N. I. Asqarov Yu. T. Isayev


I.3. Organik birikmalarni nomlashning asosiy qoidalari



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/46
Sana11.01.2022
Hajmi3,67 Mb.
#339200
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
Bog'liq
kimyoviy birikmalar nomenklaturasi va izomeriyasi elektron qollanmasini yaratish (1) (1)

I.3. Organik birikmalarni nomlashning asosiy qoidalari 

Organik  moddalar  bilan  insonlar  juda  qadim  zamonlardan  buyon  bevosita 

aloqada  bo'lganliklari  tufayli  ulardan  kundalik  turmushda  turli  maqsadlarda 

foydalanish  jarayonida  organik  moddalarning  olinish  usullari,  ishlatilish 

soxalariga  bog`liq  tarzda  ularning  tarixiy  ahamiyatga  ega  bo'lgan  nomlari  asta-

sekin  kelib  chiqqan.VIII  asrdayoqvino  tarkibidan  ajratib  olingan  yonuvchi  suv 

deb  nomlangan  modda  keyinchalik  vino  spirti  degan  nom  oldi.  1661-yilda 

R.Boyltomonidan  yog`ochni  quruqhaydash  natijasida  yonuvchi  hossaga  ega 




23 

 

bo'lgan  suyuqlik  hosilbo'lishi  isbotlandi.  Bu  suyuqlik  esa  keyinchalik  yog`och 

spirti deb yuritiladigan bo'ldi.1550-yilda Agrikola tomonidan qaxraboni haydash 

orqali ajratib olingan modda qaxrabo kislota nomini oldi. 1818-yilda esa Pellete 

va  Kaventu  tomonidan  kroton  yog`ini  o'yuvchi  ishqor  bilan  ishlash  natijasida 

suyuq  kislota  olinadi  va  bu  kislotaga  kroton  kislota  deb  nom  berildi.  Bunday 

tarixiy  ahamiyatga  ega  bo'lgan  organik  moddalarning  nomi  tarixiy  nomlar  deb 

yuritiladi.Organik  kimyo  mustaqil  fan  sifatida  rivojlangunga  qadar  organik 

moddalar tarixiy nomlari bilan atab kelingan [5, 17]. 

Organik  moddalardan  odamlar  qadimdan  foydalanib  kelgan  bo'lishlariga 

qaramasdan  organik  kimyo  fani  XIX  asrning  o'rtalariga  qadar  mustaqil  fan 

sifatida  e'tirof  etilmadi.  1801-yilda  Furkrua  tomonidan  yozilgan  10  tomli 

„Kimyoviy bilimlar sistemasi‖ asarida organik birikmalarni ikki sinfga bo'lib, bu 

moddalarni  o'rganuvchi  bo'limni  fiziologik  kimyo  deb  ataydi.  1808-  1812 

yillarda  Bersellius  tomonidan  yozilib,  shved  tilida  chop  etilgan  kimyoga  doir 

kitobda  organik  kimyoning  o'ziga  hos  fan  ekanligiga  alohida  e'tibor  beriladi. 

1827-yilga  kelib  Bersellius  tomonidan  yozilgan  „Kimyo  darsligi"  kitobida 

„Organik kimyodan qo'llanma"  mavzusi alohida bo'lim tarzida bayon qilingan. 

1811-yilda  Kirxgof  tomonidan  kraxmaldan  qand  moddasi  hosil  qilish 

texnologiyasining  ishlab  chiqilishi,  1824-yilda  oksalat  kislota,  1828-yilda 

mochevinani Vyoller tomonidan sintez qilinganligi, 1845-yilda nemis kimyogari 

Kolbe  sirka  kislotani  hosil  qilganligi.  1854-yilda  fransuz  kimyogari  Bertlo 

tomonidan  laboratoriya  sharoitida  yog`ning  sintez  qilinganligi,  Frankland 

tomonidan  esa  1849-yilda  dastlabki  metallorganik  birikma-ruxorganik 

moddaning hosil qilinganligi, 1861-yilda A. M  Butlerov tomonidan qandsimon 

modda sintez qilinganligi kabi bir qator kashfiyotlar sintetik organik kimyoning 

dastlabki  debochalaridan  hisoblanadi.  Organik  moddalarning  1810-yilda  Gey-

Lyussak  va  Tenar  tomonidan  sinflashga  harakat  qilinganligi,  Libix  va  Vyoller 

tomonidan  noorganik  moddalardan  organik  moddalarni  sintez  qilish  borasida 

amalga  oshirilgan  tajribalar  asosida  Jerar  taklif  etgan  tiplar    nazariyasining 

yaratilishi,  A.  Kekule  tomonidan  organik  birikmalarni  uglerod  birikmalari 



24 

 

sifatida  sinflanganligi,  A.  M.  Butlerovning  kimyoviy  tuzilish  nazariyasining 

yaratilishi  singari  bir  qator  amaliy  va  nazariy  tadqiqotlar  natijasida  organik 

kimyo mustaqil fan sifatida maydonga keldi [17, 18]. Tabiiy va sintetik organik 

moddalar sonining ortib borishi bilan ularni ilmiy nomlashga ehtiyoj tug`ildi. 

Organik  moddalarni  dastlabki  ilmiy  nomlash  usuli  ratsional  nomlar  deb 

ataladigan bo'ldi. 

Hozirgi  paytda  organik  moddalar  tarixiy,  ratsional  va  xalqaroilmiy 

sistematik nomenklatura qoidalari asosida nomlanadi. Organik moddalarni ilmiy 

nomlash usullari bilan tanishishdan oldin ularning eng muhim sinfi va kimyoviy 

tuzilishi nazariyasi haqidatasavvurga ega bo'lish talab etiladi. 


Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish