Dunyo okeani va dengiz qirg‘oqlari turizm sohasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi. Ular iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga sayyohlik, sayr-tomoshalarni uyushtirishda, alohida o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, Fransiya va Italiyaning dengiz qirg‘oqlari, Ruminiya va Bolgariya sharqiy sohillari, AªShda Koliforniya va Florida dengiz bo‘ylari, Bagam va Bermud orollari plyajlari bilan so‘zsiz turizm va kurotlar maskaniga aylangan.
Okean va dengiz suvlarining cho‘milishi uchun qo‘lay bo‘lgan qirg‘oqlari tarkibiga quyidagi elementlar kiradi. Mikroiqlim, dengiz va okean suvlarining quruqlikka tutash bo‘lgan joylarida suvning harorati, chuqurligi, suv to‘lqinlari, ko‘tarilishi, qaytishi, oqimlar, suvning shifobaxshligi, tozaligi, tiniqligi, dengiz suvi tagining relefi, suvdagi yirtqich qonxo‘r baliqlar (akula) va hayvonlarning bor-yo‘qligi h.k., qirg‘oq chiziqlarining tuzilishi, plyajlardagi qumlar va yotqiziqlarning sifati, rangi, shakllari va qolaversa bir qator omillar ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |