N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar



Download 2,52 Mb.
bet45/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Koksidiyalar turkumi - Coccidida
Umumiy tushunchalar

Koksidiyalar turkumiga kiruvchi sporalilar turli umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning ichki organlari (ichak, jigar, taloq, bo’yrak, jinsiy bezlar kabilar) ning epiteliy va boshqa hujayralari ichida parazitlik qilib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Koksidiyalarning tanasi yumaloq yoki ovalsimon, qismlarga bo’linmagan. O’lchami – 6-15 mkm atrofida, oosistalari – 12 mkm dan 35 mkm gacha.

Koksidiyalarning jinssiz ko’payishi shizogoniya, jinsiy ko’payishi gametogoniya usulida amalga oshadi. Sporogoniya (spora hosil qilish) davri tashqi muhitda o’tadi.

Ushbu jarayonni quyonlarning ichagida parazitlik qiluvchi quyon koksidiyasining hayot siklida ko’rish mumkin.

Xo’jayin ichagiga oziqa bilan tushgan oosistaning po’sti yorilib, undan sporozoitlar chiqadi va ichakning epiteliy hujayralariga bittadan kirib, oziqlanib, voyaga yetadi. U shizont (trofozoit) deb ataladi. Shizontning yadrosi ko’p marta ketma-ket bo’linib ko’p sonli (aksariyat 20-24, ba’zan 60 ta gacha) yadrochalarni hosil qiladi. Har bir yadrocha o’z atrofiga sitoplazmani o’rab oladi va merozoitlarga aylanadi. Ular ichak bo’shlig’iga chiqib, yangi hujayralarga kirib o’sib, yana shizogoniya yo’li bilan ko’payib, navbatdagi merozoitlarni hosil qiladi. Bunday jinssiz ko’payish 4-5 marta takrorlangandan so’ng parazitlarning soni juda ham ko’payib ketadi. Oxirgi avlod merozoitlari yangi epiteliy hujayralariga kirib, shizontga aylanmasdan, o’sib to’la yetilmagan jinsiy hujayralarga, ya’ni gametosit (gamont)larga aylanadi. O’lchamiga binoan makro va mikrogametosit farq qilinadi. Ayrim epiteliy hujayralaridagi makrogametositlardan bir dona makrogameta (urg’ochi gametasi), mikrogametositdan esa, bir necha o’nlab, ikki xivchinli va harakatchan mikrogametalar (erkak gametasi) hosil bo’ladi. Mikrogametalar ichak bo’shlig’iga chiqib, makrogameta joylashgan hujayra ichiga kirib uni urug’lantiradi va zigota hosil bo’ladi. Zigota shu ondayoq o’z atrofiga suyuqlik ajratib po’stga o’raladi. Po’stga o’ralgan bunday zigota oosista deyiladi. Oosista ichak bo’shlig’iga tushib, axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Tashqi muhitda oosista rivojlanishini davom ettirib, yadrosi ikki marta bo’linib 4 ta yadroni hosil qiladi. Ularning har biri o’z atrofiga sitoplazmani o’rab olib sporoblastlarga aylanadi. Sporoblastlar pishiq po’stga o’ralib sporaga aylanadi. Rivojlanish davom etib har bir sporaning yadrosi yana ikkiga bo’linib, ikkita sporozoitlarga aylanadi. Shundan keyin bunday oosista xo’jayinni zararlovchi (invazion) bosqichiga o’tadi. Invazion oosistalar hayvonning ichagiga oziqa bilan tushgandan keyin oosista va spora po’stlari yemirilib, undan chiqqan sporozoitlar ichak epiteliysiga kirib, hayot siklini qayta boshlaydi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish