Davomiy unumdorlik
(sustained throughput) ko‘p miqdor-
dagi sektorlarning ketma-ket o‘qilishida aniqlanadi. Unga
ichki va tashqi tezlik, holatga o‘tish vaqti, sektorga kelishning
kechikishi (ushlanishi), holatga o‘tish xatolari soni va o‘qish
ta’sir qiladi. Bu tezlikning minimal kafolatlangan qiymati real
vaqtda multimedia ilovalari (audio va video ma’lumotlarni
yozish va o‘qish) uchun jamlagichni qo‘llash imkoniyatini
aniqlaydi. 5400 ayl/min aylanish chastotali vinchesterlar 15–
50 Mbayt/s, 200 ayl/min aylanish chastotali – 20–60 Mbayt/s,
10 000 ayl/min aylanish chastotali – 40–80 Mbayt/s, 15 000
ayl/min. aylanish chastotali – 40–100 Mbayt/s oqimni ko‘tara
oladi. Bu tezlik har doim ichki tezlik va tashqi tezlik chega-
rasining maksimal qiymatidan past bo‘ladi.
Qurilmaning
ishonchliligi
(reliability) va saqlanayotgan ma’lu-
motlarning
to‘g‘riligi
(data integrity) quyidagi ko‘rsat kichlar bilan
tavsiflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |