-9943-375-70-3
© N. Sodiqova va boshq., 2017
© «VORIS-NASHRIYOT», 2017
3
KIrISh
Axborot jamiyat uchun moddiy yoki energetik, texnik va
moliya resurslari kabi eng qimmatli resursdir. Axborotni qabul
qilish, saqlash,
qayta ishlash, tarqatish va foydalanish jarayonlari
axborot texnologiyasining elementlari bo‘lib xizmat qiladi.
Za
mo
naviy axborot texnologiyalarining asosini axborotga
kompyuterli ishlov berish, katta ma’lumotlar massivini elektron
tashuvchilarda saqlash, axborotni foydalanuvchiga qulay ko‘-
rinishda tezkor yetkazish jarayonlari tashkil qiladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining farqli xususiyatlari
foydalanuvchiga nisbatan keng ko‘lamdagi muloqat imkoniyat-
lari, axborot va texnik resurslardan jamoa bo‘lib
foydalanish,
axborotga ishlov berish, saqlash va uzatishning qog‘ozsiz tex-
nologiyasining mavjudligidir. Bu barcha xususiyatlar ijod qilish,
kasbiy ko‘nikma
larni olish va mustahkamlash, zamonaviy
boshqarish usullarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyat-
larni beradi.
Kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv
qo‘llanmada texnik va dasturiy vositalar
ofis masalalarini va
muassasa vazifalarini yechish uchun samarali qo‘llash nuqtayi
nazaridan ko‘rib chiqilgan. Ofis avtomatlashtirilgan tizimlari
ning maqsadi foydalanuvchining faoliyatini kompyuterlashtirish,
hujjat aylanishining qog‘ozsiz texnologiyasini ta’minlashdan
iborat.
O‘quv qo‘llanmada shaxsiy kompyuterlarning turlari,
modellari va texnik ko‘rsatkichlari batafsil ko‘rib chiqilgan.
Alohida boblari tizimli platani, audio va video hamda tarmoq
adapterini tanlash va o‘rnatishga bag‘ishlangan. O‘quv qo‘llanma
shunday tuzilganki, o‘quvchilar nafaqat
ofis qurilmalarining
4
tavsiflari va ulardan to‘g‘ri foydalanish bilan tanishadilar, balki
ularning tuzilishi, ishlash tamoyillari, foydalanish
ish tartibini
o‘rganadilar.
Alohida bo‘limlarda Windows operatsion tizimining fayl
tizimlari va Partition Magic dasturi yordamida yangi bo‘limlarni
yaratish jarayonlari yoritilgan. O‘quv qo‘llanmada ofisda
qo‘llaniladigan shaxsiy kompyuterlarni takomillashtirish va
elektr ta’minoti buzilishlaridan himoya qiluvchi qurilmalarga
katta e’tibor berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga
mo‘ljallangan, lekin oliy o‘quv yurtlarining «Korxona servisi»
yo‘nalishi talabalari uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.