Hol-hol bo‘rsimon nuqtali shakli. Flyuoroz xastaligining bu xil
shakli har xil klinik belgilar bilan kechadi. Odatda tish emal qavati
bo‘r rangida bo‘ladi. Ba’zan esa u yaltiroqligini saqlashi yoki tiniqligini
yo‘qotishi mumkin. Emal sathida jarohatli nuqta (chuqurcha)lar paydo
bo‘lishi xususiy hol hisoblanadi. Bunday chuqurchalar atrofi (devorlari)
notekis, qoramtir tusda bo‘lib, o‘lchamlari 1–1,5 mm diametrli, chu-
qurligi esa 0,1–0,3 mm bo‘ladi. Bu xil nuqtasimon chuqurchalar, ak-
sa
riyat hollarda tish emalining dahliz sathida joylashgan bo‘ladi.
Bun day sathlarda emalning jarohati natijasida ochilib qolgan dentin
to‘qi masining yuzasi och sarg‘ish rangdan tortib, qo‘ng‘ir-to‘q jigar-
ranggacha bo‘yalgandir.
Flyuoroz xastaligi ba’zan emalning eroziyasi shaklida ham na mo-
yon bo‘ladi. Bo‘rsimon rangli emal sathida birmuncha keng va chu qur
jarohatlar paydo bo‘lib, tish yuzasining katta qismini egalla shi mumkin.
Hosil bo‘lgan jarohatlar har xil notekis shakllarga ega bo‘ladi. Emalning
bu xil jarohatlanishi natijasida tishlar kuchli yemiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |