N. E. Avezov, Sh. K. Ismailov, B. G’. Samandarov, “Elektronika va sxemalar 1” fanidan O’quv qo’llanma


Mavzu: Elektron sxema simulyatorlari



Download 7,65 Mb.
bet6/72
Sana26.01.2022
Hajmi7,65 Mb.
#411827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Elektronika oquv qullanma

Mavzu:


Elektron sxema simulyatorlari.

Elektron sxema simulyatorlarining turlari, afzalliklari va qo’llanilishi.

Ma’lumotlar o’zgartiruvchi standart sxemalarni qamragan analog tizimlar dunyosi bilan kompyuterlar tizimlarining o’zaro ta’sirlari bilan bog’liq muammolar.
Simulyatorlar: O’quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim qadimdan o’quv-o’rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o’quv jarayonining qariyb barcha jabhalarida: boshlang’ich ta’limdan boshlab oliy o’quv yurtlarigacha, oddiy til o’rganishdan to ishlab chiqarish sohalarigacha qo’llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki tibbiyot sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda. Quyida asosiy e’tiborni kompyuter simulyatorlariga qaratamiz.

Kompyuter simulyatorlaridan asosan ikki yo’nalishda foydalanish mumkin: haqiqiy ob’ektlarni modellashtirish hamda ushbu modellarni rivojlantirish. Hayotiy ob’ektlarni modellashtirishda eng sodda chiplardan tortib butun boshli murakkab kompyuter tizimlarigacha virtual prototiplarini yaratish mumkin. Talabalar ushbu virtual modellarni o’rganish jarayonida ularning ishlash prinsipi va usullarini yanada takomillashtirishlari ham mumkin bo’ladi.

Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real ob’ektlarga nisbatan juda ham arzon alternativ ekanligidadir. Hammaga ma’lumki, telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini o’qitishda, asosan telekommunikatsiya uskunalarini yasash, tizim elementlarini o’rnatish hamda sinovdan o’tkazishda qimmatbaho uskunalarga ehtiyoj tug’iladi. O’z o’zidan ma’lumki yurtimizdagi texnikaga oid kollej va universitetlarda bunday imkoniyatlar hozircha keng ko’lamda mavjud emas. Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda telekommunikatsiya texnologiyalari ish rejimlarini o’rganishga imkoniyat yaratadi. Bu o’z-o’zidan nafaqat katta miqdorda mablag’lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug’dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag’lar talab etmasligi, ma’lum tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, kerak bo’lsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz ekanligidir. Ba’zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug’diradi, masalan, ekologik xavfli zonalarni kuzatish jarayonida ma’lumotlarni yig’ish uchun foydalaniladigan tarmoqni o’rganish. Bunday tadqiqot katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar hayotiga xavf ham tug’diradi. Simulyatorlar yordamida esa ekologik xavfli zona hamda u yerga mos bo’lgan tarmoq virtual holatda yasalishi va ularning ustida istagancha eksperimentlar o’tkazilishi mumkin.

Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o’rgangan nazariy bilimlarini virtual bo’lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy ko’nikmalarning rivojlanishiga bevosita xissa qo’shadilar. Bundan tashqari o’sha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o’z xissalarini qo’shishlari mumkin. Bu o’z o’rnida talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa o’z navbatida talabalarda o’qish va tadqiqotlarga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi.

Hozirgi fan-texnikaning katta sur’atlarda rivojlanishi real-hayotiy tadqiqot uskunalarini ushbu rivojlanish bilan bir qatorda ketishida qiyinchilik tug’diradi. Simulyatorlarda esa bunday to’siqlar mavjud emas va xatto ushbu “virtual tadqiqot xonalar” fan-texnika rivojlanish tezligiga qo’shimcha tezlik qo’shadi.

Albatta har sohada bo’lgani kabi simulyatorlardan foydalanishga nisbatan ham qarshi fikrlar mavjud. Ulardan eng birinchisi simulyatorlarning haqiqiy ob’yekt va jarayonlarni to’la-to’kis ifoda eta olmasliklaridir. Bu simulyatorlar yordamida olingan natijalar bilan hayotiy tajribalardan hosil bo’lgan natijalar o’rtasida tafovutlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ba’zi simulyatorlar esa o’yin shaklida yasalgan, masalan, uchuvchilik simulyatorlari. Ular foydalanuvchilarda doimiy ishqibozlik kelib chiqishiga olib keladi va natijada tadqiqotdan ko’ra ko’proq o’yin tarafi bosib ketadi.

Shunga qaramasdan yuqorida ko’rsatilgan simulyatorlardan foydalanishning salbiy tomonlari ijobiy tomonlariga nisbatan ancha kuchsiz hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Shuning uchun ular simulyatorlardan foydalanishning qandaydir ma’noda cheklanishiga asosiy sabab bo’la olmaydi.




Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish