partalarda
uxlab
o‘tiradigan
o‘quvchilarni
eslayapsizmi? Dars vaqtida o‘qituvchining butun
kuch-quvvati o‘quvchilarni harakatsizlantirishga
qaratiladi. Bolalar esa o‘z navbatida ayyorlikni
o‘rganadilar.
O‘zlarini
go‘yo
darsni
tinglayotganday tutadilar va xayoliy o‘yinlarga
beriladilar. Bu tizim bizga shu qadar chuqur
singdirilganki, natijada biz tilni ham albatta o‘tirib
o’rganish kerak, deb o‘ylaymiz. Vaqtimiz yo‘qligi
haqidagi vaj-korsonlarimiz ham shu tushun-
chalarning
mevasidir. Baxtimizga endi biz tilni
maktab partasida o‘tirib o‘rganayotganimiz yo‘q.
Binobarin, dangasa miyaga yengilmaslik uchun
harakatlarimizga erkinlik bera olamiz.
34
Pleyerni ishga tushirib, moslamalarni taqingda,
sayrga chiqing. Albatta qor-yomg‘irli yoki jazirama
kunlarda bunga majbur emassiz. Asta-asta qadam
tashlab, matnlarni diqqat bilan tinglab boring. Yurib
ketayotib uxlab qolgan odamni hayotimda ko‘rgan
emasman.
Aristotel
ham
falsafiy
ma’ruzalarini
shogirdlariga tabiat qo‘ynida sayr qilib yurgan
holda o‘qigan ekan.
Demak, tilni harakatsiz o‘tirgan holda
o‘rganmagan ma’qul. Bu mening shaxsiy
tajribamdan muvaffaqiyatli o‘tgan usullardan biri.
Men suxandonning chiroyli, sokin ovozini
tinglagan holda, so‘zlarni qayta-qayta takrorlab,
o‘nlab kilometr yo‘l bosar va vujudimda tetiklikni,
miyamda ajib bir tiniqlikni his kilardim. Bu sayr
sizda tanish yo‘nalish bo‘yicha o‘tsa maqsadga
muvofik bo‘lardi. Toki sog‘ligingizga xech qanday
yo‘l hodisalari tahdid solmasin. Kiyimlaringiz,
ayniqsa oyoq kiyimingiz kulay bo‘lsin. Mabodo
yon-atrofingizda sayr uchun qulay yo‘lkalar
bo‘lmasa, bu ishni uy ichida ham amalga oshirsa
bo‘laveradi. Faqat uy havosi toza bo‘lsin. Agar
sizning yurish va yugurish uchun mo‘ljallangan
harakatlanuvchi yo‘lak-trenajeringiz bo‘lsa, nur
ustiga nur.
35
Biror mashg‘ulot mobaynida qattiq uyqu
bosaversa (hamma bilan ham shunday bo‘ladi, deya
olmayman) yigirma daqiqa mizg‘ib olish mumkin.
«Grammatikani
o‘rganayotganda
nima
qilamiz?», - deb so‘rashgandi mendan. Mening
lug‘atimda «grammatikani o‘rganish» degan
jumlaning o‘zi yo‘q. E’tiroz bildirmay turing!
Grammatikani so‘zsiz o‘rganasiz.
«Marafoncha
o‘qish»
mobaynida
miya
to‘laqonli ishlay boshlaydi. Bir yil
davomida qilgan
uch ming sahifalik tarjimalaringizni tugatgach,
grammatika borasidagi bilimlaringiz chet tillar
fakulteti
bitiruvchisining
bilimlaridan
kam
emasligini (ehtimol ortiqroqdir!) tushunib etasiz.
Farqi shuki, siz grammatikani zerikarli ma’ruzalar,
ilmiy qonun-qoidalar asosida emas, aniq amaliyot
asosida o‘rgandingiz.
Ko‘pchilik o‘z ona tili grammatikasining barcha
qoidalarini ham to‘liq bilmasligi mumkin. Ammo
o‘sha qoidalarni bir kunda ming martalab amalga
tadbiq etadi, ularga rioya qiladi. Kuniga bir necha
martalab ishlatiladigan so‘zlarning turkumlarini,
ilmiy atamalarni bilmaslik tilda benuqson
so‘zlashish
san’atiga
hech
qanday
putur
yetkazolmaydi. Chet tili borasida ham aynan
shunday. Siz o‘zga tildagi so‘z turkumlarining
36
nomlari, kelishiklar, qo‘shimchalar, allambalo ilmiy
atamalar bilan miyangizni to‘ldirmagan holda ham
o‘sha tilni muvaffaqiyatli o‘rgana olasiz.
Grammatik jadvallarga bir ko‘z tashlab
chiqishning zarari yo‘q. Lekin zinhor bu ilmiy
ummonga sho‘ng’iy ko‘rmang. Aks holda, faqat
grammatikani o‘rganasiz, tilni emas.
Mabodo hozir mendan AQSH yo‘l harakati
qoidalari bo‘yicha imtihon topshirishimni talab
qilishsa, sinovdan o‘tolmasligim aniq.Chunki bu
qoidalarni umuman eslolmayman. O‘n besh yil
burun shu masalada muvaffaqiyatli imtihon
topshirib bo‘lganimdan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas,
hammasini unutganman. Xudoga shukurki, buning
salbiy tomonlarini hali ko‘rmadim. Vaholanki,
shuncha yildan buyon Amerikaning Nyu-York, San-
Fransisko, Los-Anjeles va Sietl shaharlaridan
tashqari
hamma
hududida
hech
qanday
ko‘ngilsizliklarsiz avtomobil boshqaraman. Kanada
va Meksikada ham shunday. Shunday ekan, kim
menga yo‘l harakati qoidalarini bilmaysan, deya
oladi.
Mana,
hozir
ham
shu
satrlarni
o‘z
kompyuterimda
yozib
o‘tirib,
kompyuter
protsessorida elektronlar soat millari bo‘yicha
harakat qilyaptimi, unga qarshimi yoki umuman
37
harakatlanmayaptimi, degan fikrlar bilan boshimni
qotirayotganim yo‘q. Ammo to‘la kuch bilan
ishlayapman. Kompyuter borasidagi texnik
bilimlarimning yo‘qligi unda ishlashimga to‘sqinlik
qilayotgani yo‘q.
Aytaylik, «lya-minor», «fortissimo» degan
atamalarni bilmasligingiz pianino chalishni
o‘rganishingizga to‘sqinlik qilolmaydi. Siz musiqa
sohasidagi ilmiy atamalar va ularning ma’nosini
bilmagan holda ham istalgan musiqa asbobini
chalishni o‘rganishingiz mumkin.
Talabalik davrimda bizga lotin tilidan saboq
beradigan keksa muallimani qanday lol qilganimni
yaxshi eslayman. Birinchi darsdayoq fammatikani
o‘rganishdan bosh tortgandim. Chunki meni bu
tilning grammatik jadvallari dahshatga solgan. Men
mustaqil shug‘ullanishga ahd
qildim va o‘qituv-
chilarim bunga ko‘nishga majbur bo‘lishdi.
Kutubxonalarda soatlab lotin tilidagi kitob va
lug‘atlarni titib astoydil harakat qildim. Mening
dasturim institutdagi dasturlardan o‘n barobar
yaxshi edi. Imtihonda berilgan lotin tilidagi matnni
bexato o‘qib, tarjima qilib berdim. Hayratini
yashirolmagan bir o‘qituvchi «Hatto Plutarx ham
sen bilan faxrlangan bo‘lardi», dedi hayajonlanib.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |