Tayanch iboralar:
So‘rov – tekshirishning birinchi bosqichi bo‘lib, bemor shikoyatla-
rini aniqlashdan boshlanadi;
Ko‘rik – obyektiv tekshirishning birinchi bosqichi bo‘lib, tashqi
ko‘rikka va og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigiga bo‘linadi;
Zondlash – zond yordamida amalga oshiriladigan tekshirish usuli;
Perkussiya – tishni stomatologik oyna dastasi yordamida tukil latib
korib, periodont to‘qimasining holatini aniqlaydigan tekshirish usuli;
Palpatsiya – paypaslab ko‘rish;
Rentgenologik usul – rentgen nurlari yordamida olib borila digan
tekshirish usuli;
Ortopantomografiya – bitta rentgan plyonkada tasvir yoyilgan va
kattalashtirilgan holatda aks ettiriladigan tekshirish usuli;
Tomografiya – to‘qima va organlarning ma’lum qismini qatlam ma
qatlam rentgan tasvirini aks ettiruvchi usul;
Elektroodontometriya – tish pulpasi va parodont to‘qimasining
elektr tokiga qilgan javob reaksiyasiga asoslangan tekshirish usuli;
Do'stlaringiz bilan baham: |