aloqada bo'lganliklari tufayli ulardan kundalik turmushda turli maqsadlarda
soxalariga bog`liq tarzda ularning tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan nomlari asta-
sekin kelib chiqqan.VIII asrdayoqvino tarkibidan ajratib olingan yonuvchi suv
deb nomlangan modda keyinchalik vino spirti degan nom oldi. 1661-yilda
23
bo'lgan suyuqlik hosilbo'lishi isbotlandi. Bu suyuqlik esa keyinchalik yog`och
spirti deb yuritiladigan bo'ldi.1550-yilda Agrikola tomonidan qaxraboni haydash
orqali ajratib olingan modda qaxrabo kislota nomini oldi. 1818-yilda esa Pellete
va Kaventu tomonidan kroton yog`ini o'yuvchi ishqor bilan ishlash natijasida
suyuq kislota olinadi va bu kislotaga kroton kislota deb nom berildi. Bunday
tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan organik moddalarning nomi tarixiy nomlar deb
yuritiladi.Organik kimyo mustaqil fan sifatida rivojlangunga qadar organik
moddalar tarixiy nomlari bilan atab kelingan [5, 17].
Organik moddalardan odamlar qadimdan foydalanib kelgan bo'lishlariga
qaramasdan organik kimyo fani XIX asrning o'rtalariga qadar mustaqil fan
sifatida e'tirof etilmadi. 1801-yilda Furkrua tomonidan yozilgan 10 tomli
„Kimyoviy bilimlar sistemasi‖ asarida organik birikmalarni ikki sinfga bo'lib, bu
moddalarni o'rganuvchi bo'limni fiziologik kimyo deb ataydi. 1808- 1812
yillarda Bersellius tomonidan yozilib, shved tilida chop etilgan kimyoga doir
kitobda organik kimyoning o'ziga hos fan ekanligiga alohida e'tibor beriladi.
1827-yilga kelib Bersellius tomonidan yozilgan „Kimyo darsligi" kitobida
„Organik kimyodan qo'llanma" mavzusi alohida bo'lim tarzida bayon qilingan.
1811-yilda Kirxgof tomonidan kraxmaldan qand moddasi hosil qilish
texnologiyasining ishlab chiqilishi, 1824-yilda oksalat kislota, 1828-yilda
mochevinani Vyoller tomonidan sintez qilinganligi, 1845-yilda nemis kimyogari
Kolbe sirka kislotani hosil qilganligi. 1854-yilda fransuz kimyogari Bertlo
tomonidan laboratoriya sharoitida yog`ning sintez qilinganligi, Frankland
tomonidan esa 1849-yilda dastlabki metallorganik birikma-ruxorganik
moddaning hosil qilinganligi, 1861-yilda A. M Butlerov tomonidan qandsimon
modda sintez qilinganligi kabi bir qator kashfiyotlar sintetik organik kimyoning
dastlabki debochalaridan hisoblanadi. Organik moddalarning 1810-yilda Gey-
Lyussak va Tenar tomonidan sinflashga harakat qilinganligi, Libix va Vyoller
tomonidan noorganik moddalardan organik moddalarni sintez qilish borasida
amalga oshirilgan tajribalar asosida Jerar taklif etgan tiplar nazariyasining
yaratilishi, A. Kekule tomonidan organik birikmalarni uglerod birikmalari
24
sifatida sinflanganligi, A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasining
yaratilishi singari bir qator amaliy va nazariy tadqiqotlar natijasida organik
kimyo mustaqil fan sifatida maydonga keldi [17, 18]. Tabiiy va sintetik organik
moddalar sonining ortib borishi bilan ularni ilmiy nomlashga ehtiyoj tug`ildi.
Organik moddalarni dastlabki ilmiy nomlash usuli ratsional nomlar deb
ataladigan bo'ldi.
Hozirgi paytda organik moddalar tarixiy, ratsional va xalqaroilmiy
sistematik nomenklatura qoidalari asosida nomlanadi. Organik moddalarni ilmiy
nomlash usullari bilan tanishishdan oldin ularning eng muhim sinfi va kimyoviy
tuzilishi nazariyasi haqidatasavvurga ega bo'lish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: