88
Printerning monoxrom modellari faqat bir rang (faqat
qora rang bo‘lishi shart emas) elementlaridan tashkil topgan
tasvirlarni shakllantirish imkonini beradi. Ko‘p
rangli printerlar
bir necha aniq ranglardan tashkil topgan tasvir elementlarini
shakllantira oladi (ularning rangi
ikkitadan sakkiz va undan
ortiq xilgacha turlanishi mumkin), biroq bu bilan ushbu
ranglarni
aralashtirib, ranglarning oraliq nozik farqlariga erishib
bo‘lmaydi. Rangli printerlarda ham
tasvir bir qancha tayanch
ranglar asosida shakllanadi (to‘rt xildan to‘qkiz xilgacha).
Rangli printerlar foydalanilayotgan bo‘yoqlarni kerakli
nisbatlarda aralashtirib,
keng spektrdagi, ranglarning turli nozik
farqlarini aks ettirish imkonini beradi.
Ko‘p rangli va rangli printerlar tasvirni tashkil etuvchi
rangli elementlarni kiritish
ketma-ketligiga qarab
Do'stlaringiz bilan baham: