Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
Akustik tizimlarni ulash va tovush platasini o‘rnatishni yakunlash. Mos
keluvchi razyomga akustik tizimlarni ulash
mumkin. Odatda, tovush platasidan chiqish quvvati 4 W
ni tashkil etadi. Agar plataning chiqish quvvatidan akustik
tizimning hujjatida berilgan ishlash quvvati kam bo‘lsa, u holda
tovush balandligini maksimal darajagacha ko‘tarish tavsiya
qilinmaydi. Yaxshisi akustik tizimni ichiga joylashtirilgan
tovush platasining chiziqli chiqishiga ulanuvchi kuchaytirgich
bilan birga qo‘llash lozim. Agar akustik tizim to‘rt va undan
ortiq kolonkaga ega bo‘lsa, qaysi razyom oldi kolonkalarni va
qaysinisi orqa kolonkalarni ulash uchun xizmat qilishini hisobga
olish kerak. Orqa kolonkalar yordamida hajmli jaranglanishini
shakl lantirish uchun audioadapter bilan birga beriladigan sozlash
dasturidan foydalaning.
Gohida operatsion tizim ba’zi bir drayverlarni o‘rnatish uchun
Windows ning o‘rnatiluvchi kompakt-diskini talab etadi.