MS Access 2010 dasturida matematik amallar
1.
|
+
|
Qo‘shish.
|
2.
|
-
|
Ayirish.
|
3.
|
*
|
Ko‘paytirish.
|
4.
|
/
|
Bo‘lish.
|
5.
|
^
|
Darajaga ko‘tarish.
|
MS Access 2010 da matematik funksiyalar
t/r
|
Funksiya
|
Vazifasi
|
1.
|
Abs
|
Sonning modulini hisoblaydi.
|
2.
|
sqr
|
Sonni kvadrat ildizini hisoblaydi.
|
3.
|
cos
|
Sonni cosinusini hisoblaydi.
|
4.
|
sin
|
Sonni sinusini hisoblaydi.
|
5.
|
tan
|
Sonni tangensini hisoblaydi.
|
6.
|
atn
|
Sonni arktangensini hisoblaydi.
|
7.
|
log
|
Sonni logarifmini hisoblaydi.
|
8.
|
Rnd
|
0 va 1 oraliqdagi istalgan sonni tanlab olish.
|
9.
|
int
|
haqiqiy sonning butun qismini olish.
|
MS Access 2010 da statistik funksiyalar
t/r
|
Funksiya
|
Vazifasi
|
1.
|
max
|
Ustundagi eng katta qiymatni topadi.
|
2.
|
min
|
Ustundagi eng kichik qiymatni topadi.
|
3.
|
Sum
|
Ustun qiymatlarini yig‘indisini hisoblaydi.
|
1-mashq. Uchta ustunda berilgan sonlarning yig‘indisini to‘rtinchi ustunga hosil qiling.
Bajarish. Jadval quyidagicha hosil qilinadi:
Hosil qilingan jadvalni “Qo‘shish” nomi bilan saqlaymiz. Saqlangan jadvalni yuklanadi va quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
To‘ldirilgan jadvalni yopib, menyular satridan Создания-Конструкор запросов ketma-ketligi tanlanib, “Qo‘shish” nomli jadval belgilanadi va Добавить tugmasi bosilib, ishchi oynani quyidagicha to‘ldiriladi:
Jadvalning navbatdagi ustunga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib kontekst menyudan построить bandi tanlanadi:
Hosil bo‘lgan oyna ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi oynada matematik hisob ishlarining formulalari kiritiladi. Ikkinchi oynada matematik, statistik funksiyalar va mantiqiy amallarni qo‘llash usullari beriladi. Berilgan uchta ustundagi sonlarning yig‘indisi uchinchi ustunda hosil qilish uchun birinchi oynaga quyidagi kodni kiritamiz: A+B+C: [A]+[B]+[C]
Bajarilgan amallarni “Sonlarni qo‘shish” nomi bilan saqlab, jadvalni yuklasak, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:
Ushbu jadvalning uchta ustunidagi sonlarning yig‘indisi to‘rtinchi ustunda aks etgan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. MS Access 2010 da matematik amallar va funksiyalar haqida ma’lumot bering.
2. MS Access 2010 dan foydalanib, berilgan ikkita ustundagi sonni ko‘paytirib, uchinchi ustundagi songa bo‘lib, natijani to‘rtinchi ustunga chiqaring.
3. MS Access 2010 dan foydalanib, berilgan sonni cosinusini, sinusini, tanginusini, arctanginusini va logarifmini hisoblang.
4. MS Access 2010 dan foydalanib, berilgan ustundagi sonlardan eng kattasini toping.
4.2-§. Microsoft Access 2010 da munosabat va mantiqiy amallardan foydalanish
MS Access 2010 da munosabat va mantiqiy amallardan qo‘llash imkoniyat mavjud. Ular yordamida turli shartlar q‘oyish yordamida statistik hisobotlar yaratish mumkin. Munosabat va mantiqiy amallar quyidagi jadvallarda keltirilgan.
MS Access 2010 da munosabat amallari
1.
|
>
|
Katta.
|
2.
|
<
|
Kichik.
|
3.
|
=
|
Teng.
|
4.
|
>=
|
Katta yoki teng.
|
5.
|
<=
|
Kichik yoki teng.
|
6.
|
<>
|
Teng emas.
|
MS Access 2010 da mantiqiy amallar
t/r
|
Funksiya
|
Vazifasi
|
1.
|
NOT
|
Inkor
|
2.
|
AND
|
Va
|
3.
|
OR
|
Yoki
|
4.
|
IIf
|
agar
|
1-mashq. Talabalarning fanlardan olgan baholar jadvalini chiqarish.
Bajarish. MS Access 2010 ni yuklab, Файл-Создать-Новая база данных bo‘limidan Новая база данных ni tanlab, Режим-Конструктор bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynaga nom beriladi (Masalan: “Bitta fan uchun”) va OK tugmasi bosiladi. Yaratgan jadvalimizning Конструктор bo‘limiga kirib, имя поля va тип данных ustunlari quyidagicha to‘ldiriladi:
Yuqoridagi amallar ketma-ketligini barcha fanlar uchun bajariladi:
Yaratgan jadvallarni Режим-таблицы bo‘limiga kirib, ularni quyidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi:
Menyular satridan Создание-Конструктор запросов bo‘limi tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynadan “Bitta fan uchun ” nomli jadval belgilanib, Добавить tugmasi bosiladi:
Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Ushbu oynani rasmda keltirilgan tartibda to‘ldirib, navbatdagi ustunga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, hosil bo‘lgan kontekst menyusidan Построить… bandi tanlanadi:
Hosil bo‘lgan oynaga quyidagi kod kiritiladi: Umumiy ball: [1-JN]+[1-ON]+[2-JN]+[2-ON]+[yakuniy]
Shu ketma-ketlikda keyingi ustunga quyidagi formulani kiritamiz:
Baho: IIf(([1-JN]+[1-ON]+[2-JN]+[2-ON]+[Yakuniy])>=86;5;IIf(([1-JN]+[1-ON]+[2-JN]+[2-ON]+[Yakuniy])>=71;4;IIf(([1-JN]+[1-ON]+[2-JN]+[2-ON]+[Yakuniy])>=56;3;2)))
Ushbu formula kiritilgandan so‘ng, mom berib, saqlanadi (masalan:“ 1 ta fan uchun baholar jadvali”) hamda menyular satridan Создание-Конструктор запросов bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynadagi “Hamma fan uchun” nomli jadval qo‘shiladi.
Hosil bo‘lgan ishchi oyna quyidagicha to‘ldiriladi:
Keyingi ustunning kontekst menyusiga quyidagi formula kiritiladi: Baho1:IIf([Matematika]>=86;5;IIf([Matematika]>=71;4;IIf([Matematika]>=56;3;2)))
Navbatdagi ustunga esa quyidagi formula kiritiladi:
Baho2: IIf([Fizika]>=86;5;IIf([Fizika]>=71;4;IIf([Fizika]>=56;3;2)))
Keyingi ustunning kontekst menyusiga kirib quyidagilarni kiritamiz:
Baho3: IIf([Tarix]>=86;5;IIf([Tarix]>=71;4;IIf([Tarix]>=56;3;2)))
Keyingi ustunning kontekst menyusiga kirib quyidagilarni kiritamiz:
StipendiyaBahosi:IIf([Baho1]=2;2;IIf([Baho2]=2;2;IIf([Baho3]=2;2; IIf([Baho1]=3;3;IIf([Baho2]=3;3;IIf([Baho3]=3;3;IIf([Baho1]=4;4;IIf([Baho2]= 4;4;IIf([Baho3]=4;4;IIf([Baho1]=5;5; IIf([Baho2]=5;5; IIf([Baho3]=5;5))))))))))))
Keyingi ustunning kontekst menyusiga quyidagi kod kiritilib, OK tugmasi bosiladi: Izoh: IIf([Stipendiya Bahosi]=2;"Qayta topshirsin"; IIf([Stipendiya Bahosi]=3; "Qoniqarli";IIf([Stipendiya Bahosi]=4; "Yaxshi"; IIf([Stipendiya Bahosi]=5;"A'lo"))))
Bajargan amallarimizni saqlab, so‘rovga “Stipendiya bahosi” nom bilan saqlanadi va dastur holati tekshiriladi:
Yuqoridagi fanlarda olgan baholari bo‘yicha saralash amallari bajarilganini ko‘rish mumkin.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. MS Access 2010 da munosabat va mantiqiy amallar haqida ma’lumot bering.
2. MS Access 2010 da talablarning davomadini tahlil qiluvchi ma’lumotlar bazasini yarating. Agar talabalarning qoldirgan soati 36 dan yuqori bo‘lsa, ogohlantiruvchi so‘z, 72 soatdan yuqori bo‘lsa, o‘qishdan haydalish haqidagi so‘z chiqsin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Taylaqov N., Аxmedov А., Pardaeva M., Аbduganiev А., Mirsanov U. Informatika va axborot texnologiyalari // O‘rta taʼlim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik 1-nashri. – Toshkent, 2017. – 160 b.
2. Sattorov A. Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi Access (Windows 9x/2006) // O‘quv qo‘llanma. –Toshkent, 2006. – 220 b.
3. Фуфаев Э.В, Фуфаев Д.Э. Базы данных // Учеб.пос., – Москва, 2005. – 330 c.
4. Qosimov S.S. Axborot texnologiyalar // O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2006. – 240 b.
5. Aripov M., Begalov B. va boshqalar. Axborot texnologiyalari // O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2009. – 320 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |