21
2. Jarrohlik asboblari.
3. Ortopedik asboblar
Terapevtik asboblar. Terapevtik asboblar 5 ta guruhga bo‘li nadi.
1-guruh. Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni tekshirish uchun ishla-
tiladigan asboblar.
Bu guruhga to‘g‘ri
va burchakli zond, stomatologik oyna,
stoma-
tologik pinset asboblari kiradi (8-rasm).
Stomatologik oyna. Stomatologik oyna yordamida ko‘rish uchun
noqulay bo‘lgan sohalar ko‘rigi o‘tkaziladi, qo‘shimcha
yoritiladi, lab,
lunj, tilni travmalardan himoya qilish maqsadida ushlab turiladi.
Stomatologik zond. Ikki qismdan ishchi qismi va dastasidan tash-
kil topgan. Stomatologik zondni ikki xil turi (to‘g‘ri va burchaklisi)
mavjud. Zond yordamida
kariyes kovagi borligi, uning chuqurligi,
og‘riqli nuqtalari aniqlanadi. Mahsus
belgili zond yordamida milk
mavjud cho‘ntagining chuqurligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: