1-mashq. O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar bazsi uchun forma yarating va forma yordamida ma’lumotlarni kiriting.
Bajarish. “Ma’lumotnoma” nomli jadval yaratiladi va u belgilab, Создание menyusidan Мастер форм bandi tanlanadi.
Hosil bo‘lgan oynadan “>>” belgini tanlab, Далее tugmasi orqali navbatdagi oynaga o‘tamiz. Oynada forma oynasini to‘rt xil ko‘rinishga o‘tkazish imkoni mavjud: в один столбец ( bir ustun); летночный (lenta simon); табличный (jadvalli); выровненный (to‘g‘irlangan).
Ushbu oynadan в один столбец bandi belgilanib, Далее tugmasini bosamiz. Navbatdagi oynadan Открыть форму для просмотра и ввода данных bandi tanlab, Готов tugmasini bosamiz. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Hosil bo‘lgan forma oynasi yordamida “Ma’lumotnoma” nomli jadvalga ma’lumotlarni kiritish imkoni mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |