Tayanch iboralar: Infeksiya – kasallik tug‘diruvchi mikroorganizimlarning odam
orga nizimiga kirishi natijasida organizm bilan ular o‘rtasida vujudga
keladigan patologik jarayon;
Aseptika – xirurgik infeksiyaga qarshi kurash usuli bo‘lib, unung
asosi jarohatga infeksiya tushishining oldini olishdir;
Antiseptika – jarohatdagi yoki organizmdagi mikroblarni yo‘qo-
tishga qaratilgan chora tadbirlar kompleksidir;
Sterillash – mikroblar va ularning sporalarini yo‘qotish usullari;
OITV – ortirilgan immunitet tanqisligi retrovirusi;
OITS – ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi – virus qo‘zg‘a-
tadigan fojiali yuqumli kasallik;
Avtoklav – bosim va bug‘ bilan sterillash usulini amalga oshiruv-
chi maxsus sterillash apparati;
29
Steril stol – sterillangan stomatologik asbob-uskunalar va bog‘lov
materiallarini steril holda saqlanishini ta’minlash uchun hamshira
tomonidan tayyorlanadigan stol.