N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish


Tasvirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosmaga chiqaruvchi plotterlar



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

Tasvirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosmaga chiqaruvchi plotterlar 
(Direct Imaging Plotter). 
Ularda tasvir maxsus termoqog‘ozlarda 
(issiqlikka o‘ta sezgir modda bilan to‘ydirilgan qog‘oz) uzun 
(plotterning kengligi bo‘yicha) «taroqsimon» ixcham isitgichlar 
yordamida yaratiladi. Odatda, o‘ramdan uzatiladigan termoqog‘oz 
«taroq» bo‘ylab harakatlanadi va qizdirilgan joylarida rangini 
o‘zgartiradi. Yuqori sifatli (800 dpi gacha) tasvir olinadi, biroq afsuski, 
faqat monoxrom holda bo‘ladi.
Ularning yuqori darajada ishonchliligini, unumdorligini (kuniga 50 
ta A4 formatdagi varaqgacha) va qo‘llashdagi past narxlarni hisobga 
olganda, tasvirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosmaga chiqaruvchi plotterlarni 
yirik, loyihalashtirish tashkilotlarida tek shiriluvchi nusxalarni chiqa-
rish uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun ularning standart konfigu-
ratsiya lariga tarmoq adapterlari ham kiritilgan. Bunday plotterlarning 
texnik tavsiflari muhandisli loyihalashtirish, arxitektura, qurilish, 
shahar loyihalashtirish va elektrosxemotexnikaning amaliy masala-
larining talablariga mos keladi.
Lazerli plotterlar (laser plotter). 
Bu plotterlar tarkibida selen 
mavjud bo‘lgan yorug‘lik sezuvchi yarimo‘tkazgichlar qatlamida ichki 
fotoeffektning fizik jarayoniga va elektrostatik maydonning kuchli 
ta’siriga asoslangan elektrografik texnologiyaga tayanadi. Qorong‘ida 
tasvirni oraliq tashuvchi (aylanuvchi selenli baraban) yuz voltgacha 
potensial bilan zaryad olishi mumkin. Yorug‘lik nuri keyinchalik 
mexanik yo‘l bilan qog‘ozga ko‘chiriladigan, magnitlangan mayda 
dispersli tonerni o‘ziga tortuvchi yashirin elektrostatik tasvir yaratib, 
bu zaryadni olib tashlaydi. So‘ngra toner yurgizilgan qog‘oz isitgich 
orqali o‘tadi. Natijada tonerning zarralari qizib, qog‘ozda tasvirni 
shakllantiradi.
Ilgari barabanda yashirin tasvirni yaratish faqat lazer yordamida 
amalga oshirilgan. Lazer nurlarining harakatlanishini boshqarish 
uchun aylanuvchi ko‘p qirrali ko‘zgu, prizmali yoki linzali murakkab 
sxema xizmat qilgan. Shuning uchun lazerli plotterlarning sozlangan 
ko‘rsatkichlarini izdan chiqaruvchi silkinishdan yoki zarbalardan 
juda ehtiyot qilish kerak bo‘lgan. Bir qatorga saflab joylashtirilgan 


94
nuqtali yarimo‘tkazgichli yorug‘lik diodlarni (light-emitting 
diode–yorug‘lik nuri taratuvchi diod LED) qo‘llanishi optika bilan 
bog‘liq murakkabliklardan qutilish va tizimni soddaroq, osonroq va 
ishonchliroq qiish imkonini berdi.
Lazerli va LED-plotterlar tezligi yuqoriligi (A1 formatdagi varaq 
yarim minutdan kamroq vaqt ichida chiqariladi) va standart majmui-
da tarmoq interfeysi adapterining mavjudligi tufayli, ularni tarmoq 
qurilmasi sifatida qo‘llash ham qulaydir. Yana bir muhim jihati shundaki, 
bu plotterlarda oddiy qog‘ozlardan ham foydalanish mumkin, bu esa 
foydalanishdagi harajatlarni tejash imkonini beradi. LED-plotterlari kun 
sayin yanada ommabop bo‘lib bormoqda, vaholangki narxi bo‘yicha 
monoxromli elektrostatik plotterlardan farq qilmaydi.
Ular rangning bo‘lishi ta’lab qilinmaydigan va olingan natijaning 
unumdorligiga va sifatiga nisbatan talab yuqori bo‘lgan, masalan, 
mu rakkab texnik dizayn, arxitektura, kartografiyaga o‘xshash soha-
larning barida qo‘llaniladi.
Lazerli LED-plotterlarga misol qilib, Callomp Solus4-AO, JDL 
4000Eni keltirishimiz mumkin.
Funksional ko‘rsatgichlarni (tezligi, ishlash qulayligi, avto nomlik 
va h.k.) yaxshilash uchun plotter o‘zida joylashtirilgan xotiraga ega. 
Bu xotirada tasvir yaratilish jarayonida plotter protsessori tomonidan 
ishlov beriladigan grafik axborot saqlanadi.
Standart bufer – bu standart konfiguratsiyadagi plotterning 
tezkor xotirasi. Katta formatli plotterlarning zamonaviy modellarida 
(memory capacity, standard buffer size) 1 Mbaytdan katta hajmga ega 
bo‘lgan standart bufer (memory) mavjud. Ayrim modellarida bufer-
ni kengaytirish uchun (memory upgrade, optional buffer) 64 Mbayt 
gacha qo‘shimcha xotira bloklarini o‘rnatish imkoniyati mav jud. Bir 
necha kanallardan axborot qabul qiluvchi, katta tezlikda ishlovchi 
plotterlarda qo‘shimcha diskli (disk) xotira, ya’ni o‘zida joylash-
tirilgan qattiq disk bo‘lishi kerak. Bu diskda grafik axborot saqlanadi.
Peroli plotterlarning xotira hajmini faqat uning chizma fayl yukla-
tilganidan keyin off-line ish tartibida (avtonom) ishlay olish qobiliyati 
belgilaydi. Rastrli plotterlar uchun bu o‘ta muhim ko‘rsatkich sanaladi, 
chunki plotter tomonidan ta’minlanuvchi tasvirning formatini va 
aniqligini belgilaydi.


95
Plotterning kompyuterga ulanishi, odatda, ketma-ket (COM) port, 
parallel (LPT) port yoki SCSI-interfeys orqali amalga oshiriladi. 
Plotterlarning ba’zi modellari o‘zida joylashtirilgan bufer (1 Mbayt 
va undan ortiq) bilan jihozlangan bo‘ladi.
Hozirgi paytda planshetli tasvir-quruvchilar uchun standart bo‘lib,
Hewlett-Packard firmasi qurilmalari sanaladi. Bundan tashqari HP-
GL (Hewlett-Packard Graphics Language) grafik til sanoatda 
qo‘llaniladigan standart bo‘lib qolgan. Roland firmasining DXY 
plotterlari ham yaxshi modellar hisoblanadi. Qolaversa bularning 
hammasi HP va HP-GL bilan moslashuvchi ekanligidan tashqari, 
ushbu modellar xususiy DXY-GL grafik tilidan foydalanadi.
Plotterlarda maxsus (masalan, elektrostatik) texnologiyalar sin-
gari, printerlar bo‘yicha bizga ma’lum bo‘lgan (termo-, lazerli, LED, 
oqimli) texnologiyalar ham qo‘llaniladi. Bugungi kunda oqimli 
qurilmalar keng tarqalmoqda. Masalan, plotterlar DesignJet oilasining 
Hewlett-Packard plotterlari A0 va A1 formatda, peroli plotterlarga 
nisbatan 4–5 barobar tezroq ishlaydi. Bunda ikkita oqimli siyohli 
kartridjdan foydalanib, oqimli printer 300 dpi ruxsat berishdan past 
ishlamaydi va ikkita ish tartibiga ega: toza va eskizli. Eskizli (qora) 
ish tartibida algoritm, siyohning sarflanishini qariyb ikki barobarga 
qisqartiradi. Odatda, oqimli plotterlar Epson 1050 va IBM ProPrinter 
XL24E kabi mashhur printerlari kabi ishlay oladi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish