N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Ko‘z yoshi apparati 
yuqorigi va uchinchi qovoq bezlaridan, 
yosh kanalidan, yosh xaltachasi va ko‘z yoshi-burun yoiidan 
iborat. Yuqorigi qovoq yosh bezi peshana suyagining yuqorigi 
tomon yonida yonoq o‘simtasi asosida kon’yunktiva ostida joyla- 
shadi. Uning rangi qizg‘ishroq bo‘ladi, chiqarish yo‘li kon’yunk- 
tivaga ochiladi. Ko‘z yoshi bezlardan chiqqandan so‘ng ko£z yoshi 
ko‘llariga to‘planib, undan ko‘z yoshi kanaliga tushadi. Ko‘z yoshi 
teshiklari ko‘z yoshi bo‘rtiqlari yonida, yuqorigi va pastki 
qovoqlarda ham bo‘ladi. Ko‘z yoshi kanallari yosh xaltasiga tushadi. 
Yosh xaltasi pardasimon ko‘z yoshi-burun yo‘liga tomon o‘tib, 
burun bo‘shlig‘idagi kanalga chiqadi. Qoramollarda ko‘z yoshi
370


bezining 6—8 ta katta va bir qancha mayda yo'li bor. Otlarda ko‘z 
yoshi bezining kattaligi 5,5x3,5 sm, chiqarish yoii 12—16 ta, 
ulaming diametri 2 mm gacha bo‘ladi. Ko‘z yoshi-burun yo‘li 
burunning ichkariroq qismiga ochiladi.
Uchinchi qovoq bezi 
uchinchi qovoq tog'ayida joylashib, uning 
2—3 ta chiqarish yoii uchinchi qovoq ustiga ochiladi. Qoramollarda 
kattaligi 5,5 sm, ikkita katta yoii boladi. Otlarda bo‘yi 3x2 sm, 
eni 5 sm, qalinligi 7 sm keladi. Cho‘chqalarda yuza va chuqur 
qismlardan iborat, bo‘yi 3 sm, eni 1,5 sm, bitta yoii boladi.
Periorbita 
ko‘z soqqasi joylashadigan pardali konussimon xalta 
bolib, fibroz-elastik moddalardan tuzilgan. Periorbitaning asosiy 
qismi ko‘z kosasi chetiga, ichki tomoni esa ko‘rish teshigiga va 
ko‘z kosasi devoriga yopishgan boladi. Periorbitani tashqi tomon- 
dan ekstraorbital yog‘ tanachasi o‘rab turadi. Periorbita ichida 
ko:z soqqasi, muskullar, nerv, qon tomirlari, fassiya va introorbital 
yog‘ tanachasi bor. Cho‘chqalar va itlarda orbital pay 20—24 mm 
uzunlikda boladi.
Ko‘z soqqasini ko‘z muskullari, ya’ni to‘rtta to£g‘ri va ikkita 
qiyshiq muskul harakatlantiradi. Ulaming hammasi ko‘z soqqasiga 
birikkan. Ko‘zning to‘g‘ri muskullari ko‘z soqqasini har tomonga, 
qiyshiq muskullar esa o‘q atrofida aylantiradi.
Ko‘z fassiyalari yuza va chuqur qismlarga bolinadi.
Ko‘z kosasining yuza fassiyasi ko‘rish teshigi yonidanboshlanib, 
ko‘z muskullari ustini o‘rab oladi va ko‘z soqqasiga kelib, yuqorigi 
hamda pastki qovoqqa oladi.
Ko‘z kosasining chuqur fassiyasi ko‘z muskullari orasidan 
o‘tib, ikkiga bo‘linadi va biri qovoqqa, ikkinchisi ko‘zning shox 
pardasi chetiga boradi. Ko‘z soqqasining fassiyasi shox parda 
chetidan fibroz parda tomon o‘tib, uni o‘rab oladi va ko‘z teshigi 
yonida tugaydi. U chuqur fassiya bilan ham qo‘shilib, ko‘rish 
nervi atrofida qin hosil qiladi. Ko‘z soqqasi fassiyaning ichki 
Tenonov bo'shligl qon tomirlari bo‘shlig‘i va bosh miya ko‘rish 
nervining to£r pardasi osti bo‘shlig‘i bilan ham qo‘shiladi..
Ko‘z soqqasi 
shar shaklida (yumaloq) bolib, uning old tomoni 
botiqroq, orqa tomoni bir oz qavariqdir. Ko‘z soqqasi ko‘z 
pardalaridan va nur singdiruvchi hamda qabul qiluvchi qismlardan
371


iborat. U har xil hayvonlarda turlicha, ko‘rish o‘qi oralig‘idagi 
burchak ham har xil: itlarda 92°, cho‘chqada 118°, sigirda 119°, 
qo‘ylarda 134°, otda 137°, o‘q o‘rtasidagi radius esa itlarda 79°, 
cho‘chqalarda 85°, sigirda 94°, otda 116°, qo‘ylarda 129° boladi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish