Mimika muskullarning parezi. Og‘riqsizlantirish jarayonida yuz
nerv tolasini jarohatlab qo‘yish natijasida namoyon bo‘ladi. Bu holat
anestetik modda so‘rilishi bilan o‘tib ketadi.
Diplopiya – predmetni ikkita ko‘rish. Infraorbital og‘riqsizlanti-
rishda anestetikni ko‘z kosasiga kirishi oqibatida kelib chiqadi va bu
holat tezda o‘tib ketadi.
Og‘riqsizlantirish vaqtida ignaning sinishi. Inyeksion igna ning
sinishi shifokorning qo‘pol harakati, suyakka qattiq bosish oqibatida
yuz beradi. Agar igna ko‘rinmasa yoki pinset bilan chiqmasa, jarrohlik
aralashuvi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |