1-BoB. ShaXSIy KoMPyUTErLarNINg TUrLarI,
ModELLarI va TEXNIK Ko‘rSaTKIchLarI
1.1. Kompyuterlar tasnifi
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) EHM tasniflanishi bo‘yicha mikro-
mashinalar toifasiga mansub bo‘lib, hisoblash imkoniyatlari cheklangan,
ammo eng ommaviy tarqalgan hisoblanadi. Bu kompyuterning ofis
muhitida shaxsiy qo‘llash uchun mos keladigan variantidir. ShKlar
bilan bir qatorda mikrokompyuterlar toifasiga grafik, nashriy va izlanish
ishlariga mo‘ljallangan ishchi stansiyalar, lokal tarmoq va ma’lumotlar
bazalari serverlari hamda tarmoq ishchi stansiyalari kiradi. Ular orqali
tarmoq resurslaridan foydalanishga imkon yaratiladi. ShK universal va
foydalanishga qulay bo‘lgan bir qator afzalliklarga ega:
–
maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan foydalanuvchilarga
ishlash imkonini beruvchi qulay interfeys;
–
qo‘llanilish sohasiga (ta’lim, ilmiy izlanishlar, boshqaruv) mos
keluvchi arxitektura va tashqi qurilmalar to‘plamiga muvo-
fiqlashish hisobiga o‘z ish joyini tashkillashtirishning qulayligi;
–
foydalanishning soddaligi, bog‘lama va qurilmalarni birga likda
yig‘ish imkoniyatining kengligi, ommaviy foydalanish uchun
yuqori ishonchlilik;
–
kompyuter va uni tashkil qiluvchi qurilmalar narxining arzon-
ligi va modellarining ko‘pligi, standartlashtirishning va bir xil
shaklga keltirishning yuqori darajadaligidir.
ShKlarni turli belgilari bo‘yicha sinflarga ajratish mumkin. Rivoj-
lanish davrida (ShKlarning dastlabki modellari 80-yillar ning boshlarida
paydo bo‘lgan) ShKlar birinchi avlodining 8 bitli mashinalaridan, to
64 bitli to‘rtinchi avlod (Pentium IV) mashina larigacha bo‘lgan yo‘lni
bosib o‘tdi. Bu vaqt ichida taktlash chastotasi yuz barobarga, tezkor
xotira hajmi yuzlab Mbaytga, disklardagi jamlagichlarning hajmi
o‘nlab Gbaytga yetdi. Konstruktiv xususiyatlari nuqtayi nazaridan
6
barcha ShKlarni shartli ravishda statsionar (stol kompyuterlari) va
nostatsionar (mobil, noutbuk, netbuklar) turlarga ajratish mumkin.
Statsionar ShKlar keng funksional imkoniyatlarga va rivojlangan
tashqi qurilmalarga ega. Ular xususiy operatsion tizimga ega bo‘lib,
ma’lumotlarga ishlov beruvchi amaliy dasturlar bilan jihozlangan.
Ularning xotirasi ko‘p pog‘onali, aloqa va ulanish uchun interfeys
tizimi rivojlangan, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun ko‘p
sonli portlari mavjud.
Noutbuklar, elektron planshetlar, elektron lug‘atlar kabi mobil
ShK turlari keng tarqalgan. Bu texnik vositalar yakka tartibda
qo‘llaniluvchi, imkoniyatlari cheklangan texnik vositalardir.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab EXMning chorak milliardan ziyod
turlaridan foydalanilyapti, bulardan 90 foizi shaxsiy kompyu terlardir.
Amerikaning IBM, Apple, Hewlett Packard (HP), DEC, Compaq
kompaniyalarining shaxsiy kompyuterlari ko‘pchilikka ma’lum
bo‘lib, ular jahon bozorida juda keng tarqalgan. Ularning mahsulotlari
foydalanuvchilar orasida anchagina taniqlidir.
ShKni ishlab chiqarish bo‘yicha eng katta kompaniya IBM
(Internationale Business Machina) hisoblanadi. Bu kompaniya
yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida yetakchi kompaniya bo‘lib
kelmoqda. Uning IBM PC XT, AT modellari mashhurdir. Bugungi
kunda eng keng qo‘llanilayotgan ShKlar IBM firmasining Pentium II,
III, IV protsessorlari qo‘llangan kompyuterlar hisoblanadi.
IBMdan keyin ikkinchi o‘rinni Apple firmasining taniqli Macintosh
modelli ShKlari egallab kelmoqda. Bu firma 1998-yildan boshlab
yangi arxitekturali iMac ShKlar, Power Book va iBook noutbuklar,
Power Macintosh oilasiga mansub ishchi stansiya modellarini ishlab
chiqaradi.
HP firmasi HP Workstation sinfiga mansub bo‘lgan ishchi stan-
siyalarni, HP Compaq sinfiga mansub bo‘lgan ixcham (mobil) ishchi
stansiyalarni ishlab chiqaradi.
ShKlarning katta sinfini DEC firmasi (so‘ngi paytlarda Compaq
firmasi bilan birga) ishlab chiqarmoqda. Bular HiNote modelli mobil
ShKlar, Ventures, Celeries modelli stol kompyuterlari, VAX Station
va DEC Station ishchi stansiyalari, shuningdek, yangi Alpha 212642
7
protsessorlari asosidagi, taktlash chastotasi 500–1000MHz bo‘lgan
zamonaviy ishchi stansiyalardir.
ShKlarning keng turlarini Acer, Sun, Vio, Rossiya kompaniyalari
Akvarius R-style kompaniyalari ishlab chiqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |