Mashg’ulot maqsadi. Kolonial o’simliksimon xivchinlilarning tuzilishi, ko’payishi va hayot kechirish xususiyatlarini o’rganish.
Mashg’ulot uslubi. Kolonial fitomonadalarning tuzilishini jadvallardan tushuntirish; savol-javob orqali talabalarni aktiv faoliyatga jalb qilish, bajarilgan mashg’ulot ishini tekshirish va baholash.
Kerakli jihozlar. O’quv-uslubiy qo’llanmalar, rangli jadvallar, kolonial xivchinlilar bo’lgan suvli namunalar va ularning tayyor bo’yalgan mikropreparatlari, MBI-1 mikroskoplari, buyum va qoplag’ich oynalar, tomizgichlar, salfetkalar, filtr qog’ozi, mum yoki plastilin, paxta.
Do'stlaringiz bilan baham: |